Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bо‘yicha alohidaalohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-«A», «B» sinflar deb kо‘rsatiladi), fan nomi yoziladi.
Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida tanlanadi). Mavzu uchun ajratilgan jami dars soatlari soni va mazkur darsning nechanchi dars ekanligi yoziladi.
Dars maqsadi darsga qо‘yilgan maqsad 45 daqiqa davomida erishiladigan, aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholab bо‘ladigan (о‘lchamli) talablardan iborat bо‘lishi maqsadga muvofiq.
Darsning maqsadi - davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Darsning maqsadi - о‘qituvchi о‘quvchiga qanday bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni berishi kerakligi bilan emas, balki о‘quvchilar bu darsdan qanday bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashlaridan kelib chiqib yozilishi lozim. Shunga kо‘ra darsning maqsadini “о‘quvchilarning quyidagi bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni egallashlariga erishish: ...” sо‘zlari bilan boshlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Maqsad balandparvoz, havoiy jumlalar bilan emas, balki aniq, sodda va tushunarli jumlalar bilan ifodalanmog‘i kerak. Eng asosiysi - darsdan kо‘zlangan maqsadga haqiqatan erishib bо‘ladigan va natijasini tekshirib bо‘ladigan bо‘lmog‘i lozim. Dars maqsadi 3 xil bо‘ladi:
a) ta’limiy maqsad — dars jarayonida о‘quvchilarda shakllantiriladigan bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni belgilaydi;
b) tarbiyaviy maqsad — dars jarayonida о‘quvchilarda qaysi shaxsiy fazilatlar, axloqiy sifatlar, ma’naviy dunyoqarash va tayanch kompetensiyalarni shakllantirilishi uchun sharoit yaratilishini lozimligini belgilaydi;
d) rivojlantiruvchi maqsad — dars natijasida о‘quvchilarda qaysi qobiliyatlar, maxsus malaka va tayanch kompetensiyalarning rivojlantirilishi uchun sharoit yaratilishini belgilaydi.
Har bir dars maqsadi ifodalangandan sо‘ng uning yoniga qavslar ichida bu talab qaysi kompetensiyaga tegishli ekanligi yozib qо‘yiladi. Masalan, ifodalangan tarbiyaviy maqsad - uchinchi “O‘zini-о‘zi rivojlantirish” tayanch kompetensiyasiga tegishli bо‘lsa, bu talab yozilganidan sо‘ng uning yoniga qisqacha (TK3) tarzda yozib qо‘yiladi.
Dars turi: yangi mavzuni о‘zlashtirish darsi, о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni mustahkamlash darsi, о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni takrorlash darsi, о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni tizimga solish va umumiylashtirish darsi, о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalarni nazorat va baholash darsi, aralash (kompleks) dars kabi dars turlari bо‘lishi mumkin. Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan о‘tilayotgan mavzuning о‘quvchilar tomonidan samarali о‘zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |