75
cho`l landshaftlari bilan texnogen landshaftlar o`rtasida, ularning
biokomponentlarida va balandlik belgilarida keskin farqlar borligi yaqqol tashlanib
turadi. Bu yerda yangidan yaratilgan antropogen re’lef shakllari-chiqindi tosh
tepaliklari, tog` jinslari gryadalari, terrikonlar, kar’yerlar, supasimon terassalar,
qoldiqli zovurlar, cho`kmalar katta-katta maydonlarni egallab olgan. Bular
antropogen akkumulyatsiya va antropogen denudatsiya tufayli vujudga kelgan
re’lef shakllari bo`lib, ular kelib chiqishiga ko`ra texnogen landshaft
komponentlarini tashkil etadi. Tuproq va o`simliklardan mahrum bo`lgan chiqindi
tosh uyumlari, kar’yerlar, terrikonlar, tog` jinslarining qazib olingan
joyidan
boshqa yerga tashlanishi va boshqalar faqat tog`-kon sanoati faoliyat
ko`rsatayotgan rayonlarda emas, balki ularga tutash bo`lgan qumli cho`l landshaft
komplekslarida ham cho`llanish jarayonining faollashuviga kuchli ta’sir ko`rsatadi.
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olinadigan ob’yektlarni
kar’yerlarga tayyorlash ishlari boshlangan paytdanoq shu joyning arid landshaftlari
hududida salbiy o`zgarish jarayonlari jadallashadi: tuproq-o`simlik qoplami yo`q
qilinadi, yer osti suvlarining tabiiy rejimi, avvalgi re’lef shakllari, dastlabki
landshaft komplekslarining morfologik strukturasi o`zgaradi, komponentlararo va
geosistemalararo tabiiy shakllanish aloqadorlik buzuladi.
Qazilma boyliklarni ochiq usul yo`li bilan qazib olinishi oqibatida tog`-kon
sanoatining ta’sir zonasi kengayib, tevarak atrofdagi arid landshaftlarning
geoekologik sharoitini nochor holatga keltiradi, biomassalarning hosildorligini
keskin kamaytiradi. Shuni ta’kidlash kerakki, tog`-kon sanoati rayonlarida
olinadigan foydali qazilmaning hajmiga nisbatan qayta ishlanadigan tog`
jinslarining hajmi bir necha marotaba ko`p. Shu boisdan Qizilqum regionidagi
konlar atrofida, Navoiy - Uchquduq temir yo`li yoqalarida to`plangan chiqindi tog`
jinslari baland-baland antropogen do`ngliklarni, uzoq masofalarga cho`zilb yotgan
tepalik, tosh gryadolarini vujudga keltirgan. Ular yuz va ming millionlab tonna
tuproq va tog` jinslarini o`zida mujassamlashtirgan. Bunday texnogen
chiqindilardan hosil bo`lgan antropogen re’lef shakllarida yaqin 25-30 yil ichida
--
76
tuproq-o`simlik qoplami vujudga kelishi shakllanishi va rivoj topishi nazariy va
amaliy jihatdan ham mumkin emas.
Qizilqum geosistemalari va ekosistemalarining cho`llanish
jarayonida texnik
eroziyaning ham ta’siri katta. Texnik eroziya ko`pincha burg`ulash ishlarini olib
boriladigan joylarda sodir bo`ladi. Ma’lumki, burg`ulash ishlarini tashkil etishda
va amalga oshirishda turli xil texnika vositalari – avtomashinalar, o`rmalovchi
traktorlar, buldozerlar, yashash uchun vagonli uylar jalb etiladi. Burg`ulash ishlari
ko`pincha 50-60 gektar atrofidagi maydonda olib boriladi. Buning natijasida
muayyan joylardagi adir landshaftlarning o`simlik qoplami to`liq yo`q qilib
tashlanadi, tuproq qoplamining ustki qoplami kuchli ifloslanadi, tevarak atrofdagi
daraxt va butalar kesilib yoqilg`i sifatida foydalaniladi. Burg`ilangan
quduqlar
atrofi maishiy va texnik chiqindilar hamda turli xil kimyoviy eritmalar bilan to`liq
ifloslanadi. Transport vosotalarining izlari deflyatsiya jarayonini kuchayishiga
qulaylik yaratildi.
Qizilqum cho`lida burg`ulash ishlari olib boriladigan nuqtalar va ishga
tushirilgan burg`u quduqlari juda ko`p va ular qalin joylashgan. Shuning uchun
texnik eroziyaning o’choqlari ham keng tarqalgan. Oqibatda texnik eroziya
natijasida har yili yuzlab va minglab gektar yaylovlar xo`jalikda foydalanish uchun
yaroqsiz bo`lib, ular kuchli buzilgan yerlarga va cho`llangan landshaft
komplekslariga aylanmoqda.
Umuman, xulosa o`rnida shuni ta’kidlab o`tish
maqsadga muvofiqki,
Qizilqum cho`lidagi arid landshaft komplekslarining texnogen omillari ta’sirida
yuz berayotgan cho`llanish jarayonini, birinchidan, regional mahalliy (lokal)
xarakteriga ega bo`lsa, ikkinchidan, bu jarayon tadrijiy rivojlanib borish
xususiyatiga ham egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: