151
davlat mahkamalari va jamiyat tashkilotlaridagi barcha yo`nalishlar shu Nizomlar
doirasida faoliyat ko`rsatishlari kerak bo`ladi.
Ilohiy Nizom talablari “Avesto” ning “Vendidod” va “Xot” qismlarida bayon
etilgan. Ilohiy Nizomga ko`ra odam faoliyatining barcha yo`nalishlari ezgulik ruhi bilan
sug`orilgan bo`lishi shart.
Podshoh va vazirlar muhim, davlat ahamiyatiga molik ishlar bilan band bo`lganlar.
Mahalliy o`z-o`zini boshqarish mahkamalari samarali ishlashi uchun unga yordam
berganlar, ammo ularning ichki ishlariga xuda-behudaga aralashmaganlar. Bu hol
mahalliy mahkamalar va “erkaklar uylari” kabi (hozirgi choyxonalar) jamoat
muassasalari ma'suliyatini oshirishga imkon tug`dirgan. Har bir odamning fe'l-atvori,
hatti-harakati, butun faoliyati jamoatchilik nazorati ostida bo`lib, ularning musbat va
manfiy jihatlari belgilashning aniq mezonlari bo`lgan.
Atrof-muhit tozaligi va jamoat joylari pokizaligini maxsus kishilar
nazorat qilib borganlar. Kimda kim tozalik va ozodalikka rioya qilmasalar, ularni avvalo
tartibga chaqirgan, qilgan ishlari uchun javobgarlikka tortilgan. Daraxtning bir shoxini
sindirgan ham, nopok ko`zani hovuzga solgan ham 25 qamchi kaltak bilan jazolangan.
Er xotinning bir-biri bilan kelisha olmasligi, kelinning qaynonaga yoqmasligi,
fitna, bo`xton, chaqimchilik tufayli oilalarning buzilib ketishiga mahalla ko`y va
jamoatchilik sira yo`l qo`ymagan. Zonokorlik qattiq qoralangan. Zinokor 14 ta ariqqa
ko`prik solib berish bilan o`z gunohlarini yuvishi mumkin bo`lgan. Har bir sog`lom inson
diniy talab va Nizomni bekamu-ko`st bajarish bilan birga ijtimoiy foydali mehnat bilan
shug`ullanishi shart bo`lgan. Gunoh ish qilganlar jamoatchilik nafrati metodi bilan
jazolangan.
“Avesto” da shu kabi ko`plab ijtimoiy pedagogik muammolar o`z ifodasini topgan.
Jamiyat manfaati yo`lida o`zidagi barcha bilim, qobiliyat va iste'dodini baxshida
etishga
tayyor
turgan
yetuk
insonlar,
uddaburon
yoshlar,
fidoiylar
bo`lmasa,O`zbekistonni dunyodagi eng ilg`or davlatlar safiga qo`shish qiyin kechadi.
Yoshlarni tarbiyalashda birinchi galda Sharq va G`arb mutafakkirlarining
ma'naviy va madaniy meroslari katta ahamiyat kasb etadi. Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayxon Beruniy, Axmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Ismoil Al Buxoriy, Abu Abu
Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Firdavsiy, Amir Temur, Navoiy va Bobur singari alloma va
mutafakkirlarimizning shuningdek G`arb allomalarining ham ijtimoiy -siyosiy va falsafiy
ta'limotlariga tayanib ish ko`rilsa tarbiya ta'sirchanligi yanada samarali kechadi. Ular
ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga doir o`z qarashlarini bildirib o`tganlar. Aynan
“Ijtimoiy pedagogika” degan atamani o`z ijodlariga foydalanmagan bo`lsalarda, ijtimoiy
hayotimizning, atrof-muhitning insonlarga, ularning ma'naviy dunyosiga ta'sirini
atroflicha yoritib berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: