Identifikatsiya – bir tomonning (foydalanuvchi, dastur, texnik qurilma) boshqa bir tomonga (masalan, boshqa bir dasturga) o‘zining takrorlanmaydigan, unikal nomini ma'lum qilish jarayonidir. Takrorlanmaydigan nom identifikator deb ataladi.
Interaktiv davlat xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron davlat xizmati ko‘rsatuvchi davlat organi o‘rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmati.
Interaktiv xizmatlar - interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi.
Interaktivlik - texnik vositalar, kompyuter, ularning dasturlari hamda foydalanuvchilar orasidagi o‘rnatilgan muloqat (muloqat tizimi) ni tashkil etish, ya'ni maqsadga ko‘ra tizim elementlari orasidagi axborot va ma'lumotlar almashinuvi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |