O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»


-MAVZU: JAHONNING BIOLOGIK, IQLIMIY, REKREATSION VA



Download 3,55 Mb.
bet24/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

4-MAVZU: JAHONNING BIOLOGIK, IQLIMIY, REKREATSION VA

SUV RESURSLARI.

REJA:

  1. Jahonning biologik resurslari

  2. Iqlimiy va rekreatsion resurslar

  3. Dunyo okeani resurslari

  4. Tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik asoslari.

Tayanch so`z va iboralar: biologik resurs, rekreatsiya, iqlimiy va rekreatsion resurs, dunyo okeani.

Jahonning biologik resurslar. Yerning biologik resurslarini biologik “tirik” organizmlar ya’ni, o’simlik va hayvonlar tashkil etadi. Tiriklikning asosiy belgilari organizmlar- ning nafas olishi, oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, harakatlanishi kabilardir. Yerning o’simlik resurslari (Yer biomassasini 97% ini tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iborat. Hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000ga yaqini madaniy o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi. Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil qiladi.Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari, smola, skipidar, boyoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va hokazolar olinadi.

Jahon o’rmon resurslari 2 ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi: 1.Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2 mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln.km2 ya’ni jahon yer fondini 30% ini tashkil etadi). 2.Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350 mlrd m3), yog’ochning sifatiga ko’ra. Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5 mlrd m3 ko’payadi. Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek tuyuladi. Aslida unday emas. Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Chunki yog’ochdan XIX asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi. Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab doimiy oshib bormoqda.

Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish uchun yo’qotib borildi. Ayniqsa keyingi 200 yil davomida quruqlikdagi o’rmonlar maydoni 2 barobarga kamaydi va u havfli tus oldi. Tuproq erroziyasi va atmosferada O2ni kamayishi o’rmonlarni yo’qolishi bilan bog’liqdir. Masalan: dunyoda o’rmonlar maydoni har yili kam deganda 25 mln ga yoki 0,5% qisqarmoqda. Dunyoda tayyorlanadigan yog’och miqdori 2000 - yil 4,5 – 5 mlrd m3 tashkil etdi. Bu esa yillik paydo bo’ladigan yog’och zaxirasi to’liq foydalaniladi degan so’z.

Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga cho’zilgan ikki mintaqani hosil qiladi. Ular shimoliy va janubiy mintaqalardir. Shimoliy o’rmon mintaqasi mo’tadil va qisman subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Dunyodagi butun o’rmon maydonining yarmi va yog’och zaxirasining deyarli yarmi shu mintaqaga to’g’ri keladi. Asosiy o’rmon kesish ishlari, ayniqsa, yog’ochi yaxshi sifatli igna bargli daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi. Daraxt kesish jadal olib borilayot- ganligiga qaramay o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda va umuman shimoliy o’rmon mintaqasida o’rmonlar maydoni kamayayotgani yo’q. Biroq Rossiyada daraxtni kesish uni ekishga qaraganda ko’proq bo’lyapti.

Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Dunyodagi o’rmon maydonining deyarli yarmi shu mintaqada joylashgan. Ilgari yog’ochdan faqat o’tin sifatida foydalanilgan bo’lsa, keyingi vaqtlarda Yaponiya, AQSH va G’arbiy Yevropa mamlakatlariga eksport qilish ko’p marotaba oshdi. Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir necha yuz yillar davomida o’rmonni yoqib yer ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar yetkazdi. Masalan: sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1mlrd.dan ortiq maydonni egallagan, ularning yarmidan ortig’i Lotin Amerikasida joylashgan. Biroq hozirda Lotin Amerikasi va Osiyo shunday o’rmonlarning 40% ni, Afrika 50% ni yo’qotdi. Ayrim mutahassislarning fikriga ko’ra bu o’rmonlar XXI asrning o’rtalariga borib to’liq yo’q bo’ladi.

Tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin hozircha u kutilgan natija bergani yo’q. Jahonda o’rmonlar ulushi materiklar va regionlar bo`yicha quyidagicha taqsimlangan: (foiz hisobida)

1. Janubiy Amerikada - 52%

2. MDH da - 37 %

3. Yevropada - 31 %

4. Shimoliy Amerikada - 31 %

5. Afrikada - 26 %

6. Avstraliya va Okeaniyada - 18 %.

7. Osiyoda - 17 %


Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish