Daydi
o‘lmagur,
qayoqda qolding? – so‘raydi buvim
(230). Bularni qarg‘ishdan ham
ko‘ra koyish deyilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu koyishlar yordamida koyish bilan bab-
baravar onalik mehri ham bo‘rtib turadi. Sharq, shu bilan birga, o‘zbek ayollariga
xos odob, farzandlariga mehribonlik ohangi seziladi.
«Bolalik»da Oybek qo‘llagan xalq maqollari asardan personajlar hayoti
bilan bog‘liq bo‘lgan maishiy va an’anaviy xarakterdagi iboralardir:
pul bo‘lsa,
changalda sho‘rva
(30,133),
eti sizniki, suyagi bizniki
(50),
tuya ko‘rdingmi –
yo‘q, biya ko‘rdingmi – yo‘q
(75),
yo‘l azobi – go‘r azobi
(82),
yotsang yovga
yoqar
(103),
sabr tubi – sari oltin
(132),
chiqmagan jondan umid
(145),
Do'stlaringiz bilan baham: |