Tadqiqot
ishining
dolzarbligi:
Mamlakatimizda
O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2016 yilni
«Sog`lom ona va bola» deb belgilashi bejiz emas, bunda bolalar ta’lim-tarbiyasi,
ularning ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi islohotlarni tizimli, bosqichma-
bosqich amalga oshirish strategiyasi belgilab olindi. «Shuni unutmaslik kerakki, -
deydi Yurtboshimiz I.Karimov, - kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq»
1
. Zero ta`lim
va tarbiyaning uyg`unligi yoshlarda bilim egallash bilan birga vatanparvarlik,
insonparvarlik, millatparvarlik, demokratik va umuminsoniylik kabi qadriyatlarni
shakllanishiga yaqindan yordam beradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
tub islohotlar yuksalishlariga e`tibor berib qaraladigan bo`lsa, ularning negizida
sog`lom bola, sog`lom avlod tarbiyasi turganligini anglash qiyin emas. Chunki,
Vatanimizning porloq kelajagi sog`lom tarzda voyaga etayotgan farzandlarimiz
qo`lida. Prezidentimiz «Biz hech kimdan kam emasmiz, hech kimdan kam
bo`lmaymiz!» deganida sog`lom, zakovatli, etuk, malakali yoshlarimizga katta
umid bog`laganini tushunishimiz joiz.
Jahon arenalarida o`zlarining Amir Temurga xos matonatini, To`marisga xos
shijoatini namoyish qilib, O`zbekistonni mashhur qilayotgan sportchi, bilimdon,
san`atkor yoshlarimiz soni yil sayin ortib bormoqda. Yosh chempionlarimiz qo`lga
kiritayotgan ajoyib yutuqlar Yurtboshimizning mashhur da`vati ro`yobini
ko`rsatmoqda.
Mustaqillik yillarida uzluksiz ta`lim tizimini zamonaviy mezonlar asosida
rivojlantirish, dunyoning ilg`or pedagogik tajribalarini o`rganish hamda tatbiq
etish, o`quvchi va talaba yoshlarning bir necha xorijiy tillarni bilishlari, dunyodagi
nufuzli universitetlarda tahsil olishlari, xalqaro musobaqalarda sportchilarimizning
sovrinli o`rinlarni egallashlari, Prezidentimizning istiqlolning dastlabki yillarida
«Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo`lishlari
1
I.A.Karimov Yuksak ma’naviyat –engilmas kuch T. Ma’naviyat, 2008yil
5
shart» degan ezgu niyatlari bosqichma-bosqich ravishda hayotimizda o`z ifodasini
topmoqda.
Har qanday millatning asosiy boyligi- bu bolalar salomatligi.
Farzandlarimiz salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish
bilan barobar. Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim
o`rin tutadi. Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz
so`ngiga qadar bizga hamroh bo`ladi.
Tariximizdan ma’lumki bobokolonlarimiz
bolani har tomonlama uyg’un rivojlantirishga katta e’tibor qaratganlar. Qadim
qadimdan ajdodlarimizni ko’pchiligi muayyan maxsus bilimga ega bo’lmasdan
turib, jismonan va manan xayot kechirib bo’lmasligini yaxshi tushunganlar.
Bobokolonlarimizdan A. Temur, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro
kabi ulug’ allomalarning asarlaridagi, qarashlarini ta’kidlab o’tish kerak
2
.
Mutafakkir «Shayx ur-Rais», «Donishmandlar sultoni», «Tabiblar shohi»-
buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tabiat muvozanati, tabiatni asrash, kishi
salomatligini mustahkamlash va kasallarni davolash borasida bebaho asarlarni
yozib qoldirgan.
Uning uzoq yillar dovomida olib borgan ilmiy tajribalarining mahsuli
sanalmish asarlari talim-tarbiya soxalari va badantarbiya ta’limotining
xususiyatlari va ijtimoiy pedagogik jarayonlariga qaratilgan. «Tib qonunlari»
kitobida insonning paydo bo’lishi, uni yoshligidan avaylab tarbiyalash, bunda
badan tarbiya mashqlari, uqalash, sovuq suvda cho’miltirish, sof havoda sayir
qildirish, turli faol harakatlarga o’rgatish kabi tavsiyalari mazmun topib, ular
hozirgi kunda ham jaxon xalqlarining badan tarbiyasida amaliy jixatdan
qo’llanilib kelinmoqda.
Ulug’ olim o’z asarlarida tarbiya muammolariga faqat tabobatchi sifatida
emas, balki atoqli pedagog sifatida ham yondashadi. Abu Ali «Tib qonunlari»
kitobida bolani jismoniy tarbiyalash masalalarini to’liq ko’rib chiqadi. U bolalarni
ovqatlantirish, cho’miltirish, ularni uyqu- oromi kabi muhim jihatlarga alohida
2
«Voyaga etmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda oila, uzluksiz ta`lim muassasalari,
mahalla va huquq-tartibot organlarining o`zaro hamkorligi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
materiallari. - Guliston: Universitet, 2014
6
etibor beradi. Ayniqsa, bola uchun sof havo, quyosh, suv va jismoniy
mashqlarning benixoyat zarurligini uqtiradi. Shu bilan birga, olim bolaning
anatomik-fizologik xususiyatlarni xisobga olish lozimligini ko’rsatadi.
Abu Ali «Tib qoninlari»da jismoniy mashqlarni ilmiy ta’rif qilish bilan bir
qatorda, ularning turlarini tavsiflab, organizm uchun naqadar foydasi borligini
tushuntirib beradi. «Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan
shug’ullanuvchi odam buzulgan xolatlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz
hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklarning davosiga muxtoj
bo’lmaydi. Bunda albatta, o’zga tadbirlar xam muvofiq va to’g’ri amalga
oshirilishi kerak», deb aloxida ta’kidlaydi.
Ibn Sino bolaning tug’ilganidan boshlab uni jismonan chiniqtirish
masalalariga aloxida e’tibor qaratish zarurligini ilmiy ravushda asoslab bergan
bolani cho’miltirish, ovqatlantirish toza havoga olib chiqish xatto beshikka bog’lab
unga oxista ohangda qushiq aytish lozimligini uqtiradi.
Ibn Sino bolalarning qiziqishini tabiiy rivojlanish jarayonini besh davrga
bo’lib o’rganadi unga chaqaloqlik, bolalik, chiniqish yoshlik, yetuklik davrlarini
kiritib ularning har bir davrida bolalar bilan o’ziga xos jismoniy mashq qilish
zarurligini ko’rsatadi. Olim insonlarni jismoniy mashq qilishga da’vat etar ekan bu
ish bilan shug’ullangan kishi doriga muxtojlik sezmasligini ta’kidlaydi.
Abu Alining 1000-yil oldin aytgan fikrlari bugungi barkamol avlodni
jismonan baquvvat manan teran fikirli qilib tarbiyalashda muhum ahamiyat kasb
etib kelmoqda. Qomusiy olimning fikiriga ko’ra ishtimoiy munasabatlarni tartibga
solishda insonni to’g’ri-jismonan baquvvat aqli raso qilib tarbiyalashda
mamlakatda amalda bo’lgan qonunlar miqdori emas balki ularning sifati hal
qiluvchi ahamiyatga egadir
«Tib qonunlari» kitobining salomatlikni saqlashga bag’shlangan uchunchi
qismining ikkinchi bo’limida o’sib kelayotgan yoki voyaga yetgan kishilar uchun
kundalik hayot tarzi mohiyati bayon etilgan. Bu o’rinda shuni aloxida ta’kidlash
mumkinki, buyuk alloma jismoniy tarbiyani kishi salomatligini saqlashda
7
ovqatlanish va uyqu tartibidan ustun quyadi. Bunda u barcha tartib-qoidalar
jismoniy tarbiyadan boshlanish kerakligini ochiq – oydin aytadi.
Salomatlikni saqlashda to’g’ri ovqatlanish va me’yorida uxlash ham muxum
ahamiyat kasb etadi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, me’yoridan ko’proq
ovqatlanganda uning bir qismi tanada parchalanmay qolib, u turli kasalliklarni
chaqirish xafini keltirib chiqaradi. Jismoniy tarbiya yoki mashq esa bunday
bulishiga yo’l qo’ymaydi.
Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda jismoniy sog`lom
insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga zamin yaratishda,
maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari jarayonida ularni to`g`ri
ovqatlantirish nihoyatda muhimdir.
«Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi
xalqaro simpozium qatnashchisi Muhammad Al-Muhayribiy (Birlashgan Arab
Amirliklarining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi) yurtimizda Onalar
va bolalar salomatligi xususida olib borilayotgan ishlar haqida shunday dedi:
«Mamlakatda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta e’tibor
qaratilmoqda. Butun respublikada keng miqyosida maktabgacha ta`lim
muassasalari, umumta’lim va sport maktablarini, kasb-hunar kollejlarini, eng
zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sog’liqni saqlash muassasalarini bunyod
etish ishlari olib borilmoqda»
3
.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri ovqatlantirishga qo`yiladigan asosiy
talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va
rivojlanishini to`liq ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda
asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir-
biriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli
va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda
biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini
to`g`ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va ma`sul xodimlarining
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
3
«Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium materiallari. 29-mart, 2016-yil
.
8
«O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Nizomga
muvofiq bola maktabgacha ta`limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta`lim
va tarbiya berish orqali yoki doimo faoliyat ko`rsatadigan maktabgacha ta`lim
muassasalariga jalb qilinadigan bolalar uchun bolalar bog`chalarida, maktablarda,
mahallarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Maktab
davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko`prik vazifasini o`tashini, oila yoki
bog`chadagi ta`lim va tarbiya sharoitlaridan maktab ta`limiga ozorsiz o`tkazishni
ta`minlash zarurligi va bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligi bir qator olimlar,
mutaxasis psixologlar tomonidan isbotlangan.
Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-
tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog`lom va etuk, maktabga
o`qishga tayyorlangan tarzida shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu mavzuda
bolalarni maktabga tayyorlashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash
milliy g`urur, vatanparvarlikni shakllantirish, bilim olishga, o`qishga ehtiyojni,
mayllarni shakllantirish va jismoniy, ruhiy sog`ligini ta`minlash maqsadini vazifa
qilib qo`ygan.
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona
zimmasiga uni sog`lom, aqlli, xushxulqli qilib tarbiyalash vazifasi qo`yiladi.
Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga etishiga ko`p
jihatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma`naviy
darajasi bilan belgilangan. Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik
me`yorlarda belgilangan ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir.
Buning uchun birinchi urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini
qondiruvchi, oziq moddalarga boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat
maxsulotlarini kunlik ratsionga kiritish zarur, bunday maxsulotlarga go`sht, go`sht
maxsuloti( shu jumladan, parranda go`shti), balik va tuxum (oksil, yog, A, V
12
,
darmondori, mineral modda, temir kabilar manbai), sut va sut maxsulotlari (oksil,
kal`tsiy, A, V
2
darmondori manbai), sariyog` va usimlik moyi (yog kislotasi, A va
e darmondori manbai), non va non maxsulotlari, yorma va makaron maxsulotlari (
9
uglevod, V
1
, V
2
, RR darmondori, temir, magniy manbai, sabzavot va mevalar ( S,R
darmondori, beta-karotin, kaliy, va organik kislota manbai) xamda shakar va
qandolat maxsulotlari kiradi.
Gurux tarbiyalanuvchilarining jushkin va yaxshi kayfiyatli bo`lishlarida
ovqatlantirish to`g`ri tashkil etilishining muxim axamiyati bor. Bolalarni
ovqatlantirishda idish-tovoqlar etarli bo`lishi va stol atrofida utirishlari uchun
qo`lay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan
chiroyli bezatib, juda issik yoki sovuk bo`lmagan xolda berilishi kerak.
Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e`tiborli
bo`lishlarini uqtirmoq lozim. Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga
utirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin,
ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak.
Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish
bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi
ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan
xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha
ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi.
Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun
tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib
qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik
taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga
mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari
tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga
(shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha
taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi.
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg`urishi lozim. Shu bois
«Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlashning asosiy omili
bo`lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan.
Sog`lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yo`nalishidir.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |