Ovozli fayllar formati
WAVE (.wav) – juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi. Uning asosida ma’lumotlarni strukturali ko’rinishda saqlanishiga imkon beruvchi RIFF (Resource Interchange File Format) formati yotadi. Ovozli ma’lumotlar katta hajmga egan bo’lganligi sababli ularni saqlashda turli xil siqish usullaridan foydalaniladi. Siqishning eng sodda usuli – impulsli-kodli modulyatsiya (Pulse Code Modulation, PCM), lekin u yetarlicha siqilishni ta’minlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |