SHaxs kartasida o`quvchini o`rganish davomida borilgan suhbatlar, diagnostik
hamda korreksion tuzatish ishlarining tahlil natijalari, berilgan maslahat va
tavsiyalar yozib boriladi. O`rganilgan barcha ma`lumotlar “Tarbiyasi qiyin
o`quvchilar bilan ishlash” papkasida saqlanadi va u boshqalardan qat`iy sir
1.
O`quvchining ismi, familiyasi, sinfi;
2.
Sinf rahbarining ismi, familiyasi;
3.
Oilaviy sharoiti
A) Oila a`zolari (ota-onasining ismi, familiyasi, aka-uka, opa-singillarning ismi,
familiyasi, oilada nechanchi farzand ekanligini ko`rsatish);
B) Yashash sharoiti (bolaning dars tayyorlashi uchun sharoit yaratib berilganmi);
V) Oilaviy tarbiyaning o`rni (bola o`z holiga tashlab qo`yilganmi yoki uning
qiziqishlari e`tiborga olinib, uning xatti-harakati nazoratga olinganmi?).
4.
O`quvchi salomatligi haqida ma`lumotlar (umumiy rivojlanishi, bola
sog`lommi, biror xil yuqumli kasallikga chalinganmi, kasalliklarini davolanishlari
haqida ma`lumotlar)
5.
O`quvchining alohida psixologik nazorat ostiga olinishining sabablari
(buyurtma kim tomonidan berildi va qaysi maqsadda o`rganish uchun tavsiya
etildi?)
6.
Psixodiagnostik test natijalari (vaqtlari ko`rsatiladi).
7.
Kuzatishlar, alohida maslahatlarning natijalari
8.
O`quvchining ota – onasiga, o`qituvchisiga tavsiyalar berish.
O`quvchi shaxs kartasi maktab amaliyotchi psixologi tomonidan tuziladi.
O`quvchining oilaviy sharoiti, oila a`zolarining bolaga bo`lgan munosabatlari
ya`ni, bolaning oiladagi o`rni, izohli tahlil qilinib, bolaning ota – onasiga,
o`qituvchiga maslahatlar va tavsiyalar berib boradi. O`quvchining alohida
psixologik nazorat ostiga olinishining sabablari o`rganib chiqilgandan keyin, test
tahlillari, natijalar begonalardan qat`iy sir saqlanadi. Kuzatishlar, test natijalari
faqatgina o`qituvchi va ota – onaga aytiladi.
Tarbiyasi qiyin bo`lgan o`quvchilar bilan olib boriladigan ishlarni dars va
darsdan tashqari o`quv tarbiya jarayonida tashkil etish mumkin. O`quvchilardagi
muayyan kamchiliklarni tuzatish maqsadida quyidagilarni tavsiya etamiz:
1. O`smirdagi yaxshi fazilatlarni, qobiliyatlarni, uni jamoa o`rtasida ijobiy baho
olishiga xizmat qiluvchi malakalarni aniqlash va ularni har tomonlama
rivojlantirish.
2. O`quvchini jamoat ishlariga jalb etib, vaqti-vaqti bilan uning jamoa oldida
hisob berib turishi hamda jamoa tomonidan uning yutuqlariga baho berilishi.
3.
Maktabda va maktabdan tashqarida do`stona aloqalar o`rnatilishiga yordam
berish.
4.
O`quv va jamoat topshiriqlarini mazmuni va hajmiga qarab asta-sekin
murakkablashtirib borish, o`quvchi qo`lga kiritgan muvaffaqiyatlarga baho berish.
5. Erishilgan muvaffaqiyatlar uchun muntazam ravishda rag`batlantirib borish.
6. Tanqidga turli munosabatda bo`lishga asta-sekin o`rgatib borish.
7.
O`quvchida tashqi tomondan sezilib turgan jismoniy kamchiliklar (masalan,
semizlik, sepkillik, uzoqni ko`ra olmaslik va shunga o`xshashlar) mavjud bo`lgan
taqdirda ular ustidan kulish, ularni masxara qilish mumkin emasligi yoki ularni
izza qiladigan boshqa bir shakldagi harakatlar qilmaslik kerakligi xususida sinf
jamoasi o`rtasida tushuntirish ishlari olib borish;
8.
O`quvchini jamoaning ijtimoiy hayotiga jalb etish hamda uning ishlari
to`g`risida muntazam hisob berib turishni tashkil etish.
9.
Estetik tarbiya berish, bunda kiyim kiyish va axloq-odob estetikasiga aloxida
e`tibor berish.
10.Shaxsni o`z-o`ziga hamda o`z hatti-harakatlariga to`g`ri baho berishga
o`rgatish, o`z-o`zini tarbiyalashga yordam ko`rsatish.
11. O`quvchilarga ulardan chidamlilikpi, o`zini tuta bilishni, boshqalar bilan
hisoblashishni, ularga bo`ysuna olishni talab qiladigan o`quv vazifalari hamda
jamoat
topshiriqlari
berish,
shuningdek
shaxsning insoniy
fazilatlarini
shakllantirishga yordam beradigan topshiriqlardan foydalanish.
12. O`quvchini asta-sekin rahbarlik qilish bilan bog`liq bo`lgan jamoat ishlariga
jalb eta borish.
13.O`quvchiga o`z irodasini tarbiyalab borishida yordam ko`rsatish.
14. O`quvchining o`z xulq-atvori va faoliyati to`g`risida kollektiv oldida
muntazam ravishda hisob berib borishini tashkil etish.
15. Jismoniy tarbiya bilan muntazam shug`ullanish.
Demak, o`quvchilardagi mavjud kamchiliklarning bartaraf qilinishi ularni
muayyan faoliyat yo`nalishlari va turlariga jalb etishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: