O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o’zbekiston milliy universiteti geografiya fakulteti



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#261385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI - ANTARKTIDA

Genri  Bouers  va  unter  ofitser-Edgar  Evans  boradi.  Oxirgi  250  km 

masofani ular juda og’ir sharoitda oxirgi kuchlarini sarflab o’tdilar. Skott 

qutbga  bir  necha  kilometr  qolganda  kundaligiga  ushbu  so’zlarni  yozadi: 

“Oldinda  turgan  qora  narsani  ko’ramiz.  Yaqinlashganimizda  u  bayroq 

bo’lib  chiqadi.  Lager,  kuchuk  va  chanalar  izlarini  ko’ramiz.  Norveglar 

bizni ortda qoldirishdi. Ular birinchi bo’lib qutbga yetib kelishdi. Qanday 

dahshatli!  Bizning  barcha  umidlarimiz  yakun  topdi.  Ortga  qaytish  juda 

qayg’uli  bo’ladi”.  1912  yil 




yanvarida  ular  qutbga  kelishadi.  Inglizlar  Norvegiya  bayrog’i  o’rnatilgan 

palatkani topishadi. Unda Amundsenning kapitan  Skott  nomiga  xat bo’lib, 

bu xatni norveg qiroliga yetkazish iltimos qilingan edi. Inglizlar palatkani 

suratga olishdi, qutbga o’z bayroqlarini  ham o’rnatishib,  uni ham suratga 

olishdi. 

Qutbga borishda inglizlar 10 ta oziq-ovqat va yoqilg’i qo’yilgan oraliq 

omborlari tuzishgandi. Ortga qaytishda ularning maqsadi-keyingi omborga 

tezroq yetib olish edi. Lekin qancha ular harakat qilishmasin kuchlari tobora 

susayib  borardi.  Tezda  ular  orasidagi  eng  yosh  va  kuchli  Evansda  aqliy 

yetishmovchilik xislatlari ko’rina boshladi. U ortda qolib ketar, qo’li, burni 

va oyoqlarini sovuq urdi.  17  fevralda  u juda  ortda qoldi. “Evans tizzalab 

o’tirgandi,  ko’zlari  bejo.  Undan  nima  bo’ldi  deb  so’rasak,  u  javob 

berolmadi, hushdan ketganini aytdi. O’rnidan turg’izib yurgizsak, har 2-3 

qadamda hushidan ketdi. Uni yaqin palatkaga olib kelganimizda u 12 soatu 

30 minut hushsiz yotdi vat inch o’lim topdi. O’rtog’ingni bunday yo’qotish 

juda azobli” deb yozgan edi Skott. 

Keyingi  yo’l  yana  og’ir  kechadi.  Ular  bir  necha  marta  yo’ldan 

adashishadi.  Fevral  oxirida  yoqilg’i  kam  qolganda  havo  yana  soviy 

boshlaydi  va  Ots  oyog’ini  muzlatib  qo’yadi.  Skottning  mart  oyidagi 

yozuvlaridan ularning qanday umidsizlanganini ko’rish mumkin. Ular bir-

birlariga  yordam  berolmas,  barchalarining  ahvoli  og’ir  edi.  Shunday 

bo’lsada,  15  kilogramm  og’irlikdagi  geologik  kolleksiyani  o’zlari  bilan 

sudrab borishardi. 

14  mart:”Harorat  -42   gacha  tushib  ketdi,  menimcha  bizlarning 




oxiratimiz yaqin. Men hech qachon yilning bu  oyida  shunday  qattiq sovuq 

bo’lishini  o’ylamagan  edim”.  17  mart:  “Kunlarni  sanashdan  adashdim. 

Menimcha  hayotimizning  oxirgi  kuni.  Nonushtadan  so’ng  Ots  boshqa 

yurolmasligini aytdi. Biz uni yetaklab bir necha mil  yurdik. Otsning oxirgi 

o’ylari  onasi  haqida  edi.  Kechasi  uxlashdan  oldin  ertalab  uyg’onmaslikni 

istadi, lekin ertalab turdi va  atrofni  aylanib  kelishini aytdi. U tashqariga 

chiqdi va biz uni boshqa ko’rmadik. Ots o’z o’limiga mardlarcha bordi, biz 

ham  shunday  o’limimizni  kutib  olsak  qani  edi.  Bizning  o’limimiz  ham 

yaqin!”  29-mart:  “21-sanadan  beri  quyunli  shamol  esadi,  yoqilg’imiz 

oxirlab  qoldi,  har  kuni  yo’lga  chiqamiz  deymiz,  lekin  chiqolmaymiz, 

omborgacha  11  mill  qoldi,  lekin  unga  yetib  borolmasak  kerak.  Biz 

oxirigacha chidaymiz. Men yana yoza olishimga ko’zim yetmaydi”. Uning 

oxirgi  yozuvi:  “Xudo  haqqi  bizning yaqinlarimizni  yolg’iz  qoldirmang!” 

Antarktidada 

sоhillarini  istisnо  qilganda,  kоntinеntal  qutbiy  iqlim 

hukmrоn:  harorat  hamma  vaqt  0°  dan  past  bo’ladi  va  yog’in  juda  kam 

yog’adi.  Yer  yuzasi  muzlikdan  ibоrat  hamda  baland  bo’lganidan  havо 

massalari  antisiklоn  rеjimini  hоsil  qiladi.  Yoz,  kuz  paytlarida  matеrik 

chеkkalarida siklоnlar paydо bo’lib, ichkirilarga ham kirib bоradi. Yozda 

(dekabr,  yanvar,  fеv.)  Antarktidada  bulutsiz  kunlar  ko’p  bo’ladi,  shuning 

uchun quyosh nisbatan ko’prоq ilitadi, lеkin quyosh nuri muzdan ko’p qay-

tadi (o’rta hisоbda 90%),  оqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning 

хuddi  shu  kеngliklaridagiga  nisbatan  4  —  5  marta  kam.  Matеrikning 

markaziy  qis-mida  eng  sоvuq  оylarning  o’rtacha  haroratsi  —  60°,  —70°, 

yoz оylariniki  —  30°  dan  —50°  gacha;  sоhidda qishda —  8°  dan  — 

35° 



gacha,  yozda  0  —  5°  bo’ladi.  O’rtacha  yil-lik  harorat  —  50°  ga  yaqin. 

Mutlaq minimum — 89,2° (Vоstоk stansiyasi). Bu esa bu-tun Еr sharida eng 

past haroratdir. Еr yuzasi sоvuq va atrоfdagi dеngizlar iliq-rоq bo’lganidan 

tеz-tеz kuchli shamоllar bo’lib turadi (ba’zan shamоl tеzligi sеkundiga  90 

m ga bоradi). 

      Yog’in  eng  ko’p  (700  —  1000  mm)  yog’adigan  zоna  dеngiz  sоhili 

bo’lib, eni 15 km ga еtadi: ichki r-nlarda yiliga atigi 30 — 50 mm yog’in 

tusha-di. Iliq paytlarda ham ko’pincha qоr yog’adi. Havоning nisbiy namligi 

o’rta hisоbda 73 — 78%. 

       O’simliklari. O’simlik turlari (lishayniklar, zamburug’lar, baktеriya va 

suvo’tlar) kam va  o’ziga хоs, ammо ular  matеrikning eng sоvuq jоylari- da 

ham uchraydi. 

       Hayvоnlardan  tyulеnlar  (ueddеll  tyulеni,  qisqichbaqaхo’r  tyulеn, 

dеngiz qоplоni, rоss tyulеni, dеngiz fillari) va qushlardan pоmоrnikning 

ikki turi, adеli va impеratоr  ping-vinlari uchraydi. 

 

Antarktida dеyarli butunlay  Antarktida  iqlim  mintaqasida jоylashgan. 



Bu еrdagi eng sоvuq sutkalik  o’rtacha  harоrat хattо yozda ham - 30

0

S dan 



ko’tarilmaydi, qishda esa 70

0

S dan ham past bo’ladi. 



Bahor  kelganda  -1912  yilning  noyabrida  izlovchi  otryad  palatkani 

topishdi.  Unda  3  ta  murda  bor  edi.  Uilson  va  Bouers  yopiq  uyquga 

mo’ljallangan  qoplarda  yotardi.  Ekspeditsiya  vrachi  Eduard  Atkinson 

quyidagilarni  yozadi:  “Skott  hammadan  so’ng  vafot  etgan.  U  Uilson 

jasadiga  qo’l uzatib yotardi.  Biz ularning  barcha narsalarini izlab 



ko’rdik. Narsalar  orasida  qimmatbaho  geologic  toshlar  bo’lib,  ular  oxirgi 

damlarigacha  bu  narsalarni  tashlashmagan  edi.  Ertasi  kuni  biz  ular  bilan 

butun umrga xayrlashdik. Ularning mardonavor  jasadlari o’zlari  uchun eng 

ma’qul yerga ko’mildi”. 

Bundan  keyin  ham  sirli  materikka  qiziqish  kamaymadi,  lekin 

Antarktikani muntazam ravishda o’rganish  Ikkinchi  jahon  urushidan keyin 

boshlandi  va  hozirgi  davrda  ham  davom  etyapti.  40-50  yillarda  bir  qator 

davlatlar  Antarktida  materigida  ilmiy-tekshirish  stansiyalarini  bunyod 

etishdi. 1957  yili  3-Xalqaro  geofizika yiliga tayyorgarlik  va uni  o’tkazish 

munosabati  bilan  tadqiqot  ishlarining  yagona  xalqaro  dasturi  ishlab 

chiqarildi. Xalqaro dasturga muvofiq 1957 yilda  boshlangan tadqiqot ishlari 

ilmiy-tadqiqot  stansiyalari  va  punktlari  ishlarini, continent ichki qismiga 

qilinadigan  ekspeditsiyalarni  va  ilmiy-tadqiqot  kemalarining  dengizdagi 

ekspedtsiylarini o’z ichiga oladi. 1958 yilda rus ekspeditsiyasi materikning 

geometric  markazi-borish  qiyin  bo’lgan qutbga birinchi bo’lib yetib bordi. 

Ko’pgina  mamlakatlarning  olimlari  materikning  ichki  qismiga  uzoq 

poxodlar  qilishdi,  bunga  materik Janubiy qutb orqali kesib o’tildi. Hozirgi 

vaqtda Antarktidada ko’p ilmiy-tadqiqot stansiyalari ishlab turibdi, ularda 

eng  yangi  metodlar  qo’llanilib  janubiy  qutbning  tabiiy  sharoiti  majmuali 

o’rganilmoqda.  Keying  yillarda  Antarktidani  tadqiq  etishda  aviatsiya  va 

kosmosdan olingan ma’lumotlar katta rol o’ynayapti. 

1961  yilning  iyunidan  1959  yil  19  dekabrda  12  ta  mamlakat 

tomonidan  imzolangan kelishuv kuchga kirdi. Antarktidadan faqatgina 



tinchlik  maqsadlarida  foydalaniladi,  har  qanday  yadroviy  portlatishlar 

ta’qiqlanadi,  ilmiy  tadqiqotlar  va  xalqaro  hamkorlik  masalalaridagina  bu 

hududdan foydalaniladi. 



 


 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish