tortilganliklarining
bir nechta darajalari
mavjud:
1. nolga teng daraja-juda kamdan-kam iste’mol qilish;
2. epizodik iste’mol darajasi-turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;
3. yuqori daraja-1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish;
4. namoyon bo’lgan ruhiy tobelik darajasi-mast bo’lishning ruhiy holatning istalgan
holatga aylanishi, ichimlikka ruhiy qaram bo’lishning yuzaga kelishi;
5. ichimlikka jism tobe bo’lish darajasi-spirtli ichimlikni nazoratsiz iste’mol qilish;
SHaxsning alkogollashuvi-aroqxo’rga aylanishi.
ijtimoiy pedagogikaning ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib
borishning asosiy yo’nalishlari:
1. Adaptatsion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlar rivojlantirish orqali bolaning adaptativ
xususiyatlarini to’g’irlash.
2. Oilaviy- ota-onalarning ______________________
3. Profilaktik-bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabat shakllantirish.
4. Vositachilik-bola va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
5. Reabilitatsion-alkogol tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitatsiya qilish.
O’z faoliyatida ijtimoiypedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.
ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhiz qo’yish bo’lib, bolaning spirtli
ichimlik ichishga ruju qo’yishini oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik
iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to’plash, uning real shaxsiy
xususiyatlarini o’rganish, bola oilasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash, bolaga salbiy ta’sir
ko’rsatayotgan manbalarni o’rganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini aniqlash, bolani
alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o’rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini
o’rganish orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qo’yilgan tashhiz asosida
ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi
ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib, ijtimoiy adaptatsiya,
korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bo’lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik
reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim bo’lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-
atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo’shliqlarni
to’ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o’tish uchun lozim bo’lgan malaka va
ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi.
Ijtimoiypedagogning to’rtinchi vazifasi-huquqiy himoya bo’lib, uning mohiyati
shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda ko’riladi.
259
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan
ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo’sh
vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy
foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda ko’zga ijtimoiy pedagogik faoliyatni
amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida ko’pgina aloqalar o’rnatiladi.
Ettinchi vazifa-profilaktik funkyiya bo’lib, u erishilgan ijobiy natijalarni
mustahkamlashni ko’zda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo’lishini bartaraf
etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiypedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish
tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab o’z xususiyatlariga ega.
Maktabgacha va kichik maktab yoshi.
Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi ta’sirni ota-
onalar ko’rsatishadi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagogning oila bilan ishlashi
muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish, chunki
faqatgina uyg’un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo
bo’lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bo’lishi uchun
ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim.
2. Bola hayotiy faoliyatining sog’lom muhitini shakllantirish.
Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sog’lom ijtimoiypsixologik yo’l-yo’riqlarni
shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning
shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan
ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi lozim. Biroq bu
faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo’shilishlari
____ kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqida bilimlar targ’iboti
quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to’liq shakllanmagan organizmiga zarari,
bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga
yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rgatishning axloqiy va huquqiy
javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik, psixofiziologik
xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola
hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang’ich bosqichga ko’nikish
qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi haqida, ta’lim
muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog’lom hayot tarziga intilishni shakllantirish uchun
ota-onalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkibozlik an’analarini
kichik maktab yoshiga xos bo’lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan holda ko’rib
chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo’lish, bolalarning bo’sh vaqtlarini
o’tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy0maishiy nizolardan holiroq qilish.
SHuningdek, ijtimoiypedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo’sh vaqt,
bayramlarni spirtli ichimliksiz o’tkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim.
Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida o’tkaziladigan
oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy
xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi lozim. U
bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini to’g’irlashga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga,
oilada o’z maqomini tiklashga qaratilishi lozim.
260
O’spirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan
biridir. Bu davrda uyg’un faoliyatning faollashuvi fanida organizmning barcha
organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning kelishi bilan
yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan davom etadi. Bola u
uchun obro’li bo’lgan kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan
farqli ravishda o’spirin o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga
harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi,
ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi.
Aynan o’spirinlik davrida ichkilikka ruju qo’yishning ilk bosqichining shakllanishi
boshlanishi mumkin. CHunki u o’spirin guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning
uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta
bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy ham salbiy ma’noda
namoyon bo’lishi mumkin.
Katta bo’lish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa
ijtimoiy salbiy ma’noda: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinsiy
mas’uliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon bo’ladi.
O’spirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini
o’tkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda bo’lish katta ahamiyat
kasb eta boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga
ta’siri shuncha kam bo’ladi.
SHuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan
ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’nalishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog’liq
mavzularda baxs-munozaralar o’tkazish orqali amalga oshirsa bo’ladi. Bu mashg’ulotlar
natijasi guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan guruh qarashining shakllanishi
bo’lishi lozim.
Baxs-munozaradan tashqari rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik
profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanish, jamoaviy
muomala malakalariga o’rganishga erishsa bo’ladi. Ijtimoiypedagog o’spirinlar guruhida
shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni
aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olishdir.
Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bolalarni qo’rqitadigan usullardan
foydalanish maqsadga muvofiq emas.
2. O’spirinlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish, chunki bo’sh vaqtni mazmunsiz
o’tkazish o’spirin tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To’garak,
seksiya, klub, bolalar va o’smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur.
Ijtimoiypedagog o’spirinning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli
o’tkazishga yordam berishi lozim.
Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy
shakllarini rivojlantirish lozim. SHuni inobatga olish lozimki, deviant xulq-atvorli bolalar
asosan intelektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi.
SHuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar
yaratib berish lozim.
3. Ijtimoiypedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada
mustahkam antialkogol qarashlarni: sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm
shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi,
ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini-shakllantirishga qaratiladi.
261
4. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiypedagog vazifasi
hisoblanadi. O’spirin yoshidagi o’quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida
ijtimoiypedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga
kiritishni ilgari surishi mumkin.
O’smirlik davri.
O’spirinlikdan farqli o’laroq 17-18 yoshli o’quvchilarda tengdoshlari jamoasiga
emotsional tobelik kuchli bo’lmay, birinchi o’ringa individuallik ko’tariladi. Hayotda o’z
o’rnini qidirish, o’zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda o’z
ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiypedagog o’z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o’smirlar bilan
individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida
individual konsultatsiyalar o’tkazish.
2. SHaxsni ijtimoiy tarbiyalash. ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o’smirga ijtimoiy
ijobiy xulq-atvor normalarini o’zlashtirishga yordam beradi.
O’smirlarning ichkilikka qarshi metodlar asosiy va yordamchi metodlarga
ajratiladi.
Asosiylari-suhbat jarayonida ijtimoiypedagog tomonidan o’z nuqtai nazari, dalillari,
faktlarni monologik bayon etish, ma’ruzalar o’qish.
YOrdamchilar-kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o’tkazish va boshqalar.
Bu metodlar turli ish shakllari-jamoaviy, individual shaklda va turli mikromuhitlarda-
oila, maktab jamoasi, do’stlar davrasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |