O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi n. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, I. Hojaliyev


-dars  QARATQICH KELISHIGI SHAKLI



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/171
Sana04.02.2022
Hajmi1,04 Mb.
#429534
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
Bog'liq
ona tili

36-dars 
QARATQICH KELISHIGI SHAKLI 
 
Darsning maqsadi: 
a) ilmiy maqsad - qaratqich kelishigi shaklini o'rganish; 
b) tarbiyaviy maqsad - milliy vatanparvarlik ruhini singdirish; 
d) rivojlantiruvchi maqsad — yozma nutqni shakllantirish. 
Darsning jihozi:
ramziy chizmalar. 
Darsning rejasi: 
1. Qaratqich kelishigi shakllari. 
2. Qaratqich kelishigi shaklining birikma tarkibida tushmaslik holatlari. 
3. Qaratqich kelishigi qo'shimchasining tushish holatlari. 
1- topshiriq shartiga ko'ra matndagi ajratib ko’rsatilgan so'zlar-ning qaysi 
kelishikda, qaysi so'z turkumida ekanligi aniqlanadi. Qaratqich kelishigi atoqli va 
turdosh otlarga, ot o'rnida qo'llangan olmosh va sifatdoshlarga qo'shilishi mumkin 
ekanligi ta'kidlanadi. 
125-mashqda 
berilgan bizning maktab, maktabimiz bog'i, Ahmadning akasi 
birikmalari ustida ishlanadi. Qaratqich kelishigi shaklini olgan so'z qaratqich, 
qaratqich bog'lanib kelgan so'z qaralmish deyilishi uqtiriladi. 
Bizning maktab, 


42 
maktabimiz bog'i
birikmalari tahlil qilinadi. Keltirilgan misollarning uch xildagi 
ko'rinishiga o'quvchilar diqqati jalb qilinadi. 
Bizning maktabda egalikning. maktabimiz bog'ida qaratqich shaklining 
tushish holatlari, 
Ahmadning akasida
qaratqich shakli va egalik qo'shimchasining 
borligi, birikmalarning shakl jihatdan farqlanishi bayon qilinadi. Har uchala 
holatda ham birinchi kelgan so'z qaratqich, ikkinchi kelgan so'z qaralmish 
sanalishi tushuntiriladi. 
128-mashq asosida nazariy ma'lumotni to'ldiradi. 
Bizning shahar, 
Sharifaning kitobi, buning ahamiyati
birikmalarida qaratqich va qaralmish yonma-
yon kelganligi uchun -ning shakli tushsa ham ma'no o'zgarmaydi, bunday holat 
me'yor sanaladi. Ammo qaratqich bilan qaralmish o'rtasiga so'z kirib qolsa, 
qaralmish -ning shaklini talab qiladi: Maktabimizning ko'rkam bog'i. 
Bizning 
shahar, bizning maktab 
birikmalaridagi qaratqich shaklini tushirib o'qish tavsiya 
qilinadi. (Biz shahar, biz maktab). Ko'rinadiki, qarashlilik ma'nosi yo'qoladi. 
Demak, qaralmishda egalik qo'shimchasi qo'llanmaganda 
-ning 
qo'shimchasini 
tushirmasdan yozish o'z-o'zidan talab etiladi. (odatda, olmoshlarda kelishik 
qo'shimchalari tushurilmaydi.) 
Mening qalarnim, 
Sharifaning kitobi, o'qiganning obro'yi 
birikmalarida ham 
-ning
qo'shimchasini tushirib bo'lmaydi. 
Men qalarnim
deyilsa ma'no yo'qoladi. 
Demak, atoqli ot, olmosh, sifatdoshlarda 
-ning
shakli doimo qo'llanadi. 
Berilgan nazariy qoidalarni mustahkamlash. 
1. Qaratqich shakli o'rnida tushum kelishigi qo'llansa ma'no nima bo'ladi? 
2. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda ko'pincha qan-day hodisa 
yuz beradi? 
3. Qaratqich va qaralmish o'rtasiga so'z kirib qolsa, qanday holat yuzaga 
keladi? 
4. Qaysi holatlarda qaratqich shakli tushurilmaydi? 
5. So'z birikmasida qaratqich va qaralmish qanday joylashadi? 
6. Qaratqich va qaralmish bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? 129-,130-
mashqlar mustaqil bajariladi. 
131-mashq uyga vazifa. 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish