1.5.Delphi forma komponеntalari (Frame, MainMenu, PopupMenu Label, Edit, Memo, Button)
Delphi dasturlash tilining komponentalar bibliotekasida mavjud bo’lgan hamda ko’p foydalananiladigan komponentalar bilan tanishib chiqamiz. Delphi dasturlash muhiti Komponentlar palitrasi standart va qo’shimcha komponentlardan (Standard va Additional), dialoglar sahifasidan (Dialogs), tizimli komponentlardan (System) va Visual Basic formatidagi ob’ektlar sahifasidan iborat(VBX).harbir sa.ifadagi komponentlarning tartibi va tarkibi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin.Bu ishni sichqoncha ko’rsatkichini Palitra ustiga keltirib, uning o’ng tugmasi bosilganda chiqadigan menyu yordamida bajarish mumkin. Standart komponentlar.Komponentlar palitrasining 1-sahifasida 14 ta ob’ekt joylashgan. Ushbu ob’ektlar dasturchi uchun eng muhim ob’ektlar bo’lib hisoblanadi.
Delphi muhitidagi standart komponentlarni ko’rib o’tamiz:
Kursor – komponent bo’lmay, qandaydir ob’ektni belgilash amalini tezkor bekor qilish uchun ishlatiladi.
TMainMenu Dasturga asosiy menyu joylashtirish imkonini beradi.Ushbu komponent formaga joylashtirilganda uning ko’rinishi piktogrammaga o’xshash bo’ladi.Menyuni yaratish jarayoni uch bosqichdan iborat: (1) TmainMenuni formaga joylashtirish, (2) Menyu Dizaynerini Ob’ektlar Inspektoridagi Items xossasi orqali chaqirish, (3) Dizayner Menyusida menyu punktlarini belgilash.
TPopupMenu qalqib chiquvchi menyu yaratish imkonini beradi.Ushbu menyu bog’langan ob’ekt ustida sichqona o’ng tugmasini bosish yo’li bilan chiqariladi.Barcha ko’rinadigan ob’ektlarning PopupMenu xossasi mavjud bo’lib,bu yerda kerakli menyu ko’rsatiladi. PopupMenu asosiy menyu kabi yaratiladi.
TLabelekranda matn chiqarish uchun ishlatiladi. Matning shrifti va rangini o’zgartirish uchun Ob’ektlar Inspektoridagi Font xossasi ustida sichqoncha tugmasi ikki marta bosiladi.
TEdit – Dastur bajarilishi jarayonida qisqa matn fragmentlarini kiritish imkonini beruvchi standart boshqaruv elementi.
TMemo - Tedit komponentining boshqa formasi bo’lib, katta xajmdagi matnlarni kiritish imkonini beradi.Bu komponent 32 Kb (10-20 bet) matn saqlash va matn redaktorining asosiy funktsiyalarni bajarish fimkoniyatiga ega
TButton boshqaruv tugmasini yaratish komponenti bo’lib, dastur bajarilishi jarayonida tugmaga bosilganda qandaydir amal bajarish imkoniyatini beradi.Bunda Tbutton ni formaga joylvshtirib, ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosish yo’li bilan tugma bosilish hodisasini qayta ishlovchi kod qism dasturi sarlavhasini yaratish mumkin.Masalan, procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); Bu qism dasturning davomi dasturchi tomonidan yoziladi.