O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi andijon viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi izboskan tumani xalq ta‘limi bo’limi



Download 9,39 Mb.
bet67/78
Sana29.01.2022
Hajmi9,39 Mb.
#416397
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
Bog'liq
TARIXIY SHAXSLAR

Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev



Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev  (ayrim manbalarda Xo‘jayev Ubaydulla) (1878, Toshkent – 1937) – jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, o‘zbek mat-buotining ilk tashkilotchilaridan biri. Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida til-moch bo‘lib ishladi (1897). Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida o‘qidi (1908–12). Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni o‘yladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). O‘qishni tu-gatgach, dastlab Saratov, 1913 yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat bo‘lib ishladi. Chor hukumati ma’murlarining poraxo‘rligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qo‘shilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi."Umid" deb ataluvchi ilg‘or musul-mon guruhiga yetakchilik qildi (1913). "Turon" jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda "Sadoi Tur-kiston" gaz.ini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gaz. ishiga o‘sha davr ma’rifat darg‘alari – Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxo-nov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gaz.da turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umum-677milliy matbuot nashriga aylanayotgan "Sadoi Turkiston" 1915 yil aprelda yopib qo‘yilgan bo‘lsada, u o‘lka ziyolilarining "Taraqqiyparvarlar" firqasiga zamin tayyorladi. A. Toshkentda tuzilib, mardi-korlikka olish ishi bilan shug‘ullangan "Turkiston mardikorlikka olish qo‘mitasi"ning raisi (1916). Qo‘mita chor amaldorlarining o‘zboshimchaliklarini ochib tashladi. Mardikorlikka jo‘natish haqidagi oq podsho farmoni (1916 yil 25 iyun)ni bekor qildirish uchun A. mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmo‘minboyev bilan birga Peterburgga bordi.Davlat dumasining 1916 yil dekabrdagi majlisida farmon Rossiya impe-riyasining qonunchiligida ko‘rsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi.A. 1917 yil Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashdi. "Sho‘roi islom" jamiyati raisi. Butun Turki-ston musulmonlari I-s’ezdida tashkil qilingan Turkiston o‘lka musulmonlari markaziy kengashi kotibi va a’zolaridan biri (1917 yil aprel). Butun Ros-siya musulmonlar kengashi MK a’zosi (1917). Muxtoriyatchilik harakati ta-shabbuskorlaridan. Turkiston muxtori-yati hukumatining harbiy ishlar vaziri (1917 yil noyabr– 1918 yil fevral). Hukumat topshirig‘i bilan Kavkazga bordi va Tur-kistonga g‘alla keltirish masalasini hal qildi. Istiqlolchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragani, mustam-lakachilikka qarshi kurashgani uchun "millatchilik"da ayblanib qatag‘onga uch-ragan. Bir necha marta qamalib, turmada halok bo‘ldi.Ad.: Mustafo Cho‘qay o‘g‘li. Istiqlol jallodlari, T., 1992; Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan, T., 1996; O‘zbekiston ta-rixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, T., 1998; Pidayev T., Matbuot–millat chirog‘i, T., 1999.


  1. Download 9,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish