4. 7-SINF O'QUVCHILARINING EGALLASHI ZARUR BO'LGAN
KO'NIKMA VA MALAKALAR
Grammatik atamaga asoslanib, grammatik vositani esga olish; grammatik
vositalardan amalda to'g'ri va o'rinli foydalana olish.
Olmoshning boshqa so'z turkumlaridan farq qiluvchi o'ziga xos xususiyati
— ishora qilish xususiyatini anglay olish va ularning ma'no turlarini bir-biridan
farqlay olish.
Fikrni yozma ravishda to'g'ri va mantiqiy izchil bayon eta olish. Miqdoriy
ko'rsatkichi: 13—15 gap; sifat ko'rsatkichi: gapda fikrni aniq, mantiqiy izchil
yorita olish; sodda gap bo'laklarini, qo'shma gap qismlarini, uyushiq bo'laklarni
o'zaro bog'lashda teng va ergashtiruvchi bog'lovchilardan, ko'makchilardan,
yuklamalardan va boshqa bog'lovchi vositalardan o'rinli foydalana olish.
Abzatslarni to'g'ri ajrata olish. Kelishiklar va ko'makchilarning funksional
almashinuvidan maqsadga muvofiq to'g'ri foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |