O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining “Xalq ta'limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar” nomli 2-bobida



Download 11,46 Mb.
bet21/105
Sana18.02.2022
Hajmi11,46 Mb.
#454326
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Bog'liq
3.4. Бошқарувда АТ УМК ТБАТ 2020

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining “Xalq ta'limi tizimining joriy holati va mavjud muammolar” nomli 2-bobida Xalq ta'limi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha quyidagi holatlar asoslab berilgan: “davlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish, umumta'lim muassasalarini boshqarish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi pastligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ushbu jarayonni tezkor kuzatib borish imkonini bermayapti, shuningdek davlat boshqaruvini ortiqcha byurokratlashtirish va uning sarf-xarajatlari oshishiga olib kelmoqda”.
Konsepsiyaning “Xalq ta'limi tizimining asosiy maqsad va rivojlanish yo‘nalishlari” nomli 3-bobida uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, xalq ta'limi tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshirilishi belgilangan:
xalq ta'limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish:
barcha umumta'lim maktablarini yagona ma'lumotlarni uzatish tarmog‘iga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan Internet tarmog‘i resurslarini avtomatik filtrlash orqali "xavfsiz maktab Interneti" konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
ichki lokal tarmoqlarni yaratish, o‘quv sinflarini, o‘qituvchilar hamda maktab ma'muriyatini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalari, xususan kompyuter texnikasi, interaktiv doska, planshet va boshqa jihozlar bilan ta'minlash;
davlat-xususiy sheriklik asosida ta'lim jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha axborot tizimini joriy etish, barcha darslik va metodik materiallarning elektron shakllarini eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish;
davlat-xususiy sheriklik asosida sog‘lom qadriyatlarga asoslangan ta'lim tizimining milliy kontentini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, hudud va umuman mamlakat miqyosidagi yuz beradigan xavf-xatarlar va muammolarga o‘z vaqtida munosib ravishda e'tibor qaratish uchun axborot almashinuvining samarali tizimini shakllantirish;
mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish;
umumta'lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati monitoringini ta'minlovchi biometrik tizimni joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonida kompyuterlashtirish darajasini ko‘tarish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi avlod darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni tashkillashtirish;
ta'limda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish;
"Barkamol avlod" bolalar markazlari to‘garaklari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini sotish uchun elektron do‘konlar (artshop) tashkil qilish;
elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko‘chirib olish maqsadida bolalar kutubxonalarida QR-kod yordamida elektron kitoblar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelajak kasblar uchun zarur bo‘ladigan malakali bitiruvchilarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda umumta'lim muassasalarida informatika fanini o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan «IT-Nation» dasturini joriy etish;
Xalq ta'limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish sohani isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Xususan, muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimi joriy etiladi.
Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 2 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 157-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash bo‘yicha umumta'lim maktablarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuterlar bilan taminlash va mavjud ma'nan eskirgan kompyuter texnikalarini yangilash (jami 9 863 to‘plam - kompyuter sinfi), ta'lim boshqaruvi ochiq axborot tizimini (Open EMIS – open Education Management Information System) umumta'lim maktablariga joriy etish, umumta'lim maktablarida «Elektron kundalik» axborot tizimini joriy etish, umumta'lim maktablarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilishning Yagona elektron apparat-dasturiy kompleksini joriy etish kabi chora-tadbirlar rejalashtirilgan.
Bugungi kunda maktab ta'lim jarayonini boshqarish tizimi - xt.uzedu.uz saytidan keng foydalanilmoqda.

Ta'lim boshqaruvi ochiq axborot tizimining (Open EMISopen Education Management Information System) vazifasi ta'lim jarayoni ishtirokchilariga va hamkorlarga ta'lim muassasasi holati, undagi tashkiliy faoliyat, ta'lim jarayoni samaradorligi, mavjud kamchiliklar va ehtiyojlar haqida ma'lumotlar berishdan iborat.
Kundalik” avtomatlashtirilgan ta'lim axborot tizimi – kundalik.com ООО “Kundalik” - IT kompaniyasi tomonidan o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, ta'lim muassasalari rahbarlari, hamda ta'limni boshqarish organlari vakillari uchun yaratilgan yagona elektron ta'lim muhitini taqdim etish tizimidir.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish