O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash malakasini oshirish instituti



Download 0,79 Mb.
bet3/4
Sana05.11.2019
Hajmi0,79 Mb.
#25030
1   2   3   4
Bog'liq
USMONOV BAHODIRJON


Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Ma'lumki, axborotlarni insonlar bir-biriga uzatish jarayonida matn ko'rinishdagi, jadval ko'rinishdagi, tovush ko'rinishdagi va tasvir ko'rinishdagi ma'lumotlardan foydalanadi.

Matn. Matn – bu ma'lumotlarni ifodalash shakli bo'lib, u mazmunan yagona, yaxlit va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir. Axborot tizimiga matn kiritish klaviatura, nurli pero, mikrofon, yoki skaner yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi maxsus amaliy dasturlar majmuasi tomonidan amalga oshiriladi. Tarmoq orqali matnlar ma'lumotlar bo'laklari ko'rinishida uzatiladi.



Tasvir. Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o'zida ifodalagan rasm bo'laklari va ranglardan iborat ma'lumotdir. Foto, manzara, matematik funktsiyalar grafigi, statistik ma'lumotlar diagrammasi va shunga o'xshash ma'lumotlar tasvir hisoblanadi. Komp`yuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to'rt guruhga ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Kulrang va rangli tasvirlar;

2. Ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;

3. Uzluksiz egri va to'g'ri chiziqlar;

4. Nuqtalar yoki ko'pburchaklar iborat tasvirlar.

Bu turkumlash tasvirni ko'rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog'liq.





Animatsiya. Animatsiya ma'lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda ma'lum vaqt oralig'ida, ma'lum sondagi bir xil o'lchamga ega bo'lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi.

Natijada mul`tiplikatsiyaga o'xshash harakatlanuvchi (animatsion) tasvir hosil bo'ladi. Fil`mlar va video ma'lumotlarning asosini animatsiyalar tashkil etadi, chunki fil`mlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir tezkor almashtiriladi. Shundan qilib, videofil`m tarkibidagi tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, ya'ni bir soatlik fil`m 3600 soniyani, undagi tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi.

Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

- matn axborotini qismlashni;

- tasvir qismlarining so'zsiz harakati jarayonini;

- rasm harakatlarini;

- tarixiy janglarning so'zsiz harakatini;

- fizik va kimyoviy jarayonlarni;

- texnologik jarayonlarni;

- tabiiy hodisalar jarayonini;

- siyosiy hodisalar jarayonini;

- ijtimoiy hodisalar jarayonini;


1.4 Axborot birliklari, axborotning o'lchov va hajm tushunchalari.

Har qanday maxsulotning o'lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, vol`t, amper, kubometr va boshqalar. Xuddi shunga o'xshash axborotning ham o'lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”. Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo'qligi “0” bilan ifodalanadi.

Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan. Shuningdek katta hajmdagi ma'lumotlar sig'imini o'lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o'lchamlar mavjud:

1 bayt = 8 bit

1 Kb = 1024 bayt,

1 Mb = 1024 Kbayt,

1 Gb = 1024 Mbayt,

1 Tb = 1024 Gbayt.

Zamonaviy tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, ya'ni bir bayt axborot bitlar bo'yicha uzatiladi. Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o'nli sanoq tizimiga mos keladi.

Jamiyatni axbortlashtirish: mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko'rsatishni avtomatlashtirish, tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o'z ichiga oladi.

Jamiyatda axborot ham bilim manbai ham eng asosiy muloqot vositasi bo'lib hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirishda radio, televidenie, ommaviy-axborot vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir inson ob-havo prognozini, transport vositalari qatnovi jadvalini, bank va biznes ma'lumotlarini hamda kundalik yangiliklardan habardor bo'lishga muxtojdir. Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo'lmas ekan

u jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.

Axborotni xosil kilish, to'plash, izlash, saklash, uzatish, kabul kilish, o'lchash, ishlatish, kayta ishlash, nusxalash, xis etish, eslab olish, boshka ko'rinishga o'tkazish, tarkatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bolik barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.


1.5 Komp`yuter va uning tuzilishlari

Birinchi shaxsiy komp`yuter 1973 yilda Frantsiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shahsiy elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu komp`yuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi “Apple kompyuter” firmasi tomonidan mukammallashtirib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshlandi. Shundan beri komp`yuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashni eng zamonaviy vositasiga aylandi.

Komp`yuter deganda, turli xajmdagi har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

Hozirgi kunda xilma – xil zamonaviy komp`yuterlar insonga xolis xizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar bilan yaqindan, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalardan o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday komp`yuter aparatining ta'minoti asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar komp`yuter ishlashini ta'minlasa, qo'shimcha qurilmalar komp`yuterdan foydalanishda qulayliklar beradi.

Komp`yuterning asosiy qurilmalariga sistema bloki, monitor, klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalariga “sichqoncha” manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi.

Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira kurilmasida komp`yuterga kiritiladigon va uning ish jarayoni davomida xosil buluvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur buladigan dasturlar vaktincha saklanadi .Chunki tezkor xotira kurilmasida saklanib turgan ma'lumotlar kmp`yuterlar elektr manbadan tuzilganda yoki kayta ulangan vaktita o'chib ketadi.

Tezkor xotira kurilmasining bir kismida komp`yuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma'lumotlar saklanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritladi. Doimiy xotira kurilmasida komp`yuter ishlagan paytda yozilgan axborot uzgarmasdan doim saklanadi.Unda odatda, komp`yuternig xar ishga tushirilganda barcha asosiy kurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, monitor, klaviatura kurilmalarni ishni boshkaruvchi dasturlar, operatsion sistema diskni kaysi joyida joylashganligi xakidagi axboratlar joylashgan buladi.

Komp`yuter tushunchasi. Hisoblarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo'yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo'ljallangan elektron mashina. Komp`yuter so'zi ingliz tilidagi “to kompute”, “komputer”, so'zlarining hosilasi bo'lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi. Dastlab ingliz tilida bu so'z, mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning ko'magisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan. Keyinchalik uning ma'nosi mashinalarning o'ziga

ko'chirildi, biroq, zamonaviy komp`yuterlar matematika bilan bevosita bog'liq bo'lmagan ko'plab masalalarni ham bajaradilar. XX asrning 90-yillaridan boshlab, komp`yuter atamasi elektron hisoblash mashinalari (EHM) atamasini amalda siqib chiqardi. Komp`yuter quyidagi asosiy bloklardan iborat:

- asosiy xotira;

- protsessor;

- tashqi qurilmalar.



Komp`yuter - bu turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta'minlovchi universal avtomatik qurilmadir.



II-bob. Axborotni kayta ishlash va uzatish. Axborot tashuvchi qurilmalar

2.1 Axborotni kayta ishlash va uzatish

Axborotlarni kayta ishlash deganda, bir axborot obektidan biror-bir amal bajarib boksha axborot obektini xosil kilish tushuniladi. Axborotlarni kayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.

Axborotlar bilan ishlaganda xam, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (xosil kilish), uzatish, saklash, bir ko'rinishdan boshka, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.

Kitob ko'yganda, televizor ko'rganda yoki suxbatlashganda, biz doimo axborot kabul kilamiz va uni o'zimizga kerak ko'rinishga o'tkazish masadida kayta ishlaymiz, ya'ni boshkaramiz.Inson uchun axborotlarni to'plashda uning barcha sezgi organlari xizmat kiladi, uzok masofadagi axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas, buning uchun maxsus texnik vositalar talab ilinadi.

Shuning uchun xam azaldan axborotlar bilan bajariladigan asosiy amallar-ularni tuplash, kayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turlik vositalarga bo'lgan etiyoji ortib borgan va unga ko'ra xar xil uskunalar yaratib, xayotga tatbik eta boshlagan.

Axborotlarni kayta ishlash vositalari-bu inson tomonidan ishlab chiarilgan turli kurilmalar, ular ichida axborotni kayta ishlashning eng asosiysi va samaradori komp`yuterdir.Kuyidagi rasmda kurraiy zaminimizdagi turli xududlarda ob-xavo ma'lumotini to'plash va uzatish jarayoni aks ettirilgan


Xayvonlarni tabiiy biologik sistema sifatida o'rganishda ularning tashki muitdan kelayotgan signallarga nisbatan kanday darajada va kanday olganda ta'sir ko'rsatishiga katta e'tibor beriladi, chunki o'rganilayotgan jonivor olayotgan axborotdan kanday foydalana¬yotganini bilmasdan turib, uning xarakatlariga to'lik baxo berib bo'lmaydi.



Bu xol tabiat va jamiyatdagi boshkariladigan barcha jarayonlar uchun xam o'rinlidir. Ulardagi axborotli jarayonlarni bilmasdan turib, ishlash tartibini taxlil kila olmaymiz va, tabiiyki, anik natijaga kela olmaymiz. Biror karor kabul kilishda axborot asosiy manba bo'lib xisoblangani kabi, boshkarish xam turli usullarda uzatilayotgan xar xil signallar, axborot orkali amalga oshiriladi.

2.2 Axborot tashuvchi qurilmalar.

To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saklash kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, komp`yuterlarning esa maxsus vositalarida saklanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Bular kabi axborot tashish vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin. Bulardan xozirgi kunda ko'p foydalaniladigan ba'zi turlari xaqida ma'lumot


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish