Islomdagi ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni.
So’ngi paytlard respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining manbalari doirasini
kengaytirishni taklif qilishmoqda. “Evropa pedagogikasida tarbiya uchun zarur bo’lgan
umuminsoniy xislatlarning mavjudligini tan olgan holda. YAn Amos Komenskiy,
Ushinskiy, Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmay,
bizda ham boshqa xalqlarda bo’lgani kabi Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, At-
Termiziy, Navoiy,Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori kabi mashhur mutaffakkirlar
borligini unutmasligimiz lozim. Bizning yoshlar ko’p yillar mobaynida ulardan, buyuk
merosdan bebahra bo’lishganligi esa achinarli holdir.”.
SHuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o’tilgan shaxslarning barchasi Beruniy,
Farobiy va Navoiylardan tashqari bevosita islomga aloqador bo’lishgan. Imom Buhoriy
152
(810-870) islom olamida mashhur hadisshunoslik olim hisoblanadi. 600000 hadis ichidan
7400 sahih hadisni tanlab olib, u “Al-Jome’ Sahih” kitobini yozgan, bu asar Qur’ondan
keyingi o’rinda turuvchi muqaddas kitob hisoblanadi.
At-Termiziy- eng yirik musulmon olimlaridan biri, 80 tadan ko’p islom tarixi,
ta’limoti, so’fiylik nazariyasiga bag’ishlangan asarlar yozgan. Uning “SHamoyili
Muhammadiya” (Muhammad hayoti) asari barcha diniy o’quv yurtlarida darslik
hisoblanadi. Bu yerda gap diniy manbalar-avvalambor hadislarni xalq boyligiga
aylantirish haqida ketmoqda. Gap shundaki, aksariyat real hodisa va voqealar islomning
paydo bo’lish davriga tegishli, biroq ularning katta qismi islomning keyingi rivojiga
bog’liq. Hadislarning obro’si bilan islomda shakllanayotgan yangi tamoyillar, diniy,
huquqiy, maishiy va ma’muriy amaliyotning barcha sohalari yoritilgan. Hadis shaklida
islomga madaniy va g’oyaviy merosning ko’pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur’on va
islomdan tashqarida mavjud bo’lmaydi.
Islom monoteistik din, ya’ni uning mazmuni yagona xudo-Allohga iymon
keltirishdir. Bu dinning asoschisi Muhammad (sav) hisoblanib (570-632) u ushbu dinning
payg’ambari hisoblanadi. Musulmonlar o’limdan keyingi hayotga ishonishadi. Ularning
muqaddas kitobi Qur’ondir.
Qur’on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur’on yagona kitob
shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo’q qilingan. Qur’on 114 suradan
iborat. Oddiy musulmon Qur’onning murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali
tushunishi mumkin. Eng mashhur tafsirlar At-Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy,
Fahriddin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli. Natijada sunna-Qur’onni mazmunini
tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a’zolari, qabila a’zolari orasidagi
munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy qoidalar sifatida ham
qo’llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig’ish, ularni ajratishga ko’p olimlar
o’z umrlarini bag’ishlaganlar. Islomga muvofiq Qur’on barcha musulmonlar
bo’ysunishlari lozim bo’lgan muqaddas kitobdir.
Muhammad (sav) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz oilaviy sunnalar
ham ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi payg’ambarga o’xshashga
harakat qilish bulgan. Bu o’xshashlik nafaqat milliy tamoyillarni qabul qilish balki
marosimlar, odatlarni ham qamrab olgan. Qur’on aslida ijtimoiy-huquqiy qoidalar
yig’indisi hisoblanadi. Qur’on nafaqat SHarqda balki yevropada ham nihoyatda
e’zozlanadi.
VII asrning o’zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi
insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi.
SHariatning huquqiy qadriyatlari ijtimoiy xarakterga ega va quyidagi tamoyillarga
asoslangan odil jamiyatni ifodalaydi:
jamiyatning barcha a’zolarini irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi;
jamiyat barcha a’zolarining teng mas’uliyatga egaliklari, chunki ular bitta
manbadan kelib chiqishadi;
Inson hayoti va erkinligi tengligi;
Oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o’z himoyasiga oladi va unga g’amxo’rlik
qiladi;
Boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi;
YAgona Alloh barcha narsaning egasi va u tomonidan yaratilganlar uning barcha
yaratishlariga hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o’z bo’lagini olishga haqli.
Xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilan
maslahatlashib hal qilinishi lozim.
153
O’zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob beradi. Inson va
ma’naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa-faqatgina Alloh oldida;
Jamiyatning bir bo’lagi bo’lmish inson, ma’n e’tilganlarni sodir etayotgan shaxsga
qarshi da’vo qilishi mumkin va sh.k.
Islom hadislarda bayon etilgan eng muhim inson huquqlari sifatida quyidagilarni
kafolatlaydi.
YAshash huquqi, o’limdan so’ng esa janoza o’qilishiga “Agar birortangiz birodarini
kafanlasa, uni hurmat va mehr bilan qiling”, “o’liklarni urishmang, ular o’tmishlarini
tugatishdi”.
Erkinlik huquqi
“siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir ular ozod tug’ilishgan edi-ku?”
Tenglik huquqi. “arab boshqalardan, boshqalar esa arabdan ustun emaslar, qora
sariqdan, sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka sazovor bo’lgan inson ustundur”
Adolat huquqi
Islom dini besh asosga tayanadi:
Iymon-Allohdan boshqa iloh yo’q va Muhammad (sav) uning rasuli.
Solat-musulmon kunida besh mahal bajaradigan ibodat (namoz).
Zakot-rahmdillik. Beruvchi insonning munosabati, u berayotgan miqdordan
muhimroqdir.
Ro’za, ramazon musulmonlar uchun muqaddas oy, chunki aynan shu oyda
Muhammad (sav) payg’ambar bo’lgan.
Haj-har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi lozim.
Tarbiyaviy vositaga ega bo’lgan Qur’on oyatlari muhim ahamiyatga ega. Ularda
ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabat haqida bolalarni tarbiyalayotgan ota-ona
nimaga intilishi haqida, shuningdek ular yetmoqchi bo’lgan maqsadlar ham aniq belgilab
qo’yilgan.
Qur’on musulmonlar hayotining mazmuni va maqsadi haqidagi qarashlariga katta
ta’sir ko’rsatgan va uning g’oyalari musulmon halqlarining madaniyatidan chuqur joy
olganlar hamda xalq pedagogikasi manbalari-maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har
tomonlama ta’sir ko’rsatgan.
O’sib kelayotgan avlodning tarbiyasi va ijtimoiy jarayonlarga moslashuvida bilim,
unga munosabat masalasi doimiy muammo hisoblanadi. Bu muammo zamonaviy
sharoitda yanada keskin ko’rinish kasb etmoqda. Bir tomondan iqtisodiy hayotda ro’y
berayotgan jarayonlar shunga olib keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan bo’lishdi.
Ularning topganlari bilan ziyolilarning maoshini tenglashtirib bo’lmaydi. Buning
hammasi yoshlarda bilim olishga qiziqish pasayishiga sabab bo’ldi. Ularga bilim olish
moddiy va ma’naviy muvaffaqiyat garovi bo’lib tuyulmayapti. Boshqa tomondan esa
bozor munosabatlari va unga bog’liq bo’lgan texnikaning doimiy yangilanishi,
korxonalar orasidagi raqobat, ishsizlik yoshlardan faqat chuqur bilimlar balki ularning
doimiy yangilanishini ham talab qiladi.
YOshlarning bilim olishida Qur’on suyang’ich bo’lishi mumkin. Ma’lumki,
Qur’onda “ilm” so’zi 750 marta uchraydi. Agar Qur’on 780000 so’zdan iboratligini
inobatga olsak, “ilm” so’zi muqaddas kitobning 1/104 qismini tashkil qilishi ma’lum
bo’ladi.
Qur’on inson bilimlarini ikkiga ajratadi- diniy va dunyoviy. Diniy bilimlar-dunyo
asoslarini, dunyo yaratilishini bilish. Bilimning bu turi inson yetishishi mumkin bo’lgan
eng oliy cho’qqidir. Bu masalaga qisqa to’xtalib o’tsak.
154
Qur’onda bir inson ega bo’lgan dunyoviy bilim haqidagi oyatlarni uchratamiz. U
badanning uch a’zosi-ko’z, quloq va yurak bilan qo’lga kiritildi.
Endi esa Qur’on qoidalari hadislarida o’z rivojini topishini ko’rib chiqamiz.
F.Rouzental to’liq hajmda Imom Buxoriyning “as-Sahih” asarini tahlil qilib chiqqan va
ularda bilimlarga tegishli quyidagi g’oyalarni topgan:
-
bilim talab qilish jannatga yo’l ochadi;
-
bilim faqatgina o’qish orqali qo’lga kiritiladi;
-
inson rahbar bo’lishidan oldin bilimli bo’lishi kerak;
-
ayollarni o’qitishga ruhsat berilgan;
-
ilm va olimlarning yo’qolishi dunyoning oxiriga yetganini bildiradi.
Boshqa mashhur hadis to’plamlari ham islom uchun bilim va fanlar naqadar qadrli
ekanligini bildiruvchi g’oyalar uchraydi:
olimlar mo’minlardan shunchalik ustunlarki, to’liq oy qancha yulduzlardan ustun.
olimlar o’zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir.
Har bir alohida shaxsning ijtimoiylashtirish munosabati bilan Qur’onning hayot va
inson mehnatiga nisbatan bo’lgan munosabati haqidagi g’oyalarining aloqasi bor. Uzoq
yillar davomida daxriylar adabiyotlari Qur’on va shariat “mehnat ahamiyatini keskin
kamsitishadi va jamiyatni isloh qilishga qaratilgan faol va bunyodkor faoliyatni inkor
etishadi” “islomning hayotga nisbatan tashvish sifatidagi, mehnatni Alloh qarg’ishida
qolganga nisbatan bo’lgan munosabati, shuningdek esa ruhoniylarning yaqinda qismat
kuni kelishi nihoyatda reaksion diniy yo’nalishlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi deb
ta’kidlashardi.
Islomshunoslarning tadqiqotlari esa islomning inson hayoti va mehnatiga nisbatan
umuman o’zgacha munosabati dalolat bermoqda. Qur’on boyliklarni qoralaydi, biroq u
barcha boylikni emas, balki Xudo qismatni musulmonning farzlarini unutishga
chorlovchi boylikni qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo’lsa va
zakoti berilsa uni islom qonuniy hisoblaydi. Qur’on harakatsizlikni ham qoralaydi. U
ham dunyoviy ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi.
SHuningdek esa Qur’onning quyidagi suralarida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega:
4 sura-Niso
9 sura-Tavba
55 sura-Raxmon
58 sura-Mujodala
64-Tag’ovun
76-Inson
107-Moun
109-Qodirun
114-Nos
Bu borada tarbiya tizimiga hadislarni qo’shish nihoyatda maqbul hisoblanadi.
CHunki ularda payg’ambarning hayoti va faoliyatidan turli hikoyalar va uning axloqiy
pandlari mavjud. Hadislarda islom asoslarining sharhlari berilgan, mehribonlik,
muqaddas dargoh, tozalik, halol-harom, ayyorlik kabi tushunchalar ko’rib chiqiladi.
SHuningdek, yaxshilik, yomonlik, axloq to’g’risida o’gitlar berilgan.
Hadislarning pedagogik taxlili bu manbaning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo’lgan eng muhim mazmuniy yo’nalishlarini aniqlash imkonini berdi:
-“go’zal xulq sohibi-u insonlarning bir-biriga ishonchini tug’diradi;
-o’z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi;
155
-o’z fikrini bildirishdagi josuslik-inson kuchining ifodasidir. O’z fikrini bildirmaslik esa
shariat va sog’lom fikrlashga nisbatan norozilik alomati;
-o’z farzini tushunish va uni majburiysiz bajarish insonda yaxshi hislatlar paydo
bo’lishiga olib keladi; insonning o’z Vatani, do’stlari, xalqi oldida majburiyatini
bajarishi-inson tarbiyalanganligining ko’rsatgichi;
-hayotda vaqtni qadriga yetish-insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir;
-sabr qilish baxtsizlik, ehtiyoj, kasalliklarni yengishga yordam beruvchi hislatlar.
Muvaffaqiyatga erishish uchun aqldan tashqari sabr ham talab qilinadi;
-o’ziga ishonch-rivojlanish perspektivasidir. Agar o’sib kelayotgan avlod bu xislatdan
mahrum bo’lsa, millat falokatga giriftor bo’ladi;
-insonni farishta darajasiga ko’taruvchi hislatdir. Undan maxrum bo’lgan kishida asl
sevgi bo’lishi mumkin emas. Ichkilikbozlik, faxsh, zino-buning hammasi irodasizlikdir.
Bunaqa insonlar atrofdagilarga, o’z xalqiga zarar keltiradi;
-chuqur fikr yuritish-insonning aqliy voyaga yetganlik alomatidir;
-kim o’z o’tmishini yo’qotsa-uning kelajagi yo’qdir. Qariyalarning hikmatlarini unutgan
yosh avlod iymonni ham unutadi va shunda yovuzlik yaxshilik ustidan g’alaba qozonadi.
O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |