O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi andijon viloyati xalq ta‘limi boshqarmasi izboskan tumani xalq ta‘limi bo’limi



Download 9,39 Mb.
bet34/78
Sana29.01.2022
Hajmi9,39 Mb.
#416397
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
TARIXIY SHAXSLAR

M uhammad Xorazmshoh


Muhammad Xorazmshoh, Muhammad II Aloiddin, Aloiddin Muhammad (toʻliq ismi Qutbiddin Muhammad ibn Takash ibn Elarslon ibn Anushtegin) (taxminan 1182— 1220 yil dek.) — Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar davlati hukmdori (1200 yil 3 avg . — 1220 yil dek.). Otasi — Takash xorazmshoh, onasi Tur-kon xotun qipchoq xoni Jonkishining qizi. M. 1193 yil dek.da otasi tomonidan Nishopurshahriga voliy (hokim) qilib tayinlangan 1198 yilda xalifa Nosir Takashga va uning oʻgʻli Qutbiddin Muhammadga sharaf libosi va Xuroson, Turkiston va Iroq ajami sultoni ekanini tasdiqlovchi manshur (yorliq) joʻnatgan. Takash vafotidan soʻng Xorazmshohlar davlati taxtiga Qutbiddin Muhammad oʻtirdi. U otasining Aloiddin laqabini, keyinroq esa Sanjar (ikkinchi) nomini qabul qildi. M. davrida saltanat ham hududiy, ham kuch-qudrat jihatidan oʻzining yuksak choʻqqisiga yetgan. M. davrida Xorazmshohlar davlati shim.da Orol, gʻarbdaKaspiy dengizigacha, jan. da Iroq va Gʻaznagacha, sharqda Yettisuvgacha kengaygan. 1207 yilda Xurosonda va Fors Iroqida oʻz mavqeini mustahkamlab olgan M. eʼtiborini Movaro-unnaxrga qaratdi. Bunga sabab qoraxoniylarning soʻnggi hukmdori Usmon ibn Ibrohimning qoraxitoylarga qarshi kurashda (qarang Malik Sanjar qoʻzgʻoloni) yordam soʻragani bir bahona boʻldi. Xorazmshoh qoʻshinlari qoraxitoylarning Tayangu boshliq qoʻshini bilan Ilamish sahrosida toʻqnashdi. Bu jangda krraxitoylar magʻlub boʻlib, Movarounnahrdan Oʻzgandgacha boʻlgan yerlar Xorazmshoh tasarrufiga oʻtdi. M. oʻziga Iskandari Soniy laqabini ham oldi va saroyda Zulqarnayn navbasi (shoh kirishi sharafiga musiqiy madhiya)ni joriy qildi. Qoraxitoylar davlatini tormor qilib, sharqiy chegaralaridan xotirjam boʻlgach, Fors Iroqini, Mozandaron, Arron, Ozarbay-jon, Shirvon, Mikron, Mingqishloq, Kesh, Sijiston, Gʻur, Gʻazna, Bomiyonlarni zabt etib, Xindiston chegaralarigacha yetib bordi. M. Movarounnahrni butunlay egallagach, Xitoyga qoʻshin tortmoqchi boʻlgan, ammo 1215 yil Chingizxonnkj Pekinni bosib olganini eshitgach, u haqida toʻliq maʼlumot toʻplash uchun Bahouddin Roziy boshchiligida Moʻgʻulistonga elchilar yubordi. Shu tariqa har ikki tomon bir necha marta bir-birlariga elchilar yuborib turganlar. 1218 yil Chingizxonning shaxsiy vakili Uhuna boshliq 500 tuyadan ortiq elchi va savdogarlar karvoni Oʻtrorga kirib keldi. Oʻtror hokimi Inolchiq, karvonni ushlab, elchilarni qatl ettirgan (qarang Oʻtror voqeasi). M.ning davlatini yaxshi oʻrgangan Chingizxon Xorazmga qaram xalqlarning noroziligidan, lashkarboshilar orasidagi nizolardan, M.ning onasi Turkon xo-tun qarindoshlari orasidan chiqqan amaldorlardan foydalanishi hamda M.ning moʻgʻullar hujumi xabarini eshitib amalga oshirgan notoʻgʻri tadbirlari (har bir shahar oʻz-oʻzini himoya qshshshi; raiyatdan 1 yil uchun3 barobar xiroj yigʻishi) sababli mu-vaffaqiyatga erishdi. Chingizxon Xorazmga yurish qilib Oʻtror (1219), Buxoro va Samarqand (1220)ni bosib oldi. M. Movarounnahrni tashlab Xuroson tarafga qochdi. Chingizxonning 20 min-glik qoʻshinining tinimsiz taʼqib qilishi M.ga oʻz kuchlarini qayta toʻplab, nafasini rostlashga imkon bermadi. Kaspiy dengizining Ashur o.ga borib qolgan M. qattiqbetob boʻlib qoldi va umrining oxirida oldingi qarorini oʻzgartirib, oʻgʻli Qutbiddin Oʻzloqshohning oʻrniga Jaloliddin Manguberdinivaliaxd deb eʼlon qildi. Oʻsha orolda vafot etdi va shu yerda dafn etildi. Keyinchalik Jaloliddinning farmoyishiga koʻra, M.ning jasadi Isfahondagi xorazmshoxlarning xotirasiga qurilganmadrasaga koʻmish uchun Ardahn qalʼasiga keltirilgan



  1. Download 9,39 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish