TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY-ME’YORIY HUJJATLARI
1. Umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat nima deyiladi?
*a) Me’yoriy huquqiy hujjat
b) Konvensiya
s) Deklaratsiya
d) Bayonnoma
2. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qanday qabul qilinadi?
*a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va referendum orqali
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqori Kengesi tomonidan
s) Vazirlar Mahkamasi tomonidan
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
3. Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda qanday hal qilinadi?
*a) Keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi
b) Birinchi qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi
s) Halqaro hujjat orqali hal qilinadi
d) Yuridik hujjat bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |