145
jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan,
uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiya ham
ommalasha boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal
va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot
etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi. Bu kabi qarashlar etnografik
ma’lumotlarda paydo bo’lish bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida
yashagan barcha elatlarida mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan.
Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.
Bularning hamasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari
mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.
Agar ibtidoiy davrni ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin
yarangan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiy-
pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishi
yozuv hamda pedagogik g’oyalarning yozma manbalarda ko’rsatilgan saqlanib qolish
hodisasi bilan bog’liqdir.
SHarqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar
tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga
aylangan (Xitoyda-SHukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta
Osiyoda-Avesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy
pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.
SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim)
faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z
o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni
yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan.
Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o’z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga
olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola tarbiyasini
yoshligidan boshlamoq kerak.
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o’zaro munosabati
g’oyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo’lgan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik duyoda tarbiyaning
eng to’liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o’laroq u inson tarbiyasida
asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga emas, balki insonning o’zini manfaatlariga
qaratadi. SHaxsning jamoat bilan uyg’un rivojlanishi to’g’risidagi g’oya ham unga
tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: