O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi andijon viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi izboskan tumani xalq ta‘limi bo’limi


M uhammad ibn Muso Xorazmiy (783–850)



Download 9,39 Mb.
bet9/78
Sana29.01.2022
Hajmi9,39 Mb.
#416397
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
TARIXIY SHAXSLAR

M uhammad ibn Muso Xorazmiy (783–850)

Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Dunyo faniga g‘oyat katta hissa qo‘shdi. Algebra fanining asoschisi bo‘ldi.


Xorazmiy Xorazm o‘lkasida tug‘ilib, o‘sdi. Adabiyotlarda 783 yil uning tug‘ilgan yili deb qabul etilgan. U dastlabki ma’lumot va turli sohadagi bilimlarni, asosan, o‘z yurtida, Markaziy Osiyo shaharlarida ko‘pgina ustozlardan olgan, deb bilish mumkin.
Qadimgi Xorazmda astronomiya juda rivojlangan, xorazmliklar osmon “sirlari”ni arablarga qaraganda ancha yaxshi bilganlar.
Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan asarlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, u yunon, hind va eron astronomiyasi va matematikasini yaxshi bilgan.
Xalifa Ma’mun davrida Bag‘dodda Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan bir guruh yirik olimlar ijod etgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda YAhyo ibn Abu Mansur, Ahmad Farg‘oniy, Ahmad al-Marvaziy, Xolid ibn Abdulmalik Marvarrudiy, Al-Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar bor edi. Bag‘dodda Ma’mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz –“Bayt ul-hikma” faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, uning qoshida ikkita yirik rasadxona: birinchisi 828 yilda Bag‘dodning Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog‘ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi. Marvlik YAhyo ibn Abu Mansur Bag‘dodning Shammosiya mahallasidagi rasadxonaning asoschisi va rahbari bo‘ldi. Rasadxonadagi ishlar haqida u “Bayt ul-hikma”ning mudiri Xorazmiyga hisobot berib turardi. YAhyo 831 yili vafot etganidan so‘ng Xorazmiy bu rasadxonani ham boshqaradi va u yerdagi kuzatishlarda faol qatnashadi. Xorazmiy bilan Bag‘dodga, keyinchalik “Ma’mun akademiyasi” deb tanilgan “Bayt ul-hikma”da Suriya, Iroq, Eron va boshqa yerlaridan kelgan mutafakkirlar ham ishlagan. Biroq ular orasida Markaziy Osiyoliklar salmoqli o‘rinni egallagan.
Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi va 850 yilda Bag‘dodda vafot etdi.Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. Bular “Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob” – algebraik asar, “Hind hisobi haqida kitob” yoki “Qo‘shish va ayirish haqida kitob” – arifmetik asar, “Kitob suratul-arz”– geografiyaga oid asar, “Zij”, “Asturlob bilan ishlash haqida kitob”, “Asturlob yasash haqida kitob”, “Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida”, “Kitob ar-ruhoma”, “Kitob at-tarix”, “YAhudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”.
Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining Yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etdi. Yevropaga hind raqamlari arablar orqali o‘tganligi uchun ular “arab raqamlari” deb ataladi va hozir ham shunday deb atalib kelinmoqda. Yevropaliklar uzoq vaqtgacha hind raqamlariga asoslangan hisob tizimini “algorizmi” deb atab keldilar. Faqat XVI asr o‘rtalaridagina bu nom “arifmetika” iborasi bilan almashtiriladi. Shundan keyin to hozirgi kungacha “algorizm” yoki “algoritm” deganda har qanday muntazam hisoblash jarayoni tushuniladigan bo‘ldi. Bu ibora bilan Xorazmiyning nomi fanga abadiy kirib qoldi. Xorazmiyning algebraik risolasining to‘liq nomi – “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala”. Risolaning nomidagi “al-jabr” va “al-muqobala” so‘zlari “to‘ldirish” va “ro‘para qo‘yish” –o‘rta asr algebrasining ikkita asosiy amalini anglatadi. “Aljabr” so‘zi lotincha transkripsiyada “algebra” bo‘lib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi.
Xorazmiyning algebraik risolasi uch qismdan iborat: 1) algebraik qism, buning oxirida kichik bir bo‘lim – savdo muomalasidagi bob keltiriladi; 2) geometrik qism, algebraik usul qo‘llanib o‘lchash haqida; 3) vasiyatlar haqidagi qism. Xorazmiy uni alohida nom bilan “Vasiyatlar kitobi” deb atagan. Xorazmiy algebrasi –bu sonli kvadrat va chiziqli tenglamalarni yechish haqidagi fandir. Xorazmiy asos solgan algebra fanini undan keyingi Sharq olimlari muvaffaqiyatli rivojlantirdilar. Xorazmiyning boshqa asarlaridan farqli o‘laroq, uning algebraik risolasining uchta qo‘lyozmasi saqlangan. Ular Kobulda, Madinada va Oksford universitetining Bodleyan kutubxonasida saqlanadi. Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Olim bu asarini 830 yil atrofida yozgan. Xorazmiyning “Zij”i 37 bob, 116 jadvaldan iborat. Xorazmiy “Zij”i xalifalikdagi dastlabki astronomik asarlardan edi. Asar yozilishi bilan olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etdi. Unga Xorazmiyning zamondoshlaridan Farg‘oniy, Hoshimiy va boshqalar yuksak baho berishgan. Abu Rayhon Beruniy bu “Zij”ni sharhlashga uchta asarini bag‘ishlagan. Tadqiqotchilar yakdillik bilan ta’kidlashicha, Xorazmiyning bu asari uning arifmetik va algebraik risolalari kabi bunday asarlarga ehtiyoj tug‘ilgan paytda yuzaga keladi va bu asari bilan olim astronomik asarlar yozilish uslubini standartlashtirdi, bu standart esa to Ulug‘bek “Zij”igacha o‘z kuchini saqladi. Xorazmiyning “Zij”i geografiya sohasidagi buyuk kashfiyotlarga ham aloqador bo‘ldi. Geografiyani iqlimlar nazariyasiga to‘la rioya etgan holda birinchi marta Xorazmiy bayon qiladi. U yerning ma’mur, ya’ni insonlar yashaydigan obod qismini yetti iqlimga ajratadi. Xorazmiyning geografik risolasi o‘rta asrlardagi eng birinchi geografik asar edi. Shuning uchun uning iqlimlar nazariyasi keyingi davrlarda geografiyaning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning iqlimlar nazariyasi Yerning ma’mur qismini iqlim mintaqalari bo‘yicha o‘rganishni osonlashtirdi.
Xorazmiyning yuqorida keltirilgan asarlariyoq u fanning qator tarmoqlarining asoschisi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Uning g‘oyalari matematika va astronomiyaning oyoqqa turishi va rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi davrda uning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan e’tirof etilgan.



  1. Download 9,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish