pozitsiyada
ruscha
"u"dan
ham
qisqaroq
bo„ladi.
Qiyos
qiling:
dushman>d’shmen(o„zb.)-
turbina(rus.),
muzday>m’zdey(o„zb.)-
muzey(rus) kabi.
11.So„z boshidagi berkitilmagan, urg„usiz bo„g„inda "u" unlisi ruscha
so„zlarda yo„g„onroq, o„zbekcha so„zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz
etiladi. Qiyos qiling: uklad(rus.) – uxlamoq (o„zb.), uzual (rus.)-uzum (o„zb.) kabi.
12.Ruscha leksik o„zlashmalarda "u" unlisi yumshoq undoshdan so„ng o„ta
ingichka (old qator unli tarzida), qattiq undoshdan so„ng esa yo„g„on (orqa qator
unli tarzida) talaffuz qilinadi. Imloda ingichka "u" tovushi "yu" harfi bilan
ifodalanadi. Qiyos qiling: abajur va manikyur(manik’ÿr), ultimatum va kostyum
(kast’ÿm), plug va salyut(sal’ÿt) kabi. Rus tilidan o„zlashtirilgan so„zlarda
yumshoq undoshdan keyin kelgan "u" o„zbekcha "u"dan ham ingichkaroq va
yumshoqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: gul (o„zb.)-tyul>t’ÿl (rus.) kabi.
13.Ruscha leksik o„zlashmalarning urg„usiz bo„g„inidagi "e" unlisi
o„zbekcha "e"dan ancha tor ("i"ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon>tilifon.,
televizor>tiliviz’r, adres>adris kabi.
14.Rus tili orqali o„zlashgan so„zlarda "a" unlisi o„zbekcha "a"dan
yo„g„onroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: kana(o„zb.)-kanal (rus.) kabi.
15.Rus tilidan o„zlashtirilgan so„zlardagi o„rta keng, lablangan "o" unlisi
urg„uli bo„g„inda o„zbek tilidagi o„rta keng, lablangan "o„"dan kengroq talaffuz
etiladi. Qiyos qiling: ton (rus.) -to‘n (o„zb.), tok (rus.) -to‘q (o„zb.), tort (rus.)-to‘rt
(o„zb.) kabi. Urg„usiz bo„g„inda esa ruscha "o" reduksiyaga uchrab, o„ta
kuchsizlanadi va "qisqa "i" yoki "a" tarzida talaffuz qilinadi: traktor>t’rakt’r,
samolyot>samal‟öt kabi.
16.Jonli tilda "r" bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so„zlarning
boshida bir "o„" tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro„za>o„raza,
rus>o„ris, ro„mol>o„ramol kabi. Adabiy talaffuz me‟yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol
shakllari saralangan.
17.Rus tilidan o„zlashtirilgan so„zlarning oxirida lab-tish "v" undoshi
jarangsiz "f" tarzida talaffuz qilinadi: aktiv>aktif, passiv>passif, ustav>ustaf,
kursiv>kursif kabi; "v"ning jarangsizlanishi so„z ichidagi assimilyativ holatda ham
yuz beradi:
avtomat>aftomat, stavka>stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun
me‟yor sanaladi, ammo o„zbek tilining o„z so„zlarida qo„llanadigan lab-lab "v"
undoshi so„z oxirida ham, jarangsiz undosh ta‟sirida ham "f" ga o„tmaydi: ov,
birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me‟yor sanaladi).
18.Rus tilidan o„zlashtirilgan so„zlarning ko„pchiligida urg„u erkin bo„ladi,
bu hol o„zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlás, trolléybus,
tramváy kabi.
19.O„zbek tilidagi urg„u asosan so„zning oxirgi bo„g„iniga tushadi, ammo
ayrim o„zlashgan so„zlarda urg„u so„zning oldingi bo„g„inlarida bo„lishi ham
mumkin: hámma, jámi, hamúsha, afsýski kabi. Bunday holatlardan xabardor
bo„lish adabiy talaffuz me‟yorlariga amal qilish imkonini beradi.