O`quvchi shaxs kartasining tuzilishi quyidagicha:
O`quvchining ismi, familiyasi, sinfi;
Sinf rahbarining ismi, familiyasi;
Oilaviy sharoiti
A) Oila a`zolari (ota-onasining ismi, familiyasi, aka-uka, opa-singillarning ismi, familiyasi, oilada nechanchi farzand ekanligini ko`rsatish);
B) Yashash sharoiti (bolaning dars tayyorlashi uchun sharoit yaratib berilganmi);
V) Oilaviy tarbiyaning o`rni (bola o`z holiga tashlab qo`yilganmi yoki uning qiziqishlari e`tiborga olinib, uning xatti-harakati nazoratga olinganmi?).
O`quvchi salomatligi haqida ma`lumotlar (umumiy rivojlanishi, bola sog`lommi, biror xil yuqumli kasallikga chalinganmi, kasalliklarini davolanishlari haqida ma`lumotlar)
O`quvchining alohida psixologik nazorat ostiga olinishining sabablari (buyurtma kim tomonidan berildi va qaysi maqsadda o`rganish uchun tavsiya etildi?)
Psixodiagnostik test natijalari (vaqtlari ko`rsatiladi).
Kuzatishlar, alohida maslahatlarning natijalari
O`quvchining ota – onasiga, o`qituvchisiga tavsiyalar berish.
O`quvchi shaxs kartasi maktab amaliyotchi psixologi tomonidan tuziladi. O`quvchining oilaviy sharoiti, oila a`zolarining bolaga bo`lgan munosabatlari ya`ni, bolaning oiladagi o`rni, izohli tahlil qilinib, bolaning ota – onasiga, o`qituvchiga maslahatlar va tavsiyalar berib boradi. O`quvchining alohida psixologik nazorat ostiga olinishining sabablari o`rganib chiqilgandan keyin, test tahlillari, natijalar begonalardan qat`iy sir saqlanadi. Kuzatishlar, test natijalari faqatgina o`qituvchi va ota – onaga aytiladi.
Tarbiyasi qiyin bo`lgan o`quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni dars va darsdan tashqari o`quv tarbiya jarayonida tashkil etish mumkin. O`quvchilardagi muayyan kamchiliklarni tuzatish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz:
1. O`smirdagi yaxshi fazilatlarni, qobiliyatlarni, uni jamoa o`rtasida ijobiy baho olishiga xizmat qiluvchi malakalarni aniqlash va ularni har tomonlama rivojlantirish.
2. O`quvchini jamoat ishlariga jalb etib, vaqti-vaqti bilan uning jamoa oldida hisob berib turishi hamda jamoa tomonidan uning yutuqlariga baho berilishi.
Maktabda va maktabdan tashqarida do`stona aloqalar o`rnatilishiga yordam berish.
O`quv va jamoat topshiriqlarini mazmuni va hajmiga qarab asta-sekin murakkablashtirib borish, o`quvchi qo`lga kiritgan muvaffaqiyatlarga baho berish.
5. Erishilgan muvaffaqiyatlar uchun muntazam ravishda rag`batlantirib borish.
6. Tanqidga turli munosabatda bo`lishga asta-sekin o`rgatib borish.
O`quvchida tashqi tomondan sezilib turgan jismoniy kamchiliklar (masalan, semizlik, sepkillik, uzoqni ko`ra olmaslik va shunga o`xshashlar) mavjud bo`lgan taqdirda ular ustidan kulish, ularni masxara qilish mumkin emasligi yoki ularni izza qiladigan boshqa bir shakldagi harakatlar qilmaslik kerakligi xususida sinf jamoasi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borish;
O`quvchini jamoaning ijtimoiy hayotiga jalb etish hamda uning ishlari to`g`risida muntazam hisob berib turishni tashkil etish.
Estetik tarbiya berish, bunda kiyim kiyish va axloq-odob estetikasiga aloxida e`tibor berish.
Shaxsni o`z-o`ziga hamda o`z hatti-harakatlariga to`g`ri baho berishga o`rgatish, o`z-o`zini tarbiyalashga yordam ko`rsatish.
11. O`quvchilarga ulardan chidamlilikpi, o`zini tuta bilishni, boshqalar bilan hisoblashishni, ularga bo`ysuna olishni talab qiladigan o`quv vazifalari hamda jamoat topshiriqlari berish, shuningdek shaxsning insoniy fazilatlarini shakllantirishga yordam beradigan topshiriqlardan foydalanish.
12. O`quvchini asta-sekin rahbarlik qilish bilan bog`liq bo`lgan jamoat ishlariga jalb eta borish.
13.O`quvchiga o`z irodasini tarbiyalab borishida yordam ko`rsatish.
14. O`quvchining o`z xulq-atvori va faoliyati to`g`risida kollektiv oldida muntazam ravishda hisob berib borishini tashkil etish.
15. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shug`ullanish.
Demak, o`quvchilardagi mavjud kamchiliklarning bartaraf qilinishi ularni muayyan faoliyat yo`nalishlari va turlariga jalb etishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |