Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma'lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Hujjatlashtirilgan axborot — identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Hujum [Attack] – tizimning kamchilik va zaif tomonlaridan foydalanib buzg‘unchining tizimning yaxlitligini, unga murojaat qilish imkoniyatini va qayta ishlanadigan axborot birligini buzishga qaratilgan, oldindan o‘ylab qilingan harakatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |