Tadqiqotning tuzilishi va xajmi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch paragraf,
xulosa va adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning xajmi betdan iborat.
8
1. Markaziy Osiyo mintaqasida
xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-
siyosiy xususiyatlari
O’tmishda Turonzamin – Movaraunnahr – Turkiston – O’rta Osiyo va
Qozog’iston, xozirda esa Markaziy Osiyo deb nom olgan bu ulkan xududda 5
mustaqil davlat mavjud bo’lib, ular O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston,
Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir.
Ularning xududi 4,4 mln kv. km aholisi 55 mln dan ortiqdir.
1
Bu davlatlarda yuzdan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda.
Ularning dini, tili, dili, suvi, havosi bir va yeri tutash, madaniyati, urf-odatlari,
an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.
Markaziy Osiyo kuchli iqtisodiy potensialga ega bo’lgan mintaqa. Katta
miqdorda ishchi kuchi, suv-energetika, transport-kommunikatsiyasi va yer
resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk
Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan
bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.
Katta boylikka ega bo’lgan bu mintaqada diniy ekstremizm va xalqaro
terrorizm havfi kuchayib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida aholisining soni, iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy va intellektual salohiyati jihatidan, hamda mintaqa havfsizligini
ta’minlash, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash
jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.
2
Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga
ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq
normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik,
xududiy da’volar qilmaslik, nizoli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilish,
tajovuzkor xarbiy bloklarga qo’shilmaslik, yadro quroliga ega bo’lmaslik kabi
tamoyillarga asoslanadi. SHu tufayli ham O’zbekiston Jaxon Hamjamiyatida
1
Abdullayev O.B, Nurullayeva N. O’zbekiston – Markaziy Osiyoda tinchlik tayanchi. Ilm sarchashmalari. 2002y. 2-
son. 26-27 betlar.
2
Markaziy Osiyo: kecha, bugun, ertaga. Ishonch. 2001y. 29 dekabr.
9
o’zining
munosib
o’rnini
egallab, xalqaro maydonda katta obro’-e’tiborga
ega bo’lmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatlarni,
demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yo’lidan qaytarishga urinayotgan turli
xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga
yoyishga urinmoqda.
Giyoxvand moddalar va qurol-yarog’larni noqonuniy yo’llar bilan olib o’tish
va sotish nafaqat Markaziy Osiyo balki butun dunyo havfsizligiga jiddiy taxdid
solmoqda.
XX asrning oxiri – XXI asr boshida jahon siyosiy xaritasida yuz bergan tub
o’zgarishlar Markaziy Osiyoda ham keskin o’zgarishlarga olib keldi. Markaziy
Osiyo respublikalari mustaqilikka erishgandan so’ng mintaqa xavfsizligi va
barqarorligiga tahdidlar ana shu geosiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bilan
uzviy bog’liq. Bu tahdidlar bir qancha omillar zanjiridan iborat. Tojikistondagi
birodarkushlik urushi, Afg’onistondagi nizolar, terrorizm, diniy ekstremizm va
fundamentalizm shular jumlasidandir. Mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo
davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muammolar
to’planib qolganligi sir emas.
SHuning
uchun
ham
Prezidentimiz
I.A.Karimov
BMT
Bosh
Assableyasining 48-50 sessiyalari va “Ming yillik” sammitida so’zlagan nutqida
ilgari surilgan “Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash”,
“Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida
yonayotgan qo’shni Afg’onistonga qurol-yarog’ yetkazib berishni to’xtatish”,
“Mintaqalar havfsizligini barqaror etish orqali dunyo tinchligini ta’minlash”,
“Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi hamkorlikda kurashish” kabi muhim
takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
1
Afg’onistondagi notinchliklar dunyo hamda Markaziy Osiyo mintaqasi
xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi.
1
«Terrorizmga qarshi kurashda birdam bo’laylik». Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga Murojaati. Xorazm
ќaqiqati. 2001y. 8 dekabr.
10
SHu sababga ko’ra Markaziy Osiyo mamlakatlari
tinch
yo’l
bilan
Afg’onistonda tinchlikni o’rnatishdan va shu orqali mintaqada xavfsizlikni
ta’minlashdan va uzoq muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar.
Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu
mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan
tashqari insoniyat uchun katta havf bo’lgan giyohvand moddalar yetishtirilardi.
Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi.
Bu zaxarli moddani O’rta Osiyo orqali dunyoga tarqatishga harakat qilinilgan.
O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik
va barqarorlikni qaror toptirish havfsizlikni ta’minlash O’zbekiston tashqi
siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Tadqiqot tahlili shuni ko’rsatadiki, mintaqada mavjud muammolardan yana
biri bu hududda yadro va yalpi qirg’in qurollarini saqlamaslik, sinovdan
o’tkazmaslik bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu sohadagi yutuq va
kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va
barqarorligiga xavf solmoqda.
Mintaqada mavjud bo’lgan muammolardan yana biri turli mafkuraviy
vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan
harakatlar bilan bog’liq. Buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan
ba’zi g’oyaviy mafkuraviy markazlar o’zlariga maqsad qilib olganlar. Ular bir
davlat hududidan boshqa mamlakatlarga giyohvandlik moddalari, ta’qiqlangan
adabiyotlar, turli qurol-yarog’ kabilarni noqonuniy tarzda olib o’tishiga
urinmoqdalar. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg’oniston hududida turib, Markaziy
Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan
xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini
to’kishga intilmoqda.
Mintaqadagi barqarorlikka tahdid soluvchi omillardan yana biri narkobiznes
hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra 2000 yilda Rossiya
qora bozoridagi narkotik moddalarning 60 % ini, yevropa qora bozoridagi narkotik
moddalarning 80 % ga yaqinini, AQSH qora bozoridagi narkotik moddalarning 35
11
% ni, jahon qora bozoridagi narkotik moddalarning
75 % ni
afg’on
zaminidagi yetishtirilgan narkotik moddalar tashkil qilgan. Afg’onistonda 1998
yilda 300 ming tonna, 1999 yilda 450 ming tonna, 2000 yilda 700 ming tonna
opium yetishtirilgan, va ma’lumotlarga ko’ra shu yillarda yetishtirilgan opiumdan
30 ming tonna geroin tayyorlash mumkin ekan
1
.
Mazkur paragrafda biz mintaqa xavfsizligiga tahdid solayotgan omillardan
biri sifatida Orol muammosi ham nazardan chetda qoldirmadik. Ma’lumotlarga
ko’ra, XX asrning 60 – yillarida Orol dengizining suv hajmi 1064 kub.km.,
chuqurligi 69 metrni tashkil qilgan bo’lsa, 90 – yillarning boshlarida suv hajmi
400 kub.km.ga tushib qolgan, chuqurligi 39 metrgacha pasaygan. Bugungi kunda
Orol dengizining tuzli changlari 200 kilometrgacha borib, har yili atmosferaga 15-
75 mln. tonnagacha chang ko’tarilmoqda. Orol bo’yi rayonlarida 520 kg /ga
sho’rlanish to’g’ri keladi
2
. Mana shu dalillarning o’zi ham bu muammoni
nechog’liq ulkan ekanligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun g’oyat muhim bo’lgan yana bir muammo
– suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalasi hisoblanadi. Zero, suv ta’minoti
va transchegaraviy suv zahiralaridan foydalanish ushbu mintaqa taraqqiyotiga
to’siq bo’lib kelayotgan omillardan biridir.
Tojikiston va Qirg’izistondagi mavjud gidroinshootlarning energetika
rejimida ishlashi tufayli O’zbekistonda Sirdaryo havzasi bo’yicha suv taqchilligi
yiliga 2,5 kub kilometr, Amudaryo bo’yicha esa yilning qanday kelishiga qarab 1,5
dan 3 kub kilometrgacha tashkil etmoqda
3
.
SHuningdek, mazkur pragrafda biz mintaqa davlatlarining tashqi siyosatida
xavfsizlik va barqarorlik masalalari ham o’z e’tiborimizni qaratdik.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida strategik manfaatlarini
takomillashtirib borib, dunyoda va ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida
1
YEXHTning O’zbekistondagi vakolatxonasi Joriy arxivi (JA). Informatsionn
ыy byulleten o narkosituatsii
sentralno-aziatskiy region. OSCE, 2005. – S. 2.
2
YEXHT
ning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 2000 god o deyatelnosti OBSE. – S. 11.
3
Isoqov B. “Suv bosimi” poydevorga darz yetkazadi...mi? // Mavrid, 2010 yil 6 may
, №11. – B. 5.
12
barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
Afg’oniston muammosini hal etish yo’lida O’zbekiston mustaqillikni
dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol ish olib borganligi ko’rsatib
o’tilgan. Jumladan, 1992 yil 13 oktyabrda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari Burhoniddin Rabboniy
tomonidan ikki qo’shni davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish, havo
yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan
1
.
Markaziy Osiyo mintakasida xavfsizlikni ta’minlash yo’lida O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov xalqaro tashkilotlarning yig’ilishlarida qator
tashabbuslarni ilgari surgan. Jumladan, bunday tashabbuslar BMT Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma’ruzasida, 1994 yil dekabrda yevropada
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga
2
a’zo mamlakatlar davlat
boshliqlarining Budapesht sammitida, 1997 yil 22–25 sentyabridagi yeXHT
Parlament Assambleyaning kengaytirilgan “Markaziy Osiyo va Kavkazda
mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari”
mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan
3
.
SHu bilan birga, 1999 yil 19-20 iyul kunlari O’zbekiston hukumati
tashabbusi bilan Afg’oniston masalasi bo’yicha “6+2” guruhi uchrashuvining
Toshkent shahrida bo’lib o’tganligiga va uning ahamiyatga ega tomonlariga
alohida e’tibor berilgan
4
.
Ko’p yillar davomida cho’zilib ketgan Afg’on muammosining hal
bo’layotganligi dunyodagi yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlarning sa’y-
1
Karimov I.A. Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlik uchun. –Toshkent: O’zbekiston Islom universiteti, 2002. – B. 5.
2
yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) dastlab yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi
(EXHK) ko’rinishida 1975 yil Finlyandiyaning poytaxti Xelsinki shahrida vujudga kelgan. Jahonda sodir bo’lgan
siyosiy o’zgarishlar natijasida yeXHKning 1990 yil Parij sammitida qabul qilingan “YAngi yevropa uchun Parij
xartiyasi” xujjatiga ko’ra zamon talabidan kelib chiqqan holda yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi
(EXHK)ni yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga aylantirish haqida qaror qabul qilindi. 1996 yil
Budapesht sammitida yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (EXHK) yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkiloti (EXHT)ga rasmiy ravishda aylantirildi.
3
YEXHTning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. Informatsionn
ыy byulleten o obshestvenno-politicheskoy
situatsii v sentralno-aziatskom regione.OSCE, 1997. – S. 7.
4
Xalq so’zi. 2000 y 7 iyul.
13
harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok
qildi.
O’zbekiston Afg’on muammosini hal qilish uchun xalqaro maydonda va
mintaqada o’ziga bog’liq bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdi va
oshirmoqda.
1997 yilda O’zbekistonning tashabbusi bilan, Afg’oniston muammosini hal
qilish bo’yicha 6+2 guruhi tuzilgan edi. Bu Afg’oniston bilan chegaradosh 6 ta
davlat (Eron, Pokiston, Xitoy, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston) hamda
Rossiya va AQSH. Bu davlatlarning 3 tasi BMT havfsizlik kengashining doimiy
a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH).
Bu davlatlar vakillari bir necha marta uchrashib mazkur masala yuzasidan
muzokaralar o’tkazdilar. Nuqtai-nazarlari turlicha bo’lishidan qat’iy nazar bu
davlatlar Afg’onistonda tinchlik o’rnatishni yoqlab chiqdilar.
1999 yil 19 iyulda Toshkentda 6+2 guruxining uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz rahbari “Tinchlik va barqarorlik – mintaqamiz
taraqqiyotining bosh omili” mavzusida nutq so’zladi. Bu nutqning asosiy
yo’nalishi Afg’on mojarosini faqat tinch yo’l bilan hal etish natijada Osiyo
qit’asining markazida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratildi.
Uchrashuv yakuni bo’yicha “Afg’onistondagi mojaroni tinch yo’l bilan
bartaraf etish tamoyillari” haqidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Mazkur
deklaratsiya BMT ning rasmiy hujjatlari sifatida qabul qilindi.
1
O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilan yadro quroli sinovlariga va ularni
ishlab chiqarishga qarshi ekanligini ma’lum qildi.
SHu maqsadda Markaziy Osiyoni yadrosiz xududga aylantirish tashabbusi
ilgari surildi.
Prezidentimiz taklifi bilan 1997 yil 15-16 sentyabrda Toshkentda “Markaziy
Osiyo yadro qurolidan xoli xudud” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda
20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 50 dan ortiq, jumladan AQSH, Germaniya,
1
Karimov I.A. «Biz uchun xalqimiz, vatanimiz manfaatidan ulu
ђ maqsad yo’q». T. «O’zbekiston» 2002y. 20-22
betlar.
14
Fransiya, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Xindiston, Pokiston, Eron va boshqa
davlatlarning diplomatiya xamda xukumat vakillari ishtirok etishdi.
O’zbekistonning Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish
lozimligi to’g’risidagi tashabbusini BMT ning havfsizlik kengashi qo’llab-
quvvatladi.
1997 yil 9 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 52 sessiyasi “Markaziy
Osiyoda yadro qurolidan xoli zona yaratish” haqida rezolyutsiya qabul qildi. Bu
O’zbekiston tashqi siyosatining ulkan g’alabasi bo’ldi.
O’zbekiston Prezidentining tashabbusi va faol harakati natijasida Markaziy
Osiyo mamlakatlari o’rtasida xalqaro terrorizmga, diniy ekstremizmga, uyushgan
jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish to’g’risida ikki va ko’p tomonlama
hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Prezidentimiz BMT ning “Ming yillik sammiti”dagi
nutqida YUNESKO Bosh direktorining mamlakatimizga safari davomida
muzokaralarda, yurtboshimizning MDH mamlakatlari va rivojlangan davlatlar
rahbarlari bilan uchrashuv paytidagi muzokaralarda Markaziy Osiyoda tinchlik,
barqarorlik va havfsizlikni ta’minlash, Afg’oniston muammosini tinch yo’l bilan
hal etish, xalqaro terrorizm va ekstremizmga, giyohvandlik kantrabandasiga va
uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish to’g’risida fikrlar bildirildi.
2000 yilning 19-20 oktyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyoda havfsizlik va
barqarorlikni mustahkamlash, narkotik moddalar, uyushgan jinoyatchilik va
terrorizmga qarshi kurashga hamkorlikda yondashuv” nomli xalqaro anjuman
bo’lib o’tdi.
Anjuman BMT ning narkotik moddalar nazorati boshqarmasi va yevropa
havfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan o’tkazildi.
Unda 67 mamlakat, 44 xalqaro tashkilot vakillari qatnashdi. Anjuman
ishtirokchilari Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan
jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha hamkorlikning ustuvor
yo’nalishlarini belgilab oldilar. Anjuman xujjatida Markaziy Osiyo davlatlari
hamkorlikni milliy, xududiy va xalqaro miqyoslarda mustahkamlash va
muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.
15
Bundan ko’zlangan maqsad – narkotiklarning
noqonuniy
savdosi,
uyushgan jinoyatchilik, terrorchilik illatlari va ularning o’zaro chirmashib
ketishining oldini olish, nazorat qilish va tag-tomiri bilan yo’q qilishdan iborat.
Bunda inson huquqlari, qonun ustuvorligiga to’la rioya qilinadi.
1
Tinchlik
va
hamkorlikka
bag’ishlangan
ko’plab
uchrashuv
va
anjumanlarning
Toshkent
shaxrida
o’tkazilayotganligi,
Respublikamiz
poytaxtining dunyodagi siyosiy markazlardan biriga aylanib borayotganligidan
dalolatdir.
Jahonning eng taraqqiy topgan mamlakatlari bilan yaqindan aloqa o’rnatish,
yetakchi xalqaro iqtisodiy, moliyaviy hamda insonparvarlik tashkilotlari bilan
hamkorlikni kuchaytirish davlatimizning jahon hamjamiyatiga keng miqyosda
integratsiyalashuvi mintaqada havfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
SHanxay Hamkorligi Tashkilotining 2002 yilda Toshkent shahrida tashkil
etilgan Regional Antiterroristik tuzilmasi (RATS)ni MDH va SHHTga a’zo
davlatlarning janubiy hududlarida operativ vaziyatlarni tahlil qilish va terrorizmga
qarshi samarali kurashishda tutgan o’rni ko’rsatib berilgan.
Qozog’iston Respublikasining tashqi siyosatida ham mamlakat xavfsizligi
qo’shni respublikalar va yetakchi davlatlardagi barqarorlik bilan uzviy
bog’liqligiga alohida e’tibor qaratilishi ifodalangan. Bu haqda Qozog’iston
Respublikasi
Prezidenti
N.A.
Nazarboyevninig
“Tanqidiy
o’n
yillik”
(Kriticheskiye desyatiletiya) nomli asarida shunday fikr bildirilgan: “Qozog’iston
Milliy xavfsizligi Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi bilan mustahkam bog’liq
bo’lishi lozim. Markaziy Osiy mintaqasi xavfsizligini Markaziy yevroosiyo
xavfsizligini tashkil etuvchi sifatida qarash kerak. Markaziy yevroosiyo mintaqasi
global xavfsizlik tizimining bir qismi bo’lgan yevroosiyo xavfsizligining bir qismi
bo’lishi lozim”
1
.
1
O’zbekiston tashabbusi – tinchlik. O’zbekiston ovozi. 2001y. 27 dekabr.
1
Mejdunarodn
ыy terrorizm: problemы bezopasnosti i sotrudnichestva stran sentralno-Aziatskogo regiona. //
Material
ы mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii Kыrgizskoy Respubliki. – Bishkek, 17
fevralya 2006 g. – S. 41.
16
Markaziy
Osiyo
davlatlarining ayrim
davlat
rahbarlari
xavfsizlik
masalasiga panja orasidan qarab keldilar, ogohlantirishlarga e’tiborsiz
munosabatda bo’ldilar. Jumladan, 1992 yil 6 iyuldayoq Moskvada o’tkazilgan
MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimov Tojikistonda yaqinlashib kelayotgan fuqarolar urushi haqida
xavotirlanib gapirgan edi. Tojikistonning o’sha vaqtdagi rahbari R. Nabiyev
O’zbekiston Prezidentining so’zlaridan og’rinib, “begona davlatda yuz berayotgan
voqealar bilan Karimovning ishi bo’lmasin, bu biz tojiklarning ishimiz va
kulfatimiz” deb javob bergan edi
1
.
Turkmaniston hukumatining mintaqaviy xavfsizlik muammolariga nisbatan
befarq munosabati ushbu davlatning Tojikistondagi mojarolarga yondashuvida
yaqqol ko’zga tashlandi. Turkmaniston hukumati Tojikistonda ro’y bergan
voqealarni bu mamlakatning mutlaqo ichki ishi deb qarab, MDHga a’zo
mamlakatlarning tinchlikparvar faoliyatlarida qatnashishdan bosh tortdi.
Keyinchalik Turkmanistonning yangi rahbariyati terrorizm, ekstremizm,
narkotrafik kabi xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar umumiy ekanligini, bu
tahdidlar hech qanday betaraf davlatlarni tan olmasligini to’g’ri anglab yetdi. SHu
boisdan Turkmaniston hukumati xalqaro tashkilotlar va qo’shni davlatlar bilan
xavfsizlik borasida faol hamkorlik qilmoqda. Jumladan, 2011 yil 11 mayda
Turkmaniston
Prezidenti
G.
Berdimuhammedov
rasmiy
tashrif
bilan
O’zbekistonga keldi va Prezident I.A.Karimov bilan uchrashdi. Uchrashuv
chog’ida O’zbekiston va Turkmaniston BMT va boshqa nufuzli xalqaro
tashkilotlar doirasida izchil hamkorlik qilib kelayotgani, mintaqaviy va xalqaro
ahamiyatga molik muammolarga yondashuvlari, munosabatlari, qarashlari
o’xshash va yaqin ekani ta’kidlandi. SHuningdek, ikki davlat rahbari terrorizm,
ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik kabi tahdidlarga qarshi kurashish
borasidagi hamkorlikka doir masalalarni ham muhokama etdilar
2
.
1
Levitin L., Karlayl D. S. Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B. 17.
2
To’raqulov O. Do’stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo’lida.// Xalq so’zi 2001 yil, 6 may ,
№89.
17
Markaziy Osiyo davlatlari o’z mustaqilligiga erishganlaridan so’ng
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash ularning har biri uchun birlamchi masalaga
aylandi. Biroq, Markaziy Osiyo davlatlari orasida mintaqadagi mavjud
muammolarning yechimiga nisbatan bo’lgan yondashuvlarda yakdillik mavjud
emasligi ham ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, ekologiya va suv muammolari
borasida Qirg’iziston va Tojikiston qarashlari O’zbekiston, Qozog’iston va
Turkmaniston qarashlariga mos kelmaslik hollari tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |