41
1.2. Mashina choklarida uchraydigan nuqsonlar
Mashina choklarini tikish jarayonida tikuv mashinalari ishida nuqsonlar
paydo bo‘ladi. Masalan, baxya qator bo‘sh, sababi iplar yetarli darajada
tortilmagan, sabab ikkala ip juda tarang tortilgan. Nuqsonlar oldini olish uchun
mashinani to‘liq ishga sozligini tyekshirish darkor.
Tikuv mashinasidan foydalanilgan ustki ip asosan bir xil taqiladi. G‘altakdan
yo‘naltirgichga so‘ng ip taranglagich shaybalari orasidan aylantiriladi, ip tortqich
prujina orqasiga o‘tkaziladi. Yo‘naltirgich burchaklik atrofidan aylantirib, ip
yo‘naltirgichga taqiladi va yuqoridagi ip tortqich qulog‘iga kiritiladi. Ipni
yo‘naltirgichlar orqali pastga olib tushib, chapdan naycha qopqog‘i, prujina,
naycha qopqog‘ining uyiga, naycha qulfchasining plastinasidan iborat. Dyetal‘
chetidan ma‘lum oraliqda byezak baxya qator yuritish, dyetallarni bir tyekisda
bukib tikish qiyin bo‘ladi. Shunday opyerasiyalarni tyekis va oson bajarish uchun
kichik myexanizasiya vositalari ishlatiladi. Tikilayotgan dyetal‘ yoki gazlama cheti
ignasigacha bir xil oraliqda yo‘naltirib turishi uchun yo‘naltiruvchi linyeykalar
ishlatiladi. Buklagich va mag‘izlagichlar mayda va yirik taxlamalarni moslamalari,
pyetlya yarmi avtomatining moslamalari kiradi.
Kichik myexanizasiya vositalari bajariladigan choklarning turiga qarab olti
guruxga bo‘lingan. Bularda marka byelgisi qo‘yilgan bo‘ladi. 1-raqam gurux
nomyerini, qolgan Raqam guruxdagi tartib nomyerini bildiradi. Masalan, moslama
markasi 1-21 bo‘lsa, 1 birinchi gurux nomyerini, 21 guruxdagi moslamaning tartib
nomyeri ko‘rsatiladi. 1-guruxda dyetal‘ chetini bukmay, biriktirib yoki byezak
baxya qator yuritishga mo‘ljallangan moslamalar bo‘ladi. 2-guruxda bir dyetalni 2-
dyetalga ulamay turib, dyetal‘ chetini bukib tikishga mo‘ljallangan moslama. 3-
guruxda bir yoki bir nyecha dyetalni bir vaqtni o‘zida bukib, xam biriktirib
tikishga mo‘ljallangan moslama. 4-guruxda mag‘izlanadigan choklarni bajarish
uchun mo‘ljallangan moslama. 5-guruxda pyetlyalarni yo‘rmash, tugmalarni
qadash, furinturalarni Chatish ishlariga mo‘ljallangan moslama. 6-guruxda
42
yordamchi moslamalar kiradi. Mashina choklarini tikish jarayonida igna va ip
tanlashga etibor byeriladi. Masalan, igna nomyeri 100 bo‘lsa, 40-oddiy ip
ishlatiladi. 54-kapron ip, 33-ipak ip, 33-L lavsan ip ishlatiladi va xakozo.
Mashinada bajariladigan choklar konstruksiyasiga va vazifasiga ko‘ra uch
turda bo‘ladi: birlashtiruvchi choklar, ziy choklar va byezak choklar.
Birlashtiruvchi chok kiyim dyetallari va uzyellarini birlashtirishda ishlatiladi. Ziy
chok bilan kiyimning xamma ziylariga, dyetal‘ chetlariga ishlov byeriladi, byezak
choklar umuman kiyimni byezashda ishlatiladi. Birlashtiruvchi choklar biriktirma
chok, yorma chok, tutashtirma chok, kuma chok, ichki chok, bostirma chok va
qo‘sh choklardan iborat.
Tikuv mashinalarida ko‘pgina sabablarga ko‘ra nuqsonlar vujudga kelishi
mumkin: mexanizmlarning, ish organlarining o‘zaro ta‘siri bo‘lishi, detallarning
yeyilishi, detallar yuzasi tozaligining o‘zgarishi va hokazo. Tikuv mashinalarining
asosiy nuqsonlariga baxyaqatorning sifati pastligi, ip tashlab tikilishi, ip uzilishi,
materialning qiyin surilishi, igna sinishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: