O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»



Download 3,55 Mb.
bet146/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

ARGENTINA

Poytaxti: Buenos-Ayres. Maydoni: 2780 ming km2. Aholisi: 39 mln. kishi (2007), 43,6 mln. kishi (2016). Rasmiy tili: ispan tili. Aholisining diniy tarkibi: katoliklar - 90%, protestantlar - 2%, yahudiylar - 2%, qolganlari - 6%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: peso. Argentina Respublikasi - Janubiy Amerikadagi davlat, qit’aning janubiy qismida joylashgan. Davlat boshlig`i -prezident. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi: 23 viloyat va poytaxt okrugi. Mamlakatda oq tanli ko‘chmanchilar avlodlari yashaydi: ular - 85%, metislar - 12%, hindular - 3%.

Diqqatga sazovor joylari Bu mamlakatda ko‘p kilometrli plajlar, dunyoni yuqori cho‘qqilaridan biri chegarasiz dashtlar, chiroy bo‘yicha tengsiz sharsharalar, tog‘-chang‘i kurortlari, ko‘plab mustamlaka davr arxitektura namunalari, zich o’rmonlar va keng megapolislar, yovvoyi va odamsiz, janubiy Patagoniya kengliklari va ko’rkam chorvadorlar qishloqlari mayjud. Qo’shni davlatlarga nisbatan Argentinada qadimiy hindular sivilizatsiyasi namunalari saqlanib qolingan emas. Mamlakat qattiq yevropalashgan, ammo tabiati koloritli, madaniyatlari aralashib ketishi bu joylami sayyohlari uchun yanada qiziqroq bo’ladi. Argentinaning asosiy yodgorliklari - tabiati obyektlari va tarixiy-madaniy obidalar hisoblanadi. Iguasu dunyodagi juda mashhur sharsharasidir. Shaharlaming arxitektura ansambli (Bueos-Ayres, Korrientes, Salta) sayyohlami o’ziga jalb etadi. Shaharlaming diqqatga sazovar joylari: Buenos-Ayres - La-Воко va San-Telmo tumanlari, Metropolitan ibodatxonasi, San-Ignasio cherkovi, Samba - San-Fransisko ibodatxonasi, Ratusha, Kafedral cherkovi hisoblanadi.

Tabiati. Argentina tabiati shimoldan janub tomon katta masofaga cho‘zilgan (3700 km) shuning uchun relyefida ham farqi katta. Mamlakat g‘arbini And tog'lari egallagan. And tog‘lari - g‘arbiy yarimshardagi eng yirik tog` massividir, eng yuqori cho'qqilari markaziy qismga to‘g‘ri keladi. Janubiy Amerikaning eng yuqori cho‘qqilari shu yerda joylashgan, qor qoplamalari va muzliklar ostida. Misol uchun Akonkagua - butun Amerikaning eng yuqori cho‘qqisi And tog‘laridan sharqda, mamlakatning markaziy qismida chuqurliklar bilan ajratilgan balandligi 2 mingdan 6 ming metr bo‘lgantog‘ massivlari joylashgan. Argentinaning shimoli g'arbida 3-4 ming m balandlikda keng tosh vulqonli - Puna platosi joylashgan. U baland tog1 tizimlari bilan himoyalangan. Janubroqda 370° janubiy kenglikda And tog1 lari 2-3 ming m pasayib boradi va sharqda Patagon yassitogiariga qo'shilib ketadi. Shimol, shimoh sharq va sharqiy qismini tekislik va pasttekisliklar egallagan. Mamlakat shimolida Gran-Chako pasttekisligi bor, u kishi o‘tishi qiyin tropik o'rmonlar va botqoqliklar bilan qoplangan. Gran-Chakodan janubi sharqda Piran va Urugvay daryo oralig‘ida yassi tekislik bor (Entre-Rios). Janubroqda keng dashtli tekislik - Pampa yotadi, u mamlakat hududining 1/4 qismini egallagan. Bu Argentinaning «tashrif qog`ozi» desak ham bo'ladi. Bu yerda mamlakat aholisining 3/5 qismi yashaydi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 4/5 chiqaradilar.

Argentina Pampasining yer resurslari, baland o‘tlari katta massivli, unumdor, qora tuproqli yerlar - mamlakatning asosiy tabiiy boyliklari sanaladi. Atlantika qismidagi quyi Pampa to‘liq chopilgan. Uni yonidagi qurg'oq yuqori Pampa ko‘proq tabiiy voha hisoblanib, yaylovlar bilan qoplangan.

Xo‘jaligi. O‘zinjng iqtisodiy potensiali bo‘yicha Argentina faqat Lotin Amerikasida Braziliya va Meksikadan ortta qoladi. Hozirgi paytda Argentina sanoatiga YIMni - 28% va iqtisodiy faol aholining - 27% qishloq, o‘rmon xo‘jalikalari va baliqchilikga - 5% va 9%, xizmat ko‘rsatishga - 67% va 64% to‘g‘ri keladi. Tog‘-kon sanoati Argentina YIM - 2,5% ishlab chiqaradi. Mamlakatda temir, mis, rux, uran rudalari, oltin, qo‘rg‘oshin, volfram, marganes, berilhy qazib olinadi. Neft va tabiiy gaz qazilmalari Patagon platformasi egiklari. And va Predor oldi tog` havzalari cho‘kindi tog1 jinslariga boy hisoblanadi. Mamlakat olzini neft va gaz bilan ta’minlashga erishdi. Ko'mir qazib olish asosan Patogeniyada butumli va subbitumli usulida olinadi. Bundan tashqari tabiiy oltingugurt qazilmalari va zaxiralari sezilarli darajada. Elektrostansiyalarda o‘matilgan quvvat miqdori -15 500 mVt, shulami 47,6% - GES, 42,7% - IES, 9,5% - AESlar beradi. Gidroelektrostansiyalar hissasi oxirgi vaqtta ortib bormoqda. Yirik GESlar - Yasireta (3,5 mln. kVt Paragvay bilan birga), Salto-Grande (2,5 mln. kVt Urugvay bilan birga), Chonon-Serros-Kolorados (1,6 mln. kVt). Issiqlik stansiyalari asosan neft va gaz yoqilg‘ilarida ishlaydi. Lotin Amerikasida - Argentina atom quvvatini yaratgan birinchi davlat Birinchi AES Atucha 1974-yilda ishga tushdi, so‘ng Embals AES ishga tushdi va Atucha II AESni Buenos-Ayres yaqinida qurishga kirishildi. Qayta ishlash sanoatida og‘ir industriya ilg‘orlik qilmoqda.Ammo oldingiday odatiy yangi va eksport uchun ahamiyatli oziq-ovqat sanoat tarmoqlari hali ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatda diversifitsirlangan mashinasozlik yaratilgan. Uning asosiy tarmoqlari - qishloq xo‘jaligi uchun mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika va elektronika. Oxirgi yillarda yangi ilmiy - informatika, optik tola, uyali telefon aloqa, biotexnologiya industriyasi mahsulotlarini ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda.

Argentina - dunyoda yetakchi agrar davlatlardan biri. Qishloq xo‘jaligida asosiy urg‘u chorvachilikka qaratilgan. Mollari jon boshiga: yirik shoxli mollar 49 mln. (dunyoda 6-о‘гт), qo‘y - 15,7, cho`chqalar- 5,4. Go‘sht ishlab chiqarish bo'yicha 5-o‘rinni egallaydi, ammo aholi jon boshiga iste’mol qilish bo'yicha l-ohinda turadi. Argentina charm va jun bo'yicha yirik ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlatdir. Dehqonchilikda donli va moyli o'simliklar o'stirishga katta e’tibor berilgan. Dehqonchilikda ko'p mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilish bo'yicha (bug'doy, shakar, o'simlik moylari, paxta) dunyoda yetakchi o'rinni egallagan. Xizmat ko'rsatish sektorlari ham jadal rivojlanib bormoqda. Turizm ham tez rivojlanib mamlakatga har yili 3 mln. ga yaqin chet el sayyohlari keladi.

Asosiy eksport mahsulotlari: kimyoviy mahsulotlar, mashinalar va ulami jihozlari, quwat resurslari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, aluminiy ijarasi hisoblanadi.




Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish