Bog'liq boshlangich talimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bakalavriat bosqichi talabalari uchun
Mashg’ulotni o’tkazish tartibi: 1. Talaba (yoki o’quvchi)lar bahs mavzusi bo’lishi kerak bo’lgan mavzu bilan uy (yoki oldin
o’tkazilgan mashg’ulotlar)da tanishadilar. Bahs arafasida o’qituvchi bo’lajak mavzu to’grisida
o’quvchilarga axborot berar jan, bahslar qay yo’sinda o’tishini qisqacha tushuntiradi (bu, albatta,
bahslar birinchi marta o’tkazilayotgan bo’lsa, juda muhimdir).
2. Rahbar guruh talaba (yoki o’quvchi)larini ikkiga ajratadi va ularni o’quv xonasining ikki
tomoniga qator qo’yilgan stollar yoniga utkazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni
himoya qilishlarini belgilaydi (masalan, 1-guruh - ijobiy holat joriy qilinishi tarafdorlari, 2-guruh -
bunga qarshilari).
3. SHundan so’ng, rahbar talaba (yoki o’quvchi)larni juftlaydi, har bir juftda qarama - qarshi
qarashlar tarafdorlari bo’lishi kerak. Juftlarni tartib raqami yoki alifbo harflari bilan belgilaymiz.
Agar o’quv xonasida talaba (yoki o’quvchi)lar soni toq bo’lsa, o’qituvchi munozaraga stishmagan
sherik huquqida qatnashishi mumkin. O’qituvchi 1-guruh talaba (yoki o’quvchi)lariga (keltirilgan
misolda — ijobiy holatni joriy qilish tarafdorlari) har biri juft sanasi (ramzi) bilan bilgilangan katak
qog’oz varaklarini tarqatadi.
4. Talaba (yoki o’quvchi)lar o’quv xonasining ikki tomonida o’tirib, juftma - juft yozma
muloqotni boshlaydilar. 1-guruh talaba (yoki o’quvchi)lariga o’zlari ma’qullayotgan nuqtai nazar
foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu dalilni qog’oz
varag’iga puxta tahrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu vaqtda 2-guruh talaba (yoki
o’quvchi)lari o’zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin bo’gan nuqtai nazarlarini isbotlashlari
mumkin.
5. YOzilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatning joriy qilinishiga qarshi
chiquvchilarga) beriladi. Ularga juft bo’yicha sheriklarining dalillariga qarshi javob topish va yozish
uchun hamda o’z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi.
6. Dalillar almashishning bunday tartibi 2-3 marta takrorlanadi, bunda har bir talaba (yoki
o’quvchi) sherigining dalil-isbotiga javob qaytarishi va o’zining aks dalilini keltirishi shart. Talaba
(yoki o’quvchi)larning bilimlarini aniqlash uchun 3-4 raund yetarlidir. Oxirgi raundda talaba (yoki
o’quvchi)larga yakuniy paragrafni yozish imkoni beriladi. SHundan so’ng, yozma ish yig’ib olinadi.
7. Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli - ikkala tomonga qaratilgan savoldir: «Qarshi
tomonning eng yaxshi dalili - isbotlari qaysilar bo’ldi?»
8. 8. O’qituvchi ishni yakkama-yakka yoki jufti bo’yicha baholashi mumkin. Agar o’qituvchi
yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo’lsa, u haqida talaba (yoki o’quvchi)larni darsning
boshidayoq ogohlantirishi kerak.
Ta’lim muassasalarining mashg’ulotlarida yozma bahslar uslubini foydalanish mobaynida
quyidagi jadval ko’rinishida keltirilgan tarqatma materialdan foydalanish mumkin: