Aleksandr Nevskiy
Aleksandr Nevskiy (taxminan 1200— 1263) — Novgorod knyazi (1236—51). A.N.ning otasi knyaz Yaroslav Vse-volodovich, onasi — qipchoq qizi bo‘lgan. 1251 y. A. N. Botuxon o‘rdasiga kelib u bilan do‘stlashgan, so‘ngra uning o‘g‘li Sar-tak bilan anda tutingan, natijada Botu-xonning asrandi o‘g‘liga aylangan. 1252 y. tajribalisarkarda Nevruy no‘yon boshchi-ligidagi mo‘g‘ulqo‘shinini Rusga boshlab kelgan. A.N.ning akasi Andrey Shvesiyaga qochgan va A.N. 1252 yildan Vladimirning ulug‘ knyazi bo‘lgan. 1240 y. 15 iyulda shved bosqinchilarini Neva sohilida tor-mor qilgani uchun "Nevskiy" laqabini olgan (qarang Neva jangi) A. N. knyaz hokimiyatini mustahkamlashga intilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |