Tashkilot buxgalteriyasida moddiy boyliklarda bo’ladigan hama o’zgarishlar hujjatlar
asosida analitik va sintetik schyotlarda qayd etib boriladi va ma'lum vaqtlarda analitik hisob
ma'lumotlarining sintetik hisob ma'lumotlariga tengligi tekshirib boriladi. Lekin omborlarda
mahsulot qoldiqlari hamma vaqt ham buxgalteriya ma'lumotlari bilan to’q’ri kelavermasligi
mumkin. Bunga oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy kamayish xususiyati (issik kunlarda
maxsuloglar ko’rib, og’irligi kamayadi, sepiluvchi tovarlar tashib keltirish,saqlash va
sotish mobaynida tuqiladi va shu kabilar), moddiy javobgar shaxslarning boyliklarni qabul
qilish yoki sotishda xatoliklarga yo’l kuyishi, o’lchov asboblarining to’q’ri emasligi.ugirlik
sodir bo’lganligi,moddiy javobgar shaxs xiyonat qilganligi va shu kabilar boshqa sabablar
bo’lishi mumkin.
Xo’jalik mablag’larining haqiqiy miqdorini va ularning buxgalteriya hisobi
ma'lumotlaridan farqini inventarizatsiya o’tkazish bilan aniqlanadi.
Inventarizatsiya (lotincha suz bo’lib-ro’yxat qilish demakdir) bu moddiy javobgar
shaxslardagi boyliklarning haqiqiy qoldig’ini aniqlab (ulchab,tortib va hokazo), ro’yxat kilib
buxgalteriya ma'lumotlari bilan taqqoslashga aytiladi. Invetarizatsiya uz vaqtida va sifatli
o’tkazilishi katta ahamiyatga ega.
Invetarizatsiya mutaxassislardan iborat komissiya to’zilib o’tkaziladi.
Komissiya tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
Korxona rahbari yoki rahbarning o’rinbosari;
Bosh buxgalter
Yurist;
Moddiy bo’lim buxgalteri;
Iqtisodiy bo’limlar xodimlari va boshqalar.
Komissiya a'zolari tarkibi korxona rahbarining buyruti bilan tasdiqdanadi.
Komissiya moddiy javobgar shaxsda turgan barcha boyliklar turlarini (xom-ashyo,
pul mablag’lari,inventarlar va hokazo), ularning saqlanish sharoitini.mahsulotlarning
sifatini, o’lchov asboblarining to’q’riligini tekshiradi.
Invetarizatsiya moddiy boyliklarning qanday qismini kamrab olishiga qarab to’liq va
qisman o’tkazilishi mumkin. Xo’jalik mablag’larining hammasi inventarizatsiyadan
o’tkazilsa tuliq inventarizatsiya deyiladi. Ayrim tovarlarning inventarizatsiya qilinishi qisman
inventarizatsiya deyiladi.
Buxgalteriya hisobi ma'lumotlari to’q’ri bo’lishini ta'minlash va oddiy boyliklar
qanday axvoldaligini tekshirish uchun inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat o’tkaziladi.
Inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat deb korxonada mavjud bo’lgan tovar moddiy
boyliklarni natura va qiymat jixatdan asrab avaylashdir.
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’q’risidagi Nizomga
kura,barcha tashkiliy-huquqiy shakl va faoliyat turlariga mansub korxonalar yillik hisobot
to’zish moddiy resurslarni inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart.
Inventarizatsiya o’tkazish vaqti korxonaning o’zi tomonidan beliglanadi.lekin u
quyidagi xollarda majburiy o’tkaziladi:
-ijaraga berish va mulkni davlat tasarufidan chiqarish paytida;
-yillik buxgalteriya hisobotini to’zish oldidan, bunda hisobot yilining 1-oktyabridan
keyin inventarizatsiya o’tkazilgan mol-mulk ro’yxat qilinmaydi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Binolar inshootlar va asosiy vositalarning boshqa kuchmas ob'ektlarini ikki uch yilda
bir marta inventarizatsiyadan o’tkazish mumkin. Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va
qat’iy hisobdagi blankalar oyda bir marta, yoq’ilg’i-moylash materiallari,oziq-ovqat
mahsulotlari-har chorakda inventarizatsiya qilinadi;
-moddiy javobgar shaxs o’zgarganda (ishlarni qabul qilish topshirish kunida);
-o’g’irlash va suiste'mol qilish, shuningdek boyliklarni ishdan chqarish faktlari
aniqlanganda-ana shu faktlar aniqlanagandan so’ng shoshilinch tarzda;
-yongin yoki tabiiy ofatlar yuz berganda-yongin yoki tabiiy ofatlar tugagandan so’ng
shoshilinch tarzda;
-asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar qayta baholanganda; -korxona tugatilgan
yoki qayta tashkil etilgan paytda.
Shu tariqa,har bir tekshirish korxona moddiy va moliyaviy bazasining haqiqiy holati va
kamomad sabablarini yaqqol ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: