I.Tashkiliy qism: -salomlashish, sinf hamda o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, davomatni aniqlash. -Dars shiori: Muhabbatsiz mutolaa, hayratsiz bilim bo'lmas
Ma’naviy daqiqa: "Oddiy muallim" she'ri monitorda qo'yiladi va o'quvchilarga quyidagicha savollar bariladi:
- she'r qanday mavzuda ekan?
- muallim siz uchun kim?
- har yili yurtimizda ustoz va murabbiylar kuni qaysi sanada nishanlanadi va qanday ehtiromlar ko'rsatiladi?
II. O’tilgan mavzuni so’rash:
O'tgan mavzu To'ra Sulaymon ijodi va she'riyati asodida "Sen bilasanmi?" didaktik mashqi asosida o'quvchilarga tarqatmalar beriladi va o'quvchilar tomonidan javoblar yoziladi.Savollar quyidagicha:
1. To'ra Sulaymon qayerda tavallud topgan?
2. "Bu dunyoda oy tanho,muborak quyosh tanho" misralari qaysi she'ridan olingan? 3. To’ra Sulaymonning ilk to’plami qachon, qanday nom bilan nashrdan chiqqan?
4. To’ra Sulaymon dostonlarini yozing? 5. Ijodkor “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga qachon sazovor bo’lgan? 6. “Iltijo”, “Alhazar” to’plamlari qanday mavzuda yozilgan?
7. Andalib so’zining ma’nosi nima?
Ushbu savollarga javob berilgach, To’ra Sulaymon she’rlari eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |