138
Mustaqil ishlar va referat uchun mavzular.
1.
Mustaqillikni mustahkamlash va sog’lom avlod tarbiyasi.
2.
Yangi jamiyatni barpo etish vazifalari.
3.
O’zbek modelining asosiy tamoyilari.
1.
Talabalar
mashg’ulotga
tayyorlarlikni
boshlashda
yurtboshimiz
I.A.Karimovning 1997 yil 29 avgust Oliy Majlis 1X sessiyasida so’zlagan
«Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqini tuliq
o’rganib chiqishadilar. Nutqda ko’rsatilgan ta’lim-tarbiya sohasidagi
kamchiliklar, muammolar va bulardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi
lozim bo’lgan islohotlar haqidagi fikrlar o’rganiladi, muhokama etiladi.
Bundan tashqari 1999 yil nashr etilgan «Barkamol avlod orzusi»kitobining 11-
20, 39-45, 56, 58, 64-66-betlaridan foydalanib, 1-savolga javob qaytarishlari
mumkin.
2.
1997 yil 29- avgustida qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun Barkamol
avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» kitobi yoki ma’rifat gazetasi ,
«Xalk talimi» jurnalida e’lon qilingan qonun asosida o’rganib chiqiladi.
Qonunning 5-bob 34 moddadan iborat ekanligi, boblarning nomlari va
qonunning mohiyat moddalari asosida yoritib beriladi.
3.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham shu manbaalar asosida o’rganiladi va
tahlil etiladi. Dastlab ta’lim tizimidagi kamchilik va muammolar, isloh qilish
omillari haqida gapiriladi. Keyin dasturning maqsad va vazifalari, uni
ro’yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli (shaxs,
davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish) masalalari yoritib
beriladi. Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga
ham tuxtalib o’tiladi.
4.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonunning 11-bobi(dan keyin ta’lim tizimi va turlari) 9-
19 moddalari va milliy dasturning 3-bobidagi «Uzluksiz ta’lim tizimi va
turlari» bo’limi chuqur o’rganib chiqiladi, ta’lim turlari haqida to’liq tasavvur
hosil qilinadi. So’ngra esa qonun va milliy dastur asosida ta’lim-tarbiya
tizimida o’tkazilayotgan islohotlar, olib borilayotgan ishlar haqida fikrlar
bildiriladi. Shu talablar asosida DTS ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq
etilayotgani, ta’lim mazmuni tubdan yangilanganligi, nodavlat ta’lim
muassasalarining rivojlanib borganligi, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarining yuzaga kelishi va yildan-yilga ko’payib borayotganligi, oliy
ta’limda
ikki:
bakalavriyat
va
magistratura
bosqichlari
amalga
oshirilayotganligi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifat va
samaradorligi oshib borayotganligi haqida o’z qarashlarini bayon etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: