Yangi mavzu bayoni.
Muzeylar nima uchun kerak? Muzeylar tarixiy, moddiy va ma'naviy madaniyat yodgorliklarini asrovchi, saqlovchi, o'rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi ilmiy-ma'rifiy muassasalardir. Muzeylar kishilarning o'zlari uchun qadrli va yodgorlik bo'lib qoladigan buyumlarni to'plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo'lgan. Muzeylar xazinasida moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san'at asarlari jamlanadi. Shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo'lgan tarixiy qimmatga ega qo'lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Muzeylarning turlari juda ко'p. Ular xalqning tarixiga, adabiyoti va san'atiga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olami, harbiy qurol-yarog'larga oid hamda tabiat va boshqa turdagi muzeylardir. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Yevropada ko'plab muzeylarning tashkil etilishi va muzeyshunoslik fanining vujudga kelishi XIV-XVII asrlarga to'g'ri keladi. Muzeylar tadqiqot va ta'lmiy-tarbiyaviy vazifalarni o'tashi bilan ham ahamiyatlidir. Muzeylardan joy olgan eksponatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Muzeyshunoslar ilmiy tekshirish ishlarini ham olib boradilar. Muzeyga kelgan to'plamlarni butlaydilar va o'rganadilar. Muzey ashyolarini saqlash va
ta'mirlash ishlarini yo'lga qo'yadilar. Tomoshabinlar uchun ekskursiyalar tashkil etadilar.
Muzey so'zi grekcha "museyon" - "muzalar uchun joy" so'zidan olingan bo'lib, Yevropa Uyg'onish davridan boshlab zamonaviy ma'noda qo'llanila boshladi. Birinchi muzey (museyon) o'quv muassasasi tarzida mil. avv. 290-yilda Aleksandriya shahrida Ptolemey tomonidan barpo etil- gan. Unda yashash xonalari, oshxona, mutolaa xonasi, o'simlik va hayvonot bog'lari, rasadxona hamda kutubxona mavjud bo'lgan. Keyinchalik unga o'qish jarayonida foydalanish uchun tibbiy va astronomik asboblar, hayvonlar mulyajlari va haykallar hamda byustlar ham qo'shilgan. Bunda ishlovchi olimlar davlat tomonidan maosh bilan ta'minlangan. Museyon kutubxonasida 700000ga yaqin qo'lyozmalar mavjud bo'lgan. Ushbu museyon va Aleksandriya kutubxonasining katta qismi mil.avv. 270-yildayo'q qilib yuborilgan. Hozirgi zamonaviy muzeylarni qo'llab-quvvatlash va rivoj- lantirish maqsadida 1946-yilda ICOM (angl. International Council of Museums) Xalqaro muzeylar kengashi tashkil etilgan bo'lib, uning tarkibiga 115 mamlakatdan 27 000 muzey a'zo bo'lgan. Xalqaro muzeylar kengashi har uch yilda ishtirokchi davlatlardan birida o'tkazilib turiladi .
O’zbekistonda ham muzeylarga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mustaqillikni dastlabki yillarida Buyuk sarkarda bobomiz Amir Temurning muzeyi ochildi. Bu yerda Temuriylar davriga, madaniyatiga oid eksponatlar joylashtirildi.
Tarihiy shaxslardan tashqari yana buyuk adiblarimiz, adabiyot vakillarimizning o’zlari yashab ijod qilgan honadonlari ham “Uy muzey” lariga aylantirilgan .
G’afur G’ulom uy muzeyi
Abdulla Qahhor uy muzeyi
Buhoro arkida ham Buhoro amirligi tarihiga oid eksponatlar saqlanadi.
Trip Advisor ma'lumotiga ko'ra dunyodagi 10 ta eng mashhur muzeylar 10 taligini e'lon qildi. Parijdagi Luvr birinchi o'rinni egalladi, shuningdek o'ntalikga amerikani muzeylari ham kirgan. Muzeyga tashrif buyuruvchilar eksponatlarning noyobligi va qimmat baholigi, hamda muzey joylashgan joyning mashhurligiga qarab aniqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |