Darsning jiliozi: mavjud texnika vositalari.
Darsning rejasi: 1. Modal so'zlar.
2. Modal so'zlarda tinish belgilarining ishlatilishi.
Yangi mavzu «tarmoqlar» metodi asosida olib boriladi. Buning uchun sinf
ikki guruhga bo'linadi. Birinchi guruh
«Topqirlar», ikkinchi guruh
«Chaqqonlar» deb nomlanishi mumkin. Har ikki guruhga alohida topshiriq
beriladi.
«Topqirlar» guruhi «Modal so'zlar» mavzusida
«Chaqqonlar» guruhi
«Modal so'zlarda tinish belgilarning ishlatilishi» mavzusida ma'ruza tayyorlaydi.
Buning uchun 2-3 daqiqa vaqt ajratiladi. Ma'ruza tayyorlashda darslikdagi 1-,
2-topshiriq hamda nazariy materialdan foydalaniladi. Guruh o'z a'zolari ichidan
bitta asosiy ma'ruzachi, bitta qo'shimcha ma'ruzachi tanlaydi. Bu ma'ruzachilar
guruhga berilgan mavzu bo'yicha darsni bayon qiladi. 1-ma'ruzachining
kamchiligini qo'shimcha ma'ruzachi to'ldiradi. Ikkinchi guruh savollar bilan
murojaat qilishi mumkin. 276-mashqni bajarishda
«Topqirlar» bajaruvchi, bitta
opponent bo'ladi. Bunda modal so'zlarning tagiga chizish topshiriladi. Namuna:
To’g'ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. 277-mashqni bajarishda
ma'ruzachi