O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti



Download 437 Kb.
bet4/23
Sana03.12.2022
Hajmi437 Kb.
#877617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1548 соатлик Амалиёт ДАФТАРИ 2022 — копия

Didaktik tahlil
Didaktik tahlil - ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlarning darsda qanchalik to‘g‘ri va mukammal bajarilganligini o‘rganishga qaratilgan.
Didaktik tahlil dars jarayonida o‘qituvchining ta’limdagi umumiy va o‘ziga xos tamoyillarning qay darajada tatbiq etayotganligini o‘rganishni nazarda tutgan holda quyidagi pedagogik talablarga qaratilishi lozim:
a) o‘qituvchi bayonining sinf jamoasiga (barcha o‘quvchilarga) to‘liq tushunarli bo‘lishi;
b) bildirilayotgan fikrning g‘oyaviy jihatdan milliy g‘oya, tarbiya talablariga hamohang bo‘lishi;
v) o‘quv materialining barcha o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishi;
g) ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan yetarli darajada va to‘g‘ri foydalanish ko‘lami;
d) tajriba, amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zlangan maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘tishiga erishish;
e) darslik bilan ishlashning to‘g‘ri tashkil etish;
j) keltirilayotgan misollarda, dalillarda ta’limiy-tarbiyaviy-maqsadlarning birligi va b.
z) o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarning olib borilishiga e’tibor qaratilishi.


Umumiy pedagogik tahlil
Umumiy pedagogik tahlil - darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil ko‘rinishdagi tahlilidir.
O‘qituvchi darsiga kirishdan oldin yoki darsi kuzatilgach, uning sinf qaydnomasini yuritish, o‘quvchilarning daftarlarini tekshirib borishning ahvoli, tarbiyachi, ota-onalar bilan olib borilgan ishlari kabi barcha faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarini tahlil etilgan darsdagi yutuq, kamchiliklar bilan teng ko‘rsatib o‘tish foydalidir.
Darsni umumpedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilar hisobga olinadi:

  • dars jihozlari;

  • sinf xonasining tayyorlik holati;

  • dars bosqichlaridan to‘g‘ri foydalanish;

  • o‘qituvchining pedagogik-psixologik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko‘tarila olishi;

  • o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borgan tarbiyaviy ishlar;

  • o‘quvchi bilimiga ko‘yiladigan bahoning xolisona, izohli bo‘lishi;

  • o‘quvchilar intizomi;

  • tashqi va qulay psixologik muhit, ish sharoiti;

  • o‘qituvchi va o‘quvchilar, o‘quvchilarning o‘zaro savol-javoblari, muloqot ko‘nikmalari ustida ishlanishi.

Umumiy pedagogik tahlil sohasidagi tajribalarga ko‘ra quyidagi maslahatlarga rioya qilinishi, ularni doimo yodda tutish tavsiya etiladi:
1. Berilgan savolga javob berishda kechikayotgan o‘quvchi uchun bir oz qo‘shimcha vaqt berilishi lozim.

  1. Javobni boshlashda qiynalgan o‘quvchiga o‘qituvchining yordam berib yuborishi o‘rinlidir (jumlalar namunalari, ko‘rgazmalar asosida va h.).

  1. O‘quvchi bilimiga qo‘yilgan baho doimo sharhlanishi kerak.

  1. Muomala va muloqotda ehtiyotkor bo‘lish lozim.




Download 437 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish