O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti


O’zbekiston va xalqaro tashkilotlarning mintaqada demokratik va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish soxasidagi hamkorligi



Download 403 Kb.
bet8/12
Sana17.01.2017
Hajmi403 Kb.
#538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4. O’zbekiston va xalqaro tashkilotlarning mintaqada demokratik va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish soxasidagi hamkorligi

Hozirgi kunda munosabatlarni demokratik asosda qayta qurish xalqaro siyosiy munosabatlarni barqarorlashtirishning eng muhim yo’li sifatida e’tirof etilmoqda. Albatta, ushbu jarayonni bir yoki bir necha davlatning ishtiroki bilan hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun ko’pchilik davlatlarning birgalikdagi harakati zarur bo’ladi.

Ayni paytda bu borada mavjud ziddiyatning kelib chiqish sabablarini ham e’tiborga olish muhimdir. Odatda davlatlararo ziddiyatlar, bir tomondan, hozirgi tarixiy bosqichning qarama-qarshiliklar bilan bevosita bog’liq holda kelib chiqsa, boshqa tomondan ular o’zaro siyosiy munosabatlarning xususiyatlariga ham bog’liq.

Markaziy Osiyo davlatlarining BMT, yeXHT va boshqa shu kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi ularda demokratik tamoyil­larni qaror topishida, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etganligiga ham asosiy urg’u berilgan. Jumladan, O’zbekiston BMTning inson huquqlari bo’yicha Fuqarolik va siyosiy xuquqlar to’g’risidagi pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’­risidagi pakt, Qiynoq hamda jazolashning qattiq shafqatsiz, in­so­niy­likka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarga qarshi konvensiya1 va boshqa bir qator shart­no­mala­riga qo’shilganligi ko’rsatib o’tilgan.

Aytish joizki, xalqaro tajribalardan kelib chiqib va BMTning qo’llab-quvvatlashi asosida O’zbekistonda mustaqillik yillari inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha bir nechta institutlar tashkil qilindi. Ular qatorida Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman, 1995 yil), Oliy Majlis huzuridagi amaldagi qonunchilik monitoringi instituti (1996 yil), Inson huquqlari bo’yicha Respublika Milliy markazi (1996 yil) va Jamoatchilik fikrini o’rganish markazi (1997 yil) faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar1.

SHuningdek, O’zbekiston hukumati BMT bilan birgalikda 2005-2009 yil­larda O’zbekiston Respublikasining rivojlanishiga ko’maklashish maqsadi­ga yo’naltirilgan dasturni qabul qilgan. Ushbu dasturga ko’ra iqtisodiy rivoj­lanish va kam ta’minlanganlik sohasida boshqaruv, tabiat va energoresurslardan oqilona foydalanish, demokratlashtirish jarayonlarini ri­voj­lantirish sohasidagi boshqaruv va boshqa shu kabi ustuvor masalalarga yordam ko’rsatishni maqsad qilib olgan.

SHuni ham alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillari O’zbekiston Respublikasida BMTning ko’magida jami 64 ta turli sohalarni qamrab oluvchi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 48 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda, 15 ta loyiha esa nihoyasiga yetgan2.

Insoniylikning mezon va andozalari har qanday davlat taraqqiyotining iqtisodiy hamda demokratik islohotlarini qamrab oluvchi kompleks tushuncha hisoblanadi. yeXHT tomonidan aynan shu jihatlarga, unga amal qilish jarayonlariga barqarorlik va xavfsizlikning kafolati sifatida alohida e’tibor qaratiladi. Bunda eng birinchi o’rinda inson huquqlarini himoyalash, ijtimoiy portlashlar, fuqaroviy va millatlararo nizolarga yo’l qo’ymaydigan choralar ko’radigan fuqarolik jamiyatini barpo etish mexanizmlari masalasi turadi. SHuni alohida qayd etish lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan inson huquqlariga doir BMT va yeXHT standartlariga sodiqlik masalalari ularning Konstitutsiyalari va qabul qilgan qonunlarida o’z aksini topgan. SHu bilan birga ularning barchasi mintaqada, demo­kratlashuv jarayonini yanada tezlashtirish, inson huquqla­rini himoya qilish, milliy ozchilik manfaatlarini himoyalash masalalariga alohida e’tibor berib kelmoqdalar.

EXHTga a’zo mamlakatlarda demokratlashuv jarayonlarida uning Demo­kra­tik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi (DIIHB) alohida o’rin tutadi. 1996 yildan boshlab Markaziy Osiyoda va jumladan O’zbekistonda DIIHB tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, ushbu byuro va O’zbekiston hukumati tashabbuslari bilan 1996 yil 11 - 13 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar” mavzuida xalqaro kengash seminari o’tka­zil­di. Bu kengash Markaziy Osiyo, yevropa va Amerikaning 21 mamlakatidan, shuning­dek 29 ta xalqaro va hukumatga qarashli bo’lmagan tashkilotlardan kelgan ekspertlar ishtirokida keng doirada muloqot o’tkazish imkonini berdi1.

Ushbu seminar-kengashda so’zga chiqqan yeXHTning DIIHB direktori masla­hatchisi YA. Polishevskiy haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Har qanday xalq minglab yillik taraqqiyoti davomida to’plangan tajribaga, milliy an’ana­lar­ga ega. SHu sababdan ham yevropa tajribasini bu yerda to’la-to’kis, butun­ligicha qo’llab bo’lmaydi. Har qanday davlat demokratik davlat barpo etish jarayonida, eng avvalo, o’z tajribasi, nuqtai nazariga asoslanadi”2.

O’zbe­kis­ton Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabr­­dagi Farmo­ni­ga asosan Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi3 tashkil etilganligi hamda ushbu markazning xalqaro tash­ki­lotlar bilan yaqindan faol hamkorlik ishlarini olib borganliklari yori­tib o’tilgan. Jumladan, ushbu markaz yeXHTning DIIHB, yeXHTning Tosh­kent­dagi Loyihalar koordinatori, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muas­sa­salari (BMTTD, BMT Inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqar­masi, YUNISEF), “Konrad Adenauer” va “Fridrix Ebert” nomidagi jamg’ar­ma­­­lar, Fransiya, Germaniya, YAponiya va boshqa davlatlar elchixonalari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Masalan, 2006 yil 20-21 aprel kun­la­ri Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi BMTTD bilan hamkorlikda Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnoma­lar­ni bajarish yuzasidan Milliy ma’ru­zalar tayyorlashga doir trening o’tkaz­dilar4.

SHunindek mazkur bobda, Markaziy Osiyo davlatlari saylovlarni oshkora va saylov qonunchi­ligiga rioya etilishini ta’minlash borasida xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik jarayonlari o’z aksini topgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasida ikki palatali parla­mentga ilk bor o’tkazilgan 2004 yil dekabrda va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 2009 yil 27 dekabrda bo’lib o’tgan saylov jarayonlarida yeXHT, yevroparlament, MDH, SHanxay Hamkorlik tashkiloti kuza­tuv­chilari missiyalari qatnashdi1. Saylovda ishtirok etgan kuzatuvchilar saylov monito­ringini o’tkazdi. Ular saylov kompaniyasining barcha bosqichlari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va umume’tirof etilgan tamo­yil­larga muvofiq o’tganligini ta’kidladilar2.

Inson xuquqlarini himoyalash va demokratik tamoyillarga rioya qilish masalalari Markaziy Osiyo mintaqasining barcha davlatlarida ham amalga oshirilish jarayonlari kuzatib o’tilgan. Ushbu jarayon Tojikiston Respublikasi misolida ko’rilganida, mintaqaning boshqa davlatlari singari Tojikiston ham mamlakatda demo­kratik tamoyillarni o’rnatish yo’lidan borilayotganligi, o’z maqsadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinayotganligi ko’rsatib o’tilgan.

Masalan, Tojikiston ham Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari inson huquqlari bo’yicha asosiy shartnomalarga qo’shilgan. Ular tarkibiga “Fuqa­rolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt”, “Irqiy kamsitish­larning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya”, “Ayol­larga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya”, “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya”, “Qiynoq hamda muo­ma­la va jazolashning shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya” va boshqalar kiradi3.

Markaziy Osiyo hududi mavjud bo’lgan muammolarni bartaraf etish yo’lida xalqaro tashkilotlar tomonidan ko’rsatilgan gumanitar yordamlariga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bunday muammolar orasida mintaqa uchun muhim bo’lgan muammolardan biri sifatida albatta xavfsizlik masalasi turar edi. Bu esa o’z navbatida Afg’oniston mojarosi bilan to’g’ridan to’g’ri bog’lik bo’ldi.

Ma’lumki, 1992-1993 yillarda Tojikistonda sodir bo’lgan qurolli to’qnashuvlar tufayli ushbu respublikaning 50 mingdan ortiq fuqarosi Afg’onistonning shimoliy viloyatlariga qochib o’tishga majbur bo’lgan edi. O’zbekiston Respublikasi hukumati esa BMTning qochoqlar masalalariga doir Oliy komissari bilan hamkorlikda boshpanasiz qolgan fuqarolarga o’zining yordam qo’lini cho’zdi. Garchi Afg’onistondagi ichki harbiy-siyosiy vaziyat jiddiy bo’lsa ham, O’zbekiston o’z hududlari orqali qochoqlarning Tojikistonga o’tib borishi uchun shart-sharoitlar yaratib berdi1.

SHuni ham ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa xavfsiz­ligi va barqarorligiga tahdid solayotgan Afg’onistondagi notinchlik­larga barham berish va bu yerda tinch hayotni izga solish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur davlatga gumanitar yordamni ko’rsat­moqdalar. Masalan, O’zbekiston mutaxassislari vayron bo’lgan o’ndan ortiq ko’priklarni ta’mirlab, yo’llarni ekspluatatsiya qilishga loyiq holatga keltirdilar. Afg’onistonning shimoliy viloyat­lari­ga elektr energiyasini yetkazib berish ishlarini amalga oshirmoqda. O’zbekis­ton avtomobillari, quri­lish materiallari va boshqa tovarlari Afg’oniston bozoridan mustah­kam o’rin egallamoqda. Ko’plab afg’on yoshlari O’zbekistonning turli oliy o’quv yurt­larida o’qimoqdalar2.

Markaziy Osiyodagi Orol muammosi ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari jihatidan XX asrning eng katta falokatlardan biri ekanligi asoslab o’tilgan. SHu sababli ushbu muammo nafaqat mintaqa mamlakatlari balki jahon hamjamiyati va jumladan turli xalqaro tashkilotlarning diqqat markazidan o’rin egalladi. Buning natijasida 1991 yilda BMTning atrof-muhit bo’yicha dasturi (YUNEP) Orol dengizi fojia­sining qamrovi va jiddiyligi borasida dastlabki baholash ishlarini amalga oshirdi3.

1992 yili yangi mustaqil davlatlar iltimosiga ko’ra, Jahon banki (JB) missiyasi Orol dengizi havzasi va Orolbo’yi hududidagi hayotga ekologik, institutsional va ijtimoiy-iqtisodiy baho berish bo’yicha ish boshladi. Natijada Jahon banki missiyasi Orol dengizi tangligi oqibatlarini yengil­lashtirish bo’yicha uch bosqichli dasturni ishlab chiqdi. 1994 yilning iyuni­da dastur Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD), Jahon banki (JB) va BMTning atrof-muhit bo’yicha Dasturi (YUNEP) ko’magida Parijda donorlarga taqdim etildi. Mazkur uchrashuvda donorlar Jahon Banki tomonidan suralgan 41 mln. AQSH dollaridan 31 mln. dollarini dasturning tayyorlov jarayoniga ajratish majbu­riyatini zimmasiga oldi1.

Markaziy Osiyo hududida va jumladan Orol dengizi basseynida vujud­ga kelgan ekologik halokat oqibatlarini yengib o’tishda yevropada Xavf­sizlik va Hamkorlik Tashkilotining ham ulkan hissasi kuzatib o’tilgan. Jumladan, yeXHT rahnamoligida O’zbekistonning Toshkent va Urganch shaharlarida 1995 yilning oktyabrida atrof-muhitni tiklash bo’yicha xalqaro seminar bo’lib o’tdi2.

Ammo keyingi yillarda ham Orol muammosi xalqaro tashkilotlarning e’tiboridan chetda qolmadi.

2010 yil 4-5 aprel kunlari BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun O’zbekistonga tashrif buyurib, dastlab Nukus shahrida Orol bo’yidagi ekologik vaziyatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan taqdimot marosimida ishtirok etdi. Tashrif davomida u Orol bo’yidagi ekologik vaziyat bilan yaqindan tanishdi. BMT Bosh kotibi O’zbekiston Prezident I.A.Kari­mov bilan uchrash­ganda, “O’zbekiston va BMT o’rtasidagi umumiy masalalarni hal etish doira­sida O’zbekistonlik hamkorlarimiz bilan birgalikda ishlashdan mamnunman. Orol dengizini qurib, bu falokatning butun min­ta­qa ekotizimiga yetkazgan salbiy ta’siri nechog’li katta ekanligiga ishonch hosil qildim. Murakkab ekologik sharoitda yashayotgan odamlar bilan uchrash­dim. Qariyb butun mintaqa aholisi boshdan kechirayotgan ofatni tasavvur qilishning o’zi og’ir”, deb ta’kidladi3. SHu bilan birga, Pan Gi Mun O’zbekiston rahbarining bu boradagi tashabbuslari naqadar asosli va muhim ekanligini alohida e’tirof etdi.

SHuningdek bobda, BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Markaziy Osiyoga kelgan paytida 2010 yil 6 aprelda Qirg’iziston Respub­li­kasiga ham qilgan rasmiy tashrifi ko’zdan kechirilgan. Bu borada, mazkur mamlakatning hukumat rahbarlari bilan uchrashuv jarayonlarida Markaziy Osiyoda vujudga kelayotgan suv muammolari bo’yicha olib borilgan muzokara va fikr-mulohazalar yoritib o’tilgan1.

2010 yil yozida Qirg’iziston Respublikasining janubida vujudga kelgan vaziyat uning oqibatlari va bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Sodir etilgan fojeali voqealar oqibatida 100 mingga yaqin Qirg’iziston fuqarosi O’zbekistonning Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida vaqtinchalik qabul qilinib, joylashtirilgan edi. Bunday vaziyatda O’zbekiston hukumati tomonidan Qirg’izistondan vaqtincha ko’chib kel­gan­larga insonparvarlik yordamini tegishli manzillarga aniq va tezkorlik bilan yetkazib berish uchun barcha chora-tadbirlar ko’rildi. Qirg’izistondan vaqtincha O’zbekistonga ko’chib o’tgan­­larga xorijdan jami qiymati 3926,6 ming AQSH dollariga teng insonparvarlik yuki yetkazildi. Ularning yarmi­dan ko’pi xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etildi. Jumladan, BMT 1 337,9 ming, Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati 636 ming, YUNISEF 67 ming, Xalqaro shifokorlar ligasi 64,4 ming, CHegara bilmas shifokorlar 41,8 ming dollarlik yordam ko’rsatdi2. O’zbekiston Respublikasi tomonidan qo’shni davlatdan ko’chib kelganlarga bepul tibbiy yordam ko’rsatildi va barcha zarur narsalar - palatkalar, ko’rpa- to’shak, kiyim-kechak, oziq-ovqat va maishiy buyumlar bilan ta’minlandi3.



Xulosa

Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taminlashda xalqaro tashkilotlarning rolini kuzatishga, aniqlashga va tahlil etish­ga bag’ishlab olib borilgan quyidagi xulosalarga kelingan:

1. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, Markaziy Osiyoga va ushbu mintaqada vujudga kelgan yosh mustaqil davlatlarning tinch osoyishta yo’l bilan barqarorlikka erishishlari uchun to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan bir qator omillar mavjud ekanligi aniqlandi. Bunday omillar qatoriga xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm, separatizm hamda mintaqa genofondiga salbiy ta’sir etuvchi ekologik muammolar kiradi.

2. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikning dastlabki kunlardanoq o’zlarining tashqi siyosiy faoliyatini belgilovchi strategiya, tamoyil­lar va ustivor yo’nalishlarini ishlab chiqdilar. Tashqi siyosiy faoliyat olib borish yo’lida eng dolzarb va ustivor yo’nalishlardan biri sifatida esa mamlakat ichida hamda mintaqa miqyosida xavfsizlikni va barqarorlikni ta’minlash masalasi belgilandi.

3. Markaziy Osiyo xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi omillarga qarshi kurashish yo’lida ushbu mintaqada o’zining yetakchilik mavqei bilan ajralib turuvchi O’zbekiston Respublikasining o’rni alohida ahamiyat kasb etmoqda.

4. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan mavjud bo’lgan tahdidlar asosan janubda joylashgan qo’shni davlat Afgonistondan esmoqda. XIX asr bo’sag’asida ushbu davlatning xalqa­ro terrorizm markaziga aylanishi nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari­ga, balki jahon hamjamiyatiga ham tahdid solayotganligiga butun dunyo ahli guvoh bo’lmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari va jumladan O’zbekiston Respublikasi o’zining bor imkoniyatlaridan foyda­lan­gan hamda xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda Afgonistonda tinch yo’li bilan muammolar yechimini topish uchun o’z hissalarini qo’shmoqdalar.

5. Markaziy Osiy mintaqasida mavjud bo’lgan dolzarb muammolardan biri sifatida bu hududda yadro va yalpi qirg’in qurollarini saqlamaslik, sinovdan o’tkazmaslik bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Qo’shni davlatlarda bu sohadagi yutuq va kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va barqarorligiga xavf solmoqda. SHu sababga ko’ra O’zbekis­ton Respublikasi BMT bilan hamkorlikda, yadro qurolini batamom yo’qo­tish­ni, yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnoma samarali amal qilishini va muddatsiz uzaytirilishini yoqlab chiqmoqda.

6. Tadqiqot jarayoni shuni ko’rsatdiki, Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri sifatida ekologik muammo ham muhim o’rin tutadi. Orol dengizining qurib borishi mintaqada ko’plab ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarayotganini kuzatish mumkin. SHu bois ham bu jarayonda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yo’lida Marka­ziy Osiyo davlatlari va jumladan O’zbekiston Respublikasi BMT, yeXHT, MDX va SHHTlarining mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda vaziyatni yumshatishga harakat qilib kelayotganini ko’rishimiz mumkin.

7. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgach o’z oldiga rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanib dunyoviy demokratik dav­lat qurish yo’lini tanlashdi. SHu sababga ko’ra bugungi kunda ushbu mintaqa davlatlarida bir vaqt­ning o’zida demokratik o’zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda. Demo­kratiya prinsiplariga rioya qilish va inson huquq­lari himoyasini ta’minlash masalalarida, Markaziy Osiyo mamlakatlariga asosan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilo­ti­ning faol ishtiroki yaqqol ko’zga tashlanadi.

8. Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan xalqlarning tarixiy ildizi, dini, madaniyati, urf- odatlari va qadriyatlari bir- biriga yaqin­dir. Ammo shunga qaramasdan tashqi omillar ta’siri ostida min­taqa xalqlari o’rtasidagi nizolarni chiqarib, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida siyosiy va millatlararo to’qnashuvlarni keltirib chiqarishga qaratil­gan harakatlar yuz berdi. Bunday holatni Qirg’iziston Respublikasining O’sh viloyatida sodir bo’lgan voqealarda ko’rishimiz mumkin. Bunday holat­ni oldini olish, mintaqadagi barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashki­lot­lar tomonidan beg’araz gumanitar yordam qo’li uzatilganligi ko’plab misollarda o’z tasdig’ini topdi.

SHunday qilib, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar va O’zbekistonning o’rni beqiyos ekanligini guvohi bo’l­dik. Bunday tashkilotlar qatorida eng avvalo BMT, yeXHT, MDH va SHHTlari alohida o’rin tutadi va ularning har biri bilan mintaqadagi barcha mam­la­katlar yaqin aloqalarni amalga oshirib kelmoqdalar va kelgusida bunday aloqalarni yanada rivojlantirish siyosatini olib bormoqdalar.

SHu bilan birga yuqorida keltirilgan xulosalarga asoslangan holda Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalar berilgan:

- mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdidlar va chaqiriqlar mintaqaning har bir davlati uchun bir xilda ta’luqli ekanligini hisobga olgan holda xalqaro tashkilotlarni mintaqadagi iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, demografik muammolarga ayrim mamlakatlar manfaatlari nuqtai nazaridan emas, balki butun mintaqa manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishga chaqirish zarur;

- narkotrafik va narkobiznesga qarshi mintaqa davlatlarining barchasi bor imkoniyatlari darajasida kurashishlarini ta’minlashda SHHT salohiyatidan yanada samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi;

- mintaqaga qo’shni mamlakatlar yadro quroliga ega bo’lganligi va shunga harakat qilayotganliklarini inobatga olib, yadro qurolini tarqatilishi ustidan xalqaro nazoratni yanada kuchaytirish masalasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish zarur deb hisoblanadi;

- Markaziy Osiyoda suv resurslari va transchegaraviy daryolarning taqsimoti masalasi mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishi ehtimolidan kelib chiqib, bu muammoga ikki qutbli qarashlarni bartaraf etish, jahon hamjamiyatda ushbu muammoga nisbatan xolis fikrlarni shakllantirish maqsadga muvofiq.

- Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratik va tarixiy o’zgarishlarni amalga oshirish hamda ekologik muammolarni bartaraf etish jarayonlarida yevropa­da Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining amaliy yordamlarini maxsus dasturlar asosida amalga oshirilsa aniq maqsadlarga erishish imkonini yaratadi;




Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish