Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga muhitning ta’siri. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida muhit muhim ahamiyatga ega. Muhitning ta‘siri masalan, KMnO4 ning qaytarilish xarakterida yaqqol namoyon bo’ladi. Kislotali muhitda MnO4– ion Mn2+ iongacha, neytral muhitda MnO2 gacha, ishqoriy muhitda MnO42– (yashil rang) iongacha qaytariladi. KMnO4 ning kislotali muhitda qaytarilishi:
+7 -1 +2 0
KMnO4 + KJ + H2SO4 → MnSO4 + J2 + K2SO4 + H2O.
Mn+7 + 5e– → Mn+2 ——————————————————————————
2KMnO4 + 10KJ + 8H2SO4 = 2MnSO4 + 5J2 + 6K2SO4 + 8H2O
KMnO4 ning neytral muhitda qaytarilishi:
+7 +4 +4 +6
KMnO4 + K2SO3 + H2O → MnO2 + K2SO4 + KOH
Mn+7 + 3e- → Mn+4 S+4-2e- S+ ——————————————————————————
2KMnO4 + 3K2SO4 + H2O = 2MnO2 + 3K2SO4 + 2KOH .
Kaliy permanganatning ishqoriy muhitda qaytarilishi:
+7 +4 +6 +6
KMnO4 + K2SO3 + KOH K2MnO4 + K2SO4 + H2O
Mn+7 + 1e– → Mn+6 ———————————————————————
2KMnO4 + K2SO3 + 2KOH 2K2MnO4 + K2SO4 + H2O
Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar tarkibidagi elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) reaksiya natijasida o'zgarmaydi. Boshqa turdagi reaksiyalarda elementlarning oksidlanish darajasi o'zgaradi.
Elektronlarning bir atomdan ikkinchi atomga o'tishi natijasida elementlarning oksidlanish darajasi (valentligi) o'zgaradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oddiy moddalarda atomlar elektroneytral bo'ladi. Shuning uchun ularning oksidlanish darajasi shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan.
Neytral atomlar elektron yo'qotishi natijasida musbat zaryadlangan ionga aylanadi va nechta elektron bergan bo'lsa o'shancha musbat oksidlanish darajasi namoyon qiladi. Atomlarning elektron berish jarayoni oksidlanish deyiladi.
Masalan: Al – oksidlanadi.
Cu – oksidlanadi.
Atomlar elektron biriktirib olsa manfiy zaryadlangan ionga aylanadi. Bunda atom nechta elektron qabul qilgan bo'lsa uning oksidlanish darajasi shuncha man-fiy bo'ladi. Atomning elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Masalan:
Cl2 - 2e- = 2Cl- (Cl – qaytariladi)
S- 2e- =S-2 (S – qaytariladi)
O'zidan elektron bergan atom qaytaruvchi, o'ziga elektron biriktirib olgan atom esa oksidlovchi hisoblanadi.
Faqat neytral atomlar emas, balki ionlar ham elektron biriktishi yoki berishi mumkin.
Fe-3 - e- = Fe-2 (qaytarilish)
S-2 - 2e- = S0 (oksidlanish)
Qaytaruvchi elektron berganligi sababli, uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati ortadi. Oksidlovchi elektron biriktirib olish tufayli uning oksidlanish darajasi algebraik qiymati kamayadi. Masalan:
Pb0+ 2AgNO3 = Pb(NO3)2 + 2Ag0 Pb0 – 2e- = Pb+2 (qaytaruvchi, o'zi oksidlanadi)
2Ag- - 2e- = 2Ag0 (oksidlovchi, o'zi qaytariladi)
Demak, oksidlanish - qaytarilish reaksiyasi yagona jarayondir. Oksidlanish vaqtida qaytarilish sodir bo'ladi, aksincha qaytarilish vaqtida oksidlanish jarayoni ham boradi.