Bog'liq 35548 Multimedia texnolog oquv-uslubiy majmua
Analogli signallarni raqamlashtirish Ovozni saqlash va uzatish iborasiga ko’p marta duch kelganmiz. Lekin bu jarayon haqiqatda qanday sodir bo’lishi haqida hamma ham aniq tasavvurga ega emas.
Ovozni yozish tabiiy ma’noda Edison fonografidagi ovoz yozish jarayonidagina tushunilishi mumkin. Qolgan barcha hollarda ovoz saqlanganida ovozning o’zi emas, balki yozish vaqtida havo tebranishi qanday bo’lganligi haqidagi ma’lumot saqlanadi.
Hozirgi vaqtda ovozli ma’lumotlarni saqlash va uzatishning ikki usuli mavjud – analogli va raqamli. Analogli holatda tovush bosimining o’zgarishi boshqa fizik kattalik, masalan, elektr kuchlanishining o’zgarishiga proporsional bo’ladi. Elektr kuchlanishining o’zgarishi ovozli ma’lumot “tashuvchisi” hisoblanadi. Yaqin kunlargacha ovoz yozish va radioaloqalarda bu usul yagona bo’lgan. Analogli elektronikada kuchlanishning o’zgarishi tovush bosimining o’zgarishiga mos bo’lishi muhim bo’lgan. Ma’lumki, tovush to’lqini amplitudasi ovoz balandligini, uning chastotasi esa ovoz tonining balandligini aniqlaydi, demak, analogli uslubda ovozli ma’lumotning ishonchli saqlanishi uchun elektr kuchlanishi amplitudasi tovush tebranishi amplitudasiga proporsional bo’lishi kerak. O’z navbatida, kuchlanish chastotasi tovush tebranish chastotasiga mos bo’lishi kerak. Bundan ko’rinadiki, elektr signal shakli tovush tebranish shaklining nusxasi bo’lib, amalda ovozli ma’lumot tashuvchisi bo’la oladi. Tovush tebranishini elektr kuchlanishiga aylantirish uchun oddiy mikrofondan foydalanish mumkin. Elektr kuchlanishi o’zgarishini esa magnitofonlarda lenta magnit maydoni o’zgarishiga yoki optik ovoz yozishlarda kinoplyonka ovoz yo’lakchasidagi ovoz potoklariga mos qo’yish mumkin bo’ladi. Ovoz haqida ma’lumot olishining ikkinchi usulida tovush to’lqinlarida bosim qiymatining o’lchanishi, bunda tovush tebranishini ifodalovchi raqamlar ketma-ketligi – raqamli signallar nazarda tutiladi. Signal shaklini to’g’ri uzatish uchun bu o’lchashlarni tovush signallarining eng yuqori chastotali davrida tez-tez o’tkazish zarur. Raqamli ovozlar tizimiga raqamli mikrofon (ovoz bosimi o’lchagichi), raqamli magnitofon yoki uzatgich (katta miqdordagi raqamlar massivini saqlash va uzatish uchun) va raqamli ovoz kuchaytirgich (raqamlar ketma-ketligini ovoz bosimi o’zgarishiga aylantirish uchunqurilma)larni kiritish mumkin. Hozirgi kunda raqamli ovoz yozish tizimlarida asosan anologli elektroakustik mikrofon va ovozkuchaytirgich (dinamik) lar qo’llaniladi, raqamli qayta ishlashda esa ovoz chastotalarining elektrik signallari tahrir qilinadi.
Umuman olganda raqamli signallar o’zida elektr sxemalardagi turli zanjirlarni mantiqiy elementlar yordamida ulovchi va uzuvchi to’g’ri burchakli hsakldagi impulslarni namoyon qiladi. Raqamli signallar shakli va kuchlanishi bilan ishlovchi anologli elektronikadan farqli ravishda raqamli elektronikada ikkilik signallar – “0” va “1” ga mos keluvchi diskret darajali signallar qo’llaniladi.
Analogli signalni raqamliga o’tkazish deyarli barcha tizimlarda bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab analogli tovush signali signal chastota yo’laklarini chegaralovchi va tovushning tiniq eshitilishiga xalaqit beruvchi shovqinlarni tozalovchi analogli filtrga tushadi. So’ngra analogli signaldan tanlash/saqlash sxemalari yordamidagi sanoq boshlanadi: ma’lum bir davrdagi analogli signallarning lahzalik darajasi saqlab boriladi. Sanoq anologli-raqamli o’tkazgichlarga o’tib, unda har biri raqamli kodga yoki songa aylantiriladi. Hosil bo’lgan raqamli kod bitlar ketma-ketligi ovozli signallarning raqamli shakli hisoblanadi. Shunday qilib, uzluksiz analogli ovoz signallari vaqt va kattalik bo’yicha raqamli-diskret qiymatga aylanadi. Ko’pchilik ovoz kartalarida standart diskretizatsiya chastotasi 44.1 va 48.0 KGsni tashkil qiladi.