4. FANNING O‘QITISH TЕXNOLOGIYALARI
Mavzularni o`tish jarayonida axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalaniladi. Proyektor yordamida slaydlar namoyish qilinadi. Guruh xonasida faollik
markazlarini tashkil qilish, savodga o`rgatish mashg`ulotlarida foydalanadigan
multimediyalar ko`rsatiladi. Dars jarayonida tinglovchilar bilan yakka, juftlikda, kichik
guruhlarda ishlash tashkil qilinadi. Mavzularga tegishli ko`rkazma va tarqatma
materiallarning yetarliligi ta’minlanadi. Interfaol metodlarning “Aqliy hujum”, “Kichik
ma’ruza”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Rolli o`yin”,”Arjurli arra”, “Klaster”, “Galereyaga
sayohat” ko`rinishlaridan dars jarayonida foydalaniladi. Dars jarayonida berilgan bilim,
tushunchalar tayanch MTM larda mashg`ulot kuzatish orqali mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |