Tadqiqot ishining maqsadi: Maktabgacha ta‘lim muassasasining tayyorlov
guruhi bolalariga matematika mashg‘ulotlarida miqdor haqidagi tushunchalarni
shakllantirish jarayonini o‘rganish.
Tadqiqot ishining vazifalari:
1. Tarbiyachining jamiyatda tutgan o‘rni kasbiga qaratilgan va bo‘lajak
tarbiyachilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan qonun, Prezident farmonlari va
me‘yoriy hujjatlarni o‘rganish.
2. Tarbiyachining turli fanlarga qiziqishi va bolalarga munosabatlarini
o‘rganish yuzasidan xulosalar ishlab chiqish.
3. Matematika mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda miqdor haqidagi tushunchalarni
shakllantirishni ta‘minlaydigan vositalar ishlab chqish va tajribada
tekshirish.
5. O‘yin orqali matematik tasavvurlarni shakllantirishni asoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: |