Artilleriya olovi turlari o‘z ichiga: alohida nishon bo‘yicha o‘t ochish,
jamlangan, to‘siqli (harakatli va harakatsiz) yoppasiga o‘qqa tutish va
boshqalarni oladi.
Mudofaani tashkillashtirishda, ayniqsa, tog‘larda, barcha turdagi
qurollarni jalb qilgan holda ko‘pqatlamli va ko‘pqavatli olov hosil qilinadi.
Dushmanning tirik kuchlariga alohida o‘t ochish vositalari yoki motoo‘qchi
guruh va seksiyaning o‘qotar qurollaridan yog‘ilgan olovi bilan otib zarar
yetkaziladi.
Jangda motoo‘qchi (tank guruhi), joyning qulay sharoitlaridan foydalanib,
o‘t ochishning harakat bilan mohirona biriktirib va manyovrni keng qo‘llashi
kerak. Manyovr kuchlar va vositalari o‘t ochish bilan o‘tkaziladi.
Kuch va vositalar manyovri dushmanning jangovar tartibidagi eng zaif
joyiga, ayniqsa, qanotlar orqa tomoniga hamda o‘z bo‘linmalarini dushman
zarbidan o‘z vaqtida chiqarish uchun o‘tkaziladi. Kuch va vositalar manyovri
turlari bo‘lib qurshov, aylanib o‘tish, ularning birikmasi va chekinishi hisoblanadi.
Aylanib o‘tish — ancha ichkarilama manyovr dushmanning orqa
tomonidan zarba berish maqsadida o‘tkaziladi.
Chekinish — o‘z qo‘shinlarini dushman zarbidan chiqarib olish va qulay
holatini egallash uchun qo‘llaniladigan manyovr. U faqat katta komandir
ruxsati bilan o‘tkaziladi.
Manyovr g‘oyasi bo‘yicha oddiy bo‘lishi, ya’ni tezda, yashirincha va
dushman uchun qo‘qqisdan o‘tkazilishi kerak. Uni amalga oshirish uchun
dushmanni olovli zararlash natijasida ochiq qanotlari, oraliqlar, joy
sharoitlari, yashirincha borish yo‘llari, tutun va aerozollar, mudofaada esa,
bundan tashqari, transheyalar va aloqa yo‘llari inobatga olinadi. rasm. Bo‘linmalarning jangdagi manyovri (variant). Olovli manyovr dushmanni samaraliroq zararlash uchun qo‘llaniladi.
U guruh (seksiya)ning bitta muhim nishon bo‘yicha olovini yig‘ishda, bir
nishondan boshqasiga olovni o‘z vaqtida ko‘chirish va guruh bilan bir vaqtda
bir necha nishonga o‘t ochishni olib borishda ifodalanadi. rasm. Bo‘linmalarning jangdagi manyovri (variant). Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) harakatini jangovar ta’minlash, jangovar shaylikni ushlab turishga yo‘naltirilgan choratadbirlarni amalga oshirish va tashkillashtirish hamda uning jangovar qobiliyatini saqlab qolish, qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va muvaffaqiyatli bajarish uchun qulay sharoitlar yaratib berishda ifodalanadi. U jangning
barcha turlarida: mashq o‘tash paytida va joyda joylashganda, komandir
qarori asosida tashkillashtiriladi va o‘z ichiga razvedka, qo‘riqlash, niqoblash,
muhandislik ta’minlash va kimyoviy himoyalanishni oladi.
Motoo‘qchi (tankchi) guruhlar (seksiyalar, tanklar) komandiri o‘qdorilar, yoqilg‘i zaxiralarini o‘z vaqtida to‘latib olish chora-tadbirlarini,
jangovar mashinalar va qurol-aslahalarga texnik xizmat ko‘rsatishni, shaxsiy
tarkibni individual himoya va maxsus tozalash, oziq-ovqat va boshqa moddiy
vositalar bilan ta’minlashi hamda askar va serjantlar anjomlarining to‘laligini
tekshirish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilib borishi kerak.
Anjomlarga askar va serjantlar uchun mo‘ljallangan aslaha va boshqa
buyumlar kiradi. U ko‘tarib yuriluvchi va tashiluvchi qismlarga bo‘linadi.
Anjomlarning ko‘tarib yuriluvchi qismi, qoidaga ko‘ra, askarda va serjantda
bo‘ladi hamda o‘ziga shaxsiy qurol, o‘q-dorilar, gazniqob (respirator),
piyodalar belkuragi, po‘lat shlem, bronejilet, dala anjomlari, suvli flaga,
buyumlar xaltasini o‘z ichiga oladi. Buyumlar xaltasida: qozoncha, qoshiq,
krujka, quruq payok, individual aptechka, suvni zararsizlantiruvchi vositalar
va shaxsiy gigiyena buyumlari joylashtiriladi. Komandirning qarori bilan olib
yuriladigan anjomlarning tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.
Qurshov — dushman qanotiga zarb berish uchun amalga oshiriluvchi
manyovr. Qurshov, odatda, olovli va taktik hamkorlikda, aylanib o‘tish
esa, frontdan harakatlanuvchi taktik hamkorlikda amalga oshiriladi.
Barcha qolgan buyumlar anjomlarning tashib yuriluvchi qismiga kirib,
ular piyodaning jangovar mashinalari (bronetransportyorlar, avtomobillar, tanklar)da olib yuriladi. Ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar va boshqa
hujjatlarga muvofiq joylashtiriladi. Darsni yakunlash:O’quvchilarni rag’batlantirish,mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish. Uyga vazifa :mavzuni: o’rganish
tumani 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining
CHQBT fanlari o`qituvchisi
Barotjonov Shohboz
Do'stlaringiz bilan baham: |