KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarbiya fani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas’uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo‘ygan.
Ushbu fan darsliklari Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi rahbarligida professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi o‘qituvchilar, psixologlardan iborat mualliflar jamoasi bilan hamkorlikda yaratildi.
Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi.
2020-2021-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-9-sinf darsliklari nashrga tayyorlandi. 2021-2022-o‘quv yilida 10-11-sinf darsliklarini nashrga tayyorlanmoqda.
Respublika ta'lim markazi “Tarbiya” fanini meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini, ular asosidagi darsliklarini yaratish va umumiy o‘rta taʼlim maktablariga joriy etish bo‘yicha masʼul hisoblanadi.
Bitiruv mаlаkаviy ishining maqsadi: Tarbiya fani o'qituvchisining o'quv - me'yoriy hujjatlari bilan tanishtirish,shu jarayon samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv mаlаkаviy ishining vazifalari:
-O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Tarbiya fani o'qituvchisining o'quv - me'yoriy hujjatlari bilan bog’liqligi
-Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
-"Tarbiya" fanini o’qitish texnologiyasi
- “Tarbiya” fanining oʻquv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik, bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi koʻnikmalarni shakllantirishi Bitiruv mаlаkаviy ishning obyekti: Qumqo’rg’on tumanidagi 51- umumiy o’rta ta’lim maktabi, ushbu tumandagi 9-umumiy o’rta ta’lim maktabi misolida tarbiya fani o’qituvchilarining o'quv - me'yoriy hujjatlari bilan tanishish jarayoni. Bitiruv mаlаkаviy ishning predmeti: Tarbiya fani o'qituvchisining o'quv - me'yoriy hujjatlar bilan ishlashi.Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalinildi: 1. Tarbiya fani o'qituvchisining o'quv - me'yoriy hujjatlari bilan tanishtirish 2. Ko’zatish metodi. 3. Kontent tahlil usuli. 4. Og’zaki va yozma so’rovlar o’tkazish. 5. Shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganishga yo’naltirilgan metodikalar (M.Rokich va E. Fantalovning “qadriyatlarga yo’naltirilganlik”ni o’rganish metodikalari, suhbat, kichik insholar yozish, intervyu olish, matematik statistika metodikalari). 6. Eksperiment natijalarini sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |