Ibrohim Mirzo
Ibrohim mirzo, Ibrohim Sulton Abulfath (1 394— 1435.4.5) — Balx va Tohariston (1409— 15) hamda Erondagi Fors oʻlkasining hokimi (1415—35), shoir, adib, Hirot xattotlik maktabining yirik vakili. Temuriylardan, Shohruxning ikkinchi oʻgʻli. Onasi — Toʻti begim. Amir Temurning xotini Tuman ogʻo begim tarbiyasiga topshirilgan. I. M. ilmfanga, sanʼatga homiylik qilgan, mamlakat obodonchiligida bosh-qosh boʻlgan. Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarini I. M. ning topshirigʻi bilan yozgan. I. M. Sherozda va mamlakatning boshqa shaharlarida binolarqurdirgan. I. M. olti xil xatda tengi yoʻq xattot boʻlgan. Shuning uchun ayrim masjid va madrasalar peshtoqiga oʻz qoʻli bilan kitobalar ham yozgan
Do'stlaringiz bilan baham: |