Qurilma (ustanovka)-muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga tayyor bo’lish.
Qurilmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi. Agar shaxsiy
qurilmalar kasbiy faoliyatning xarakterini belgilab bersa ijtimoiy qurilmalar
mutaxassisning mijoz bilan o’zaro munosabati usullariga oydinlik kiritadi.
Emotsional zararlanish-bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir ko’rsatish (qo’l,
yuz xatti-harakatlari, intonatsiya)
Empatiya-dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi tushunish,
boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra qabul qilish va
shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |