52
Navoiy davlat pedagogika instituti
O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-kurs
talabasiAxmedova Shaxlo Istamovnaning
“Tasavvufiyadabiyot va uning vakillari
ijodiyotiga bo‘lganmunosabat” (Ahmad
Yassaviy misolida)mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishiga ilmiyrahbar
X U L O S A S I
Mustaqillik sharofati bilan biz keng kitobxonlar nazaridan chetda bo‘lib
kelgan So‘fi Olloyor, Sulaymon Boqir`oniy, Huvaydo, Haziniy, Xilvatiy,
Muhyi singari shoirlarning ijodi bilan bir qatorda Ahmad Yassaviyning ham
diniy ruhdagi merosini nashr etish, qayta o‘rganish kabi xayrli ishlarni
amalga oshirishga erishdik.
Mazkur
bitiruv
malakaviy
ishi
mavzusi
“Tasavvufiy
adabiyot
va
uning
vakillari
ijodiyotiga
bo‘lgan
munosabat” (Ahmad Yassaviy misolida) deb nomlangan bo‘lib, bu jarayonda
Yassaviy ijodida inson va ijtimoiy hayot masalasini o‘rganish, inson va
ijtimoiy hayotga daxldor bo‘lgan qarashlar aks etgan. Ahmad Yassaviy
ijodidagi diniy-tasavvufiy adabiyot namunalarini, hikmatlarini tahlil qilish,
ularning shoir badiiy niyatini ifoda etishdagi o‘rni va rolini belgilash kabi
muammolarni ochib berishga yo‘naltirilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishininig birinchi bobi “Milliy istiqlol davrida ijod
erkinligi” deb nomlangan. Unda mustaqillik davrida tasavvufona
adabiyotning o‘rganilishiochib berilgan.Turkiy til go‘zal, qudratli, ta’sirchan
va bag‘ri keng til ekanligi, qadim zamonlarda bu tilda buddaviylik, moniy
diniga doir matnlar sharhlanganligi, bu tilda boshqa dinlarning haqiqatlarini
ifodalovchi she’rlar yozilganliginini talaba o‘z ishida yoritib bergan.
Bituruv malakaviy ishininig ikkinchi bobi “Ahmad Yassaviy-
tasavvuf adabiyoti vakili” deb nomlangan. Bu bobda Ahmad Yassaviy
53
hikmatlarida komil inson masalasi, Yassaviy hikmatlari va ularning
tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. K
omil inson tushunchasi
Yassaviy ta`limotida ma’naviy kamolotga erishish va axloqan yuksalishni
maqsad qilib qo‘ygan komil inson ekanligini, bugun ham moddiy hayotlarini
boyitish uchun harakat qilgan va yolg‘iz o‘zini o‘ylab atrofdagilarga loqayd
qaraydigan kishilar Yassaviy tarbiyasiga va ta`limotiga tayanishlari lozimligi
ta`kidlangan.
Talaba Axmedova Shaxlo Istamovna bitiruv malakaviy ishi mavzusini
yoritib berishga harakat qilgan.
Yassaviy tariqati, ularda ilgari surilgan komil
inson tushunchalarining
o‘ziga xos jihatlarini ochib bergan. Ishning tarkibida
ba`zi juziy kamchiliklar mavjud, ammo bu bitiruv malakaviy ishining
saviyasiga putur yetkazmaydi. Shuni inobatga olib, ishni tugallangan deb
hisoblayman va Davlat attestatsiyasi komisiyasi himoyasiga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: f.f.n. D.Rajabova
Do'stlaringiz bilan baham: |