O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti


O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli



Download 403 Kb.
bet3/12
Sana17.01.2017
Hajmi403 Kb.
#538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash hamda bu jarayonda xalqaro tashkilotlarning tutgan o’rniga oid masalalar mamlakatimizdagi faylasuf, siyosatshunos va tarixchi olimlar tomonidan o’rganilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan konseptual g’oyalar, mamlakatning tashqi siyosati, xalqaro munosabatlari hamda mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga oid masalalar musta­qillikning dastlabki kunlaridan boshlab respublika olimlari tomonidan keng o’rganila boshlandi hamda bir qator ilmiy asarlar yaratildi. Jumladan,

SHuni ham ta’kidlash joizki, mazkur masalaning siyosiy jihatlari, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solayotgan omillar va bevosita, terrorizm xavfi bilan bog’liq masalalar mamlakatimizning siyosatshunos va huquqshunos olimlari tomonidan o’rganib kelin­moq­da. Jumladan, ushbu masalalar N.Jo’rayev, A.Qirg’izboyev, A.Zakurlayev, M.A.Rajabova, D.Muitov, E.Ikromov, F.Tolipov, T.A.Jo’rayev, S.O.Otamurotov, R.Alimov, S.Safoyev, N.Safa­rova, SH.G’oy­ib­nazarov, SH.Arifxanov va boshqalarning tadqiqotlarida o’z aksini top­gan1. Ularda O’zbekiston taraqqiyotiga sal­biy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar, mintaqaviy muammolar­ning mohiyati, Markaziy Osiyoga xavf solayotgan tahdidlar, O’zbekistonda olib bo­rilayotgan milliy siyosat va millatlararo munosabatlar­ning barqaror ri­voj­lanishda tutgan o’rni, terrorizm, diniy fun­­­­­damen­talizm, eks­tre­mizm­ning mohiyati, uning butun mintaqaning barqaror taraq­qiyo­tiga o’t­ka­za­yot­gan salbiy ta’siri va boshqa bir qator dolzarb masalalarning u yoki bu qir­ra­la­ri ochib berilgan.

A.K.Qirg’izboyev o’zining monografiyasida O’zbekistonning Buyuk Ipak yo’lini tiklash borasida Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi, zamonaviy integratsion jarayonlarning asosiy xususiyatlari, Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligining huquqiy asoslari, O’zbekistonning Osiyodagi xalqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, Osiyodagi yetakchi davlatlar bilan aloqalari tahlil ostiga olingan.

A.X.Saidov, SH.YOdgorov, A.Ibrohi­mov, O.Abdullayev, A.Abdisattorov, A.Kamarov va boshqa tadqiqotchilarning asarla­rida aso­­san mintaqa davlatlarining xavfsizlik va barqarorlikni saqlashda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari hamda uning huquqiy asoslariga oid masalalar yoritilgan1.

R.H.Murtazayeva, E.Z.Nuriddinov, Q.Usmonov, YA.G’affarov, A.Xol­liyev, M.Raximov, K.Perimkulova kabi tarixchi olimlarning asarlarida esa masalaning tarixiy jixatlariga asosiy e’tibor qaratiladi2.

Masalan, R.H.Murtazayeva o’zining kitobida O’zbekiston hududida bag’rikenglik tamoyillarining tarixiy jihatlarini, uning eng qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar namoyon bo’lganligini ilk bor aniq ma’lumotlar asosida yoritib bergan. SHuningdek, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdid tug’diruvchi omillardan biri bo’lgan milliy nizolarni oldini olish borasida O’zbekistonda olib borilayotgan milliy siyosat, aholining milliy tarkibi, bag’rikenglik tamoyillari atroflicha tadqiq etilgan. SHuni ham ta’kidlash joizki, mustaqillik yillari O’zbekistonning tashqi aloqalari, mamlakat hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalarining tarixiy va siyosiy jihatlariga bag’ishlangan bir qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Ularda O’zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiy mintaqasi xavf­siz­ligini ta’minlashning dolzarb masalalari tadqiq qilingan.

Hozirda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli masalasiga bag’ishlangan mustaqil tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalaning turli jixatlari mavjud bo’lganligi uchun uni tadqiq etish dolzarb bo’lib qolaveradi. SHu sababli bitiruv malakavish ishida ana shu muammoni yoritish vazifasi qo’yilgan.




Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish