Dunyoning hozirgi siyosiy kartasi. Geografiya fani tasviriy va o`rganuvchi fandan o`zgartiruvchi (konstruktiv) fanga aylanib bormoqda. Bu fan kurrai zaminning o`zlashtirilgan, aholi zich joylashgan rayonlarini o`rganishga e’tiborni ko`proq qaratmoqda. Insoniyat tarixi hozirgi kunga yetguncha bir qancha tuzumlarni bosib o`tdi. Rus olimi A.I.Menchikovning (1838-1888) ta’kidlashicha, insoniyat beshta umumiy iqtisodiy formastiya davrini o`tkazgan va o`tkazmoqda:
Ibtidoiy tuzum,
Quldorlik tuzumi,
Feodalizm tuzumi,
Feodalizmning oxiri va kapitalizmning boshlanishi,
Kapitalizmning oxiri va imperializmning boshlanishi.
1) Ibtidoiy tuzum uzoq davom etgan davr. Bu tuzum insoniyatning shakllanish davri deyiladi hamda paleolit va neolit davrini o`z ichiga oladi. Paleolit davri eramizdan 30-40 ming yil ilgari bo`lib, Old Osiyo, shimoliy sharqiy Afrika, janubiy Yevropa mamlakatlari hududlarini o`z ichiga oladi. Bu davrda odamlar meva hosili, o`simlik ildizlari, baliq va yovvoyi hayvonlar ovlash bilan tirikchilik qilishgan. Shu davrda kurramiz aholisi 3 ming atrofida deb taxmin qilinadi. Neolit davriga kelib esa insoniyat yerdan qisman foydalanishni, chorva mollarini boqishni o`rgangan, temir qurollar ishlata boshlagan. Neolit davrida demografik portlash ro`y berib, aholi 10 million kishiga yetgan.
2) Quldorlik tuzumi eramizdan oldingi 3-4 asr o`rtalarida davom etgan. Bu davrdan insonlar qisman qazilma boyliklardan foydalana boshlaganlar. Sug`orish shaxobchalari qurib, yelkanli kemalardan foydalanish sirlarini bilganlar. Aholi soni ham yildan yilga ko`payib, eramiz boshlarida 250-350 mln kishiga borgan. Nil, Tigr, Efrat, Hind, Gang, Yangszi, Xuanxe daryolari, shuningdek O`rta dengiz qirg`oqlarida dehqonchilik rivojlanib, turli o`simliklar ekila boshlagan. Akademik N.I.Vavilovning (1887-1943) ta’kidlashicha, ekiladigan o`simlik turlarining 9/10 qismi shu davlarda ham ekilgan. Odamlar yildan yilga ko`payib, shaharlar paydo bo`la boshlagan. Hunarmandchilik bilan shug`ullanib, savdo tarmoqlari rivojlangan. Shu davlarda sekin asta ilm o`choqlari paydo bo`la boshlagan. Sanoat tarmoqlari, arxitektura rivojlangan. Iskandariya, Rim aholisi 500-700 ming kishiga yetgan.
3) Feodalizm tuzumi 5-15 asrlarni o`z ichiga oladi. Feodalizm davrida qishloq xo`jaligi roli juda katta bo`lgan. Yevropa va Osiyoning ba’zi mamlakatlarida temir pluglar ishlatilib dehqonchilik, bog`dorchilik, uzumchilik tarmoqlaridan yaxshi hosil olingan. Qazilma boyliklarning bir qancha turlaridan foydalanila boshlandi. Metallar eritilib hunarmandchilik rivojlanishi tezlashgan. Yevropada gazlamalar tikish, chuyan va misdan tayyorlangan buyumlar, qurollar ishlab chiqarilgan bo`lsa, Osiyoda qog`oz, gilam tikish, chinni, shishalar ishlab chiqarish hunarmandchiligi yaxshi rivojlangan. Odamlarning boshqa mamlakatlarga qiziqishi orta borib, shamol dvigatellari ixtiro qilinadi. Shu tariqa sekin-asta okeanlarga chiqilib, yirik geografik kashfiyotlar vujudga keldi. Aholi o`rtasida o`limning ortib borishiga qaramasdan dunyo aholisi 400-500 millionga yetdi.
4) Feodalizmning oxiri va kapitalizmning boshlanishi 17 asr o`rtalariga to`g`ri keladi. Bu davr eng qisqa davr hisoblanadi. Kapitalizm davri texnika yangiliklarining boshlanish davri edi. Shu vaqtdan boshlab sanoatning barcha tarmoqlari rivojlanib ketdi. Feodalizmdan kapitalizmga o`tish davrida burjuaziya vujudga keldi, ichki bozorlar kuchaydi, fanning turli sohalari rivojlandi. Millionlarning shakllanishi kuchaydi, yer sharida aholi soni ortib, yirik shaharlar ko`paydi. Shahar aholisi tezlik bilan o`sa boshladi, bunda migrastiyaning roli ham o`z ta’sirini ko`rsatdi. Aholi o`sishi ayniqsa, Yevropa mamlakatlari: Angliya, Niderlandiya, Fransiya qisman Italiya, Ispaniya, Germaniya kabi mamlakatlarda o`z aksini topdi. Bu davrda Afrikaning ko`p qismi shimoliy va janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya feodalizm davrini boshidan kechirmoqda edi. Hatto ba’zi regionlarda ibtidoiy tuzum hukm surar edi. Bu davrda yashab o`tgan bizning vatandoshlarimiz Al-jabr ilmining ustozi Al-Xorazmiy, munajjim Ulug`bek, geografiya ilmining ustozi Abu Rayxon Beruniy, kimyogar-tabib Abu Ali Ibn Sino, mantiq va tarixshunos Mavlono Farobiy, sayyoh va sarkarda Bobur, Alisher Navoiy, hadis ilmining namoyondalari Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy va boshqa buyuk siymolarning dunyo madaniyati va ilmiga qo`shgan hissalari buyukdir. Bu ilmlardan hozir ham dunyo xalqlari foydalanib kelmoqdalar.
Feodalizm davrining oxirida dunyo taqsimlana boshlandi. Angliya va Fransiya davlatlari ko`p joylarni qaram qilib oldilar. Jumladan Buyuk Britaniya Avstraliya, Hindiston, Kanada, janubiy Afrika, Xitoy, Eron, Turkiya kabi mamlakatlarni egalladi. Qaram mamlakatlar yer maydoni 33 mln. kv/km.ga yetdi. Bu davlarda ayniqsa, Afrika xalqlarining ahvoli juda og`irlashdi. Odamlar qul tariqasida dunyoning ko`plab mamlakatlariga haydab ketildi, qul qilib sotildi, ekspluatatsiya haddan tashqari kuchaydi. 1787 yil o`rtalariga kelib paravoz, paraxodlar ixtiro etildi, konlardan qazilma boyliklar ko`proq olina boshlandi.
5) Kapitalizmning oxiri imperializmning boshlanishi. 19 asr kapitalizmdan imperializmga o`tish davri hisoblanadi. Bu davrda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 5 barobar ortdi. Ayniqsa, elektro energiya ishlab chiqarish, neft qazib olish, mashinasozlik, kimyo, og`ir sanoat tarmoqlari rivojlanib ketdi. Germaniyada Rur, Rossiyada Donetsk, AQSHda Appalachi ko`mir konlarining roli ortib, shaharlar aglomerastiyasi tashkil bo`ldi. Temir yo`l transportining roli yildan yilga ortib, Yevropa, AQSH va Kanadada birinchi tarnskontinental temiryo`l tarmoqlari barpo bo`ldi. Qit`alar o`rtasida aloqa tezlashdi. Suvaysh va Panama kanallari ochildi, bu esa dengiz savdo flotining rivojlanishiga hissa qo`shdi. Shunday qilib 19 asr oxiri 20 asr boshlarida dunyo kapitalistik xo`jalik sistemasi vujudga keldi. Rivojlanish ayniqsa, AQSHda kuchaydi. 1913 yili AQSH sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 36% ga yetdi. Ushbu fanning rivojlanishda tarixiy, mantiqiy qiyoslash, tahliliy, kartografik, statistik usullardan keng foydalaniladi. Uning asosiy tushunchalari to’rtta bo’lib, bular geografik mehnat taqsimoti, rayonlashtirish, xududiy ishlab chiqarish majmualari va iqtisodiy geografik o’rin. Ular orasida geografik mehnat taqsimoti fanning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Geografik mehnat taqsimoti – ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy ko’rinishi bo’lib, u hududning o’z ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ma’lum mahsulot yoki xizmat turini ishlab chiqarish va undan asosiy mahsulot ayriboshlovchi manbaa sifatida foydalanish.
Dunyo siyosiy kartasi – dunyo mamlakatlarining siyosiy va ma’muriy bo’linishi tasvirlangan kartalar. Bunday kartalarda siyosiy va ma’muriy chegaralar, poytaxtlar, ma’muriy markazlar, shuningdek, aholi manzilgohlari va aloqa yo’llari tasvirlanadi. Siyosiy kartaning ahamiyati shundan iboratki, u mamlakatlarning xalqaro miqyosda tutgan o’rnini, ichki siyosiy–ma’muriy strukturasi xususiyatlarini o’zida aks ettiradi. Chunki har qanday mamlakatlar va xalqlarning butun hayoti ularning siyosiy chegaralari, belgilangan o’z xududlarida o’tadi. Har bir mamlakatning ma’lum bir chegara doirasida ega bo’lganligi dunyoning siyosiy kartasini keltirib chiqaradi. Shunday ekan jaxon siyosiy kartasining shakllanishi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo’lib, u kishilik jamiyati rivojlanish bosqichlarini o’ziga aks ettiradi. U ya’ni jaxon siyosiy kartasi asrlar davomida o’zgarib, davlatlarning paydo bo’lishi, parchalanib ketishi, chegaralarining o’zgarishi, yangi yerlarning kashf qilinishi, mustamlaka etilishi, metropoliya va mustamlakalarning paydo bo’lishi, dunyoni bo’lib olish va qayta taqsimlanishni o’zidi aks ettiradi. Shu sababli xam, dunyoning hozirgi zamon siyosiy kartasi - bu siyosiy geografiyaning o’rganish predmeti hisoblanadi. Siyosiy geografiya esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir tarmog`i hisoblanadi. Siyosiy gеоgrаfiya: Hоzirgi bоsqichdа dunyodаgi mаmlаkаtlаrning dаvlаt vа jаmiyat qurilishining bоsh bеlgilаri vа хususiyatlаri, mаmlаkаtlаrning ichki vа tаshqi siyosаtining аsоsiy yo`nаlishlаri;
Mаmlаkаtlаrning siyosiy-gеоgrаfik ya`ni, (gеоstrаtеgik) mikrо, mеzо vа mаkrо hоlаti, dаvlаt chеgаrаlаrining, hududiy tаrkibining shаkllаnish bоsqichlаri;
Mаmlаkаtlаr аhоlisining milliy, ijtimоiy-siyosiy-iqtisоdiy hаyotdаgi rоli vа o`rnini;
Mаmlаkаtlаrning jahоn hаmjаmiyatidаgi, хаlqаrо siyosiy, iqtisоdiy vа nоdаvlаt tаshkilоtlаrdаgi o`rni, mаmlаkаtlаrning siyosiy mаqsаdlаri vа хаlqаrо
munоsаbаtlаr tizimidаgi ishtirоkini tаdqiq qilаdi.
Siyosiy-gеоgrаfiyadаgi eng muhim gеоgrаfik muаmmоlаridаn biri-dunyo siyosiy kаrtаsining shаkllаnish jаrаyonidir. Bu jаrаyon iqtisоdiy hаrаktеrgа hаm egа bo`lib, ishlаb chiqаrish kuchlаri tаrаqqiyotining “vаqt chizig`i” dаvоmidа rivоjlаnish bоsqichlаrini ifоdаlаydi. Dunyo siyosiy kаrtаsining shаkllаnish jаrаyoni аvvаlо ijtimоiy mеhnаt tаqsimоtining yuzаgа kеlishi, хususiy mulkchilikning rivоjlаnishi, sinflаrining vа turli ijtimоiy tаbаqаlаrning mаnfааtlаrini himоya qiluvchi dаvlаtlаrning ijtimоiy-siyosiy hоdisа sifаtidа tаshkil tоpishini ifоdаlаydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |