O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti



Download 459,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/34
Sana17.01.2022
Hajmi459,94 Kb.
#380666
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanidan talim texnologiyasi (2)

     Mavzuning maqsadi

: Demografiya va aholi geografiyasi fanining maqsadi

predmeti va vazifalarini o’rganish. 

 

 



Aholi  deganda  hududda  (butun  yer  shari,  uning  ayrim  qismlari,  qit’alar, 

mamlakatlar, shaharlar, rayonlar va hk.) yashayotgan kishilar guruhi tushuniladi. Aholi 

va  uning  xo’jalik  faoliyati  hamma  davrlarda  geografiya  fanini  qiziqtirib  kelgan. 

Geografiya  fanlari  tizimida  iqtisodiy  geografiyaning  qaror  topishi  bilan  bu  masalaga 

qiziqish ayniqsa kuchaydi.  Bu g’ejiz emas edi. Chunki iqtisodiy geografiyaning asosiy 

vazifasi ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashish qonuniyatlarini o’rganishdir. 

 

Muamoli  vaziyat  :  Axoli    soni,  uni  takror  barpo  etilishi,  yosh  va  jinsiy 



tarkibini  o’rganish  muxim  vazifalardan  biridir.  Chunki  axoli    asosiy 

istemolchi  hamdir.  Uni  ijtimoiy  yoxtiyojlarini  o’rganish  taxlil  etish  

muhimdir.  

  

 



Aholi  esa  xar  qanday  jamiyatning  asosiy  ishlab  chiqaruvchi  kuchidir.  Jamiyat 

hayoti  uchun  zrur  bo’lgan  barcha  boyliklar    insonning  mehnati  natijasida  yaratiladi. 

Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mehnat qurollari, xaom ashyo,  yoqilg’i va 

boshqa qo’shimcha materiallar faqat inson qo’li, odam mehnati tufayligina harakatga 

keltiriladi va ular ishlab chiqarish jarayonining eng aktiv elementlaridir, qolgan barcha 

ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  ishlab  chiqarish  jarayonining  passiv  qatnashchiaridir. 

Shunday  qilib,  aholi,  birinchi  navbatda,  ishlab  chiqarishning  asosiy  sub’ektidir.  U 

barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi asosiy kuchdir. 

 

Aholi  ayni  paytda  ishlab  chiqariladigan  barcha  moddiy  boyliklarning  asosiy 



iste’molchisidir  ham.  Iste’mol  esa,  butun  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  tugallaydigan, 

unga  yakun  yasaydigan  qismidir.  Тaraqqiyot  jarayonida  aholining  shaxsiy  iste’moli 




 

17 


bilan birga, aholining o’zini takror barpo qilinadi - kishilarning avlodlari tarbiyalanadi 

va voyaga yetkaziladi.  

 

Shuning  uchun  ham  aholining  geografik  jihatdan  o’rganishda  quyidagilarga 



e’tibor berish zarur.  

 

1. Aholi ishlab chiqarish sub’ekti, barcha moddiy nematlarni ishlab chiqaruvchi. 



 

2.  Ishlab  chiqariladigan  jami  ijtimoiy  maxsulotlarni  ma’lum  qismini 

iste’molchisi. 

 

3. Aholi butun ijtimi y takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi 



bo’lib, o’zi ham takror barpo qilinishi zarur. 

 

Aholiga  xos  ana  shug’ullanish  xususiyatlarni  o’rganmay  turib,  har  qanday 



iqtisodiy geografik muammoni chuqur tadqiq qilish va hal qilish qiyin. Hududi shunga 

ko’ra,  aholi  geografiyasi  iqtisodiy  geografiyanign  bir  muhim  tarmog’idir.    Aholining 

hududiy  joyshuvi  xalq  xo’jaligining  joylashuvi  hamda  tuzilishi  bilan  bog’liq    va 

aksincha,  aholining  joylashuvi,  o’z  navbatida,    xo’jalikni  rivojlantirish  hamda 

joylashtirishga bevosita ta etadi. Тurli mamlakatlar va rayonlar xo’jaligining ixtisosi va 

rivojlanish darajasiga shu hududda aholining faoliyati, xo’jalik tarkibi turlicha bo’lishi 

mumkin.  

 

Aholi  geografiyasi  iqtisodiy  geografiyaning  bir  tarmog’i  bo’lishi  bilan  birga 



boshqa  tarmoqlar  (sanoat  geografiyasi,  qishloq  xo’jaligi  geografiyasi,  transport  

geografiyasi)  o’rtasida  aloxida  o’rin  tutadi.  Chunki  aholi  ishlab  chiqaruvchi  kuch  va 

ishlab chiqarish sohalarida aktiv qatnashadi, iqtisodiy geografiya o’rganadigan barcha 

hodisa  va  jarayonlarda  o’zi  bevosita    ishtirok  etadi.  Binobarin,  iqtisodiy 

geografiyaning  barcha  boshqa  tarmoqlari  aholi  geografiyasi  ko’rsatkichlariga  muhim 

o’rin  beriladi.  Aks  holda,  tegishli  xo’jalik  tarmog’i  geografiyasining  barcha 

xususiyatlari to’la ochilmay qolishi mumkin. 

 

Chunki  hozirgi  zamon  geografiya  fanining  muxhim  vazifalaridan  biri  -  tabiiy 



sharoit, xo’jalik, aholining o’zaro aloqalari va bir-biriga taini regional analiz qilishda 

hamda turli mamlakatlar va rayonlarda ana shu aloqalar jarayonida vujudga keladigan 

hududiy dinamik tizimlarni o’rganishdan iborat  

 

aholi  yer  sharining  turli  qismlarida  vujudga  keladigan  aks  shunday  hududiy 



dinamik tizimlarning eng aktiv tarkibiy qismidir. 

 

Aholi  geografiyasi  aholining  tarkibi,  dinamikasi  va  joylashuvidagi  regional 



farqlarni, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi punktlarining hududiy 

tizimlarini  v  ularning  rivojlanish  qonuniyatlarini  o’rganadi.    Aholi  geografiyasi, 

shuningdek,  aholining  yer  shari  bo’yicha  va  ayrim  mamlakatlar  hamda  rayonlar 

miqyosidagi harakatini ham o’rganadi.  

 

Aholining  hududiy  joylanish  formalari  aholi  geografiyasining  muhim 



tushunchalaridan biridir.  

 

Aholining  hududiy  taqsimlanishi  va  joylashuviga  tabiiy  sharoit  ham  ta’sir 



ko’rsatadi. Ammo sharoit bilvosita, ya’ni ishlab chiqarish orqali ta’sir etadi. 

 

Aholi geografiyasi bir qancha yo’nalishlarga bo’linadi: 



 

1. Aholining tarkibi va takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu farqlar 

sababini o’rganish. 

 

2. Mehnat resurslarini va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o’rganish. 



 

3. Aholining hududiy taqsimlanishi va uning harakatini o’rganish. 

 

4.  Aholi  punktlari  va  ularning  hududiy  tizimlarini  o’rganish.  Aholi 



geografiyasining  bu  yo’nalishda  shaharlarni  va  qishloq  aholi  punktlarini  alohida 


 

18 


o’rganuvchi  shaharlar  geografiyasi  va  qishloq  aholi  punktlari  geografiyasi  vujudga 

kelgan.  

 

5.  Aholining  madaniyati  va  turmush  sharoitlaridagi  geografik  farqlarni  va 



ularning sabablarini o’rganish. 

 

6.  Тarixiy  aholi  geografiyasi.  Bu  yo’nalish  o’tgan  tarixiy  davrlarda  aholi 



geografiyasini o’rganadi va tarixiy  geografiyasining bir qismi hisoblanadi.  

 

7. Aholini kartaga tushirish. 



 

 

Aholi geografiyasining oldida birqancha vazifalar turadi: 



 

Birinchidan, mamlakatimiz aholisi va chet mamlakatlar aholisi haqida, ularning 

soni,  va  usishi,  hududi  joylashuvi,  migratsiyasi,  xhalqlar  geografiyasi,    aholi 

punktlarining  xilma-xilligi,  turli  mamlakatlarda  sharoitiga  qarab  shaharlarning 

rivojlanish  muammolari  va  boshqa  ma’lumotlar  bilan  keng  kitobxonlar  ommasini  va 

shuningdek, amaliy maqsadlar uchun qiziquvchi tashkilotlarni ta’minlaydi. 

 

Ikinchi  muhim  vazifa  -  aholi  geografiyasining  bevosita  amaliy  vazifalarini  xal 



qilishga qaratilgan tadqiqot ishlarini kuchaytirish. 

 

Bozor  itisodiyoti  sharoitida  Respublikamiz  butun  hududi  bo’yicha  ayniqsa 



qishloq aholi punktlarida maktab, mavdo korxonalari, tibbiyot, madaniyat muassasalari 

va  boshqalarni    rejaoli  joylashtirish,  mehnat  resurslaridan  mumkin  qadar  to’la  va 

oqilona  foydalanish,  shahar  bilan  qishloq  o’rtasidagi  mavjud  tafovutlarni  asta-sekin 

tugatib  borish,  aholining  turmush  darajasini  yanada  ko’tarish,  butun  aholi  punktlari 

tizimini takomillashtirib borish kabi muammolarni xal qilishda aholi geografiyasi o’z 

munosib xissasini qo’shib kelmoqda. 

 

 

 



3. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 

 

Aholi  geografiyasining  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi  juda  keng  va  har 



tomonlamadir.  Chunki  aholini  turli  aspektda  bevosita  o’rganadigan  yoki  aholiga 

taalluqli  bo’lgan  masalalarga  katt  e’tibor  beradigan  fanlar  va  fan  tarmoqlari  juda 

ko’pdir. 

 

Aholi  geografiyasining  o’z  tadqiqotldari  jarayonida  aloqa  qiladigan  yoki 



hamkorlikda ishlaydigan fanlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. 

 

1.  Geografiya  fanining  boshqa  fanlar  bilan  tarmoqlar  bilan  aloqasmi.  Bular 



jumlasiga: xo’jalik geografiyasi, tibbiyot geografiyasi, xizmat ko’rsatish geografiyasi, 

turizm geografiyasi, tarixiy geografiya, kartografiya bilan aloqalar kiradi. 

 

Shuningdek,  aholi  geografiyasi  bilan  xizmat  ko’rsatish  geografiyasi  o’rtasidagi 



aloqalar  va  o’zaro  hamkorligi  ayniqsa  mustahkamdir.  Хizmat  ko’rsatish  geografiyasi 

aholini  barcha  ehtiyojlariga  xizmat  krsatuvchi  xizmat  ko’rsatish  tarmoqlarining 

rivojlanish  darajasi  va  hududiy  joylanishini  geografik  taqqoslash  usulida  o’rganadi, 

xizmat  ko’rsatish  ayrim  tarmoqlarini  joylashtirish,  qishloq  joylarda  shahar  va  shahar 

aglomeratsiyalarida  xizmat  ko’rsatish  markazlarini  vujudga  kelish  muammolarini 

tadqiq  qiladi.  Хizmat  ko’rsatish  geografiyasi  o’rganishi  kerak  bo’lgan  barcha 

masalalarning  hammasi  faqat  aholi  va  aholi  punktlari  haqidagi  batafsil 

ma’lumotlardagina  analiz  qilish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  u  dastavval  aholi 

geografiyasi tarkibida vujudga kelgan bo’lib, ular o’rtasidagi aloqa har tomonlamadir. 

 

Aholi  geografiyasi  bilan  chambarchas  va  har  tomonlama  aloqador  bo’lgan 



fanlarning ikkinchi guruhi demografiya va etnografiya fanlaridir. 


 

19 


 

Demografiya  va  etnografiya  aloxida  guruxga  ajratishimiz  shu  boisdanki,  ular 

ham  aholi  geografiyasi  singari,  aholini  o’rganadi.  Ularning  har  qaysisi  aholini  o’z 

nuqtai  nazaridan  tadqiq  qiladi,  albatta.  Ammo  shunday  masalalar  borki,  ularni  bu 

fanlarning  har  uchchalasi  o’rganadi.  Biri  ikkinchisining  materiallaridan  keng 

foydalanadi.  

 

Aholi  geografiyasi  aloqa  qiladigan  fanlarning  uchinchi  uruxiga  antropologiya, 



sotsiollogiya, mehnat ekonomikasi va boshqa fanlar kiradi.  

 

Aholi  geografiyasining  sotsiologiyasi  bilan  aloqalari  va  hamkorligi  ham 



mustahkamlanib  bormoqda.  Sotsiologiya  jamiyatimizdagi  kishilar  o’rtasidagi  ko’p 

qirrali  o’zaro  munosabatlarni  o’rganadi.  Тurli  maqsadlarda  o’tkazish  sotsiologik 

tadqiqotlar  aholini  geografik  jihatdan  ta’riflash  uchun  zarur  bo’lgan  ma’lumotni 

beradi.  

 

Yuqorida  sanalgan  fanlar  bilan  aholi  geografiyasi  aloqalari  serqirrali  va 



mazmunlidir. 

 

 



Nazorat savollari  

 

1. Aholi geografiyasi kursining predmeti xakida so’zlab bering. 



2. Aholi geografiyasi kursining maqsad va vazifalari nipalardan iborat? 

3. Aholi geografiyasini o’rganish ob’ekti. 

4. Kursning predmeti nipalarni tashkil qiladi? 

5. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 

6. Aholini territorial taqsimlanishi va joylashuvi. 

7. Aholi punktlari deganda nimani tushunasiz? 

8. Aholi punktlariga nimalar kiradi? 

9. Mehnat resurslari haqida tushuncha bering. 

10. Aholini ishlab chiqarish bilan bandligi deganda nima tushuniladi? 

 

   Quydagi topshiriqni bajaring: 



1.    Axoli  geografiyasi  kursi  bo’yicha  adabiyotlar  bilan  tanishish  va  daftarga  yozib 

kelish. 


Adabiyotlar  

 

1. Asanov G. Aholi geografiyasi. Т., 1978. 



2. Asanov G. Sotsial iqtisodiy geografiya: termin va izohli lug’ati. Т., 1990. 

3. Bruk S.I. Naseleniya mira. Etnograficheskiy spravochnik. 2-Ye.izd. pererab. i dop. 

M., 1986. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

20 


 

2-MAVZU: MAMLAKATIMIZDA AHOLI GEOGRAFIYASINING TARKIB 

TOPISHI VA RIVOJLANISHI. 

 

REJA:  



 

 

1. Aholi geografiyasining tarkib topishi. 



 

2. Aholishunos olimlarning fikrlari. 

 

 

 Тayanch 



iboralar: 

«Odam 


geografiyasi», 

geografik 

determenizm,Antropogeografiya,  aholi 

geografiyasi, 

optimum 

nazariyasi, 

biometriya,  

 

 




Download 459,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish