2
ONA TILI O’QITISH METODIKASI – PEDAGOGIK FAN
Ona tili o’qitish metodikasining predmeti. Boshqa fanlar bilan aloqasi. DTS
talablari, mohiyati
Reja:
1. Ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.
2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy
bo’limlari.
3. Ona tili o’qitish metodikasi fanining boshqa fanilar bilan aloqadorligi.
4. Pedagogika, psixologiya, umumdidaktika, ona tili, o’zbek adabiyoti fanlari
bilan aloqasi.
Adabiyotlar:
Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan.
CHunki u nazariyaga
asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini
bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash,
ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika
bilib olish jarayoni
hisoblanadi.
Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy
tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng
qulay metod va usullarini izlaydi.
Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:
1.
Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinf uchun
dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi. Ularning
samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.
2.
Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar,
mashqlar
sistemasi, qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy
ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.
3.
Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng
foydali metodlarni o’rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni
eksperimental tekshirish
vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va
kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora
tadbirlarini belgilaydi.
Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o’stirish
nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan
tashqari, ona
tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:
3
1. Savod o’rgatish
metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish.
Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda
jiddiy qo’yilgan masalalardandir. CHunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun,
siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda
har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga
qadam
qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I.
Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari
uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi
navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan
qurollantirish hisoblanadi.
3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va
husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini
shakllantirishni o’z ichiga oladi
4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich
sinflarda
alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida
anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va
hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular
o’zining grafik formasi bilangina emas,
balki leksikasi, sintaktik va morfologik
formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog’lanishli nutqini
o’stirishni ham ta’minlashi kerak.
SHuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo’lim
sifatida o’rganilmaydi. U til fanining boshqa bo’limlari bilan bog’langan holda
o’rganiladi.
Tekshirish uchun savollar:
1.
Ona tili o’qitish metodikasi fanining predmenti nimadan iborat?
2.
Ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy vazifalarini ta’riflab bering.
3.
Ona tili o’qitish metodikasi fani qaysi fanlar bilan aloqada?
4.
Ona tili o’qitish metodikasi fani qanday fan hisoblanadi?
5.
Ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy bo’limlarini aytib bering.
Tayanch so’zlar: pedagogik fan, savod o’rgatish metodikasi, o’qish metodikasi,
grammatik va imlo metodikasi, o’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi, ta’lim,
tarbiya, amaliy fan, o’qish, yozish, fonetika, grafika, metod